19
ma’lumotnomalar berilar edi. Xodimlar arxivdagi hujjatlarni targ’ib qilish borasida
ham keng ko’lamda ish olib bordilar. Faqatgina 1981-1985 yillar davomida ular
843ta maqola e’lon qildilar, 583ta radioeshittirish va 29ta teleko’rsatuvda faol
ishtirok etdilar. 243ta hujjatlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Arxivlarning o’quv
zallarida 3906 tadqiqotchi ishladi. Ilmiy-tarixiy tadqiqotlar saviyasiga arxivlardagi
maxfiylik rejimining susayishi ham ijobiy ta’sir qildi. 1987-1990 yillarda ilgari
maxfiy saqlangan 99,9 ming yig’majildni ilmiy xodimlar foydalanishi uchun ruxsat
berildi.
Shunday qilib, sovet davrida O’zbekistonda davlat arxiv xizmati shakllandi va
rivojlandi. Bu davrda arxiv tizimida qator kamchilik va nuqsonlar mavjud edi. Lekin,
ulardan qat’i nazar O’zbekiston arxivlari ilmiy va amaliy maqsadlar va talablarni
qondira oladigan yirik maskanlarga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: