Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
15- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
10- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
5- min
|
Jami:
|
80 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
6.1. Kundalik naryad, vzvod bo‘yicha posbonning vazifalari. Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlari Kundalik naryad harbiy qismning ichki tartib-intizomini saqlash, shaxsiy tarkibni qurol-aslahasi, harbiy texnikasi, o‘q-dorilari, inshootlari va mulkini qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlarning holatini nazorat qilish hamda huquqbuzarliklardan ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishi, shuningdek, ichki xizmat bo‘yicha boshqa majburiyatlarni bajarish uchun belgilanadi. Vzvodning kundalik naryadiga navbatchi va posbonlar tayinlanadilar. Posbonlarning almashinishi va ularning soni brigada komandiri tomonidan ko‘rib chiqiladi. Kundalik naryadning shaxsiy tarkibi kun tartibida ko‘rsatilgan soatda xizmat o‘rnini egallaydigan, 3 soat oldin qorovul o‘rnini egallaganda esa, kamida 4 soat oldin xizmatni o‘tashga tayyorgarlik ko‘rishi, shu jumladan, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish kamida 1 soatdan dam olish (uxlash) uchun berilishi shart. Navbatchi va posbonlar nayza-pichoq bilan qurollanadi. Navbatchi serjantlardan, istisno tarzida hammadan ko‘ra yaxshi tayyorlangan askarlar orasidan tayinlanadi. U vzvodda kun tartibining aniq bajarilishi va ichki tartibga rioya qilinishi, qurollar, o‘qdorili qutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi va posbonlar xizmatni to‘g‘ri o‘tashi uchun javob beradi.
Navbatchi brigada bo‘yicha navbatchiga, uning yordamchisiga, vzvoddagi ichki xizmat yo‘sinida esa, vzvod komandiriga, vzvod starshinasiga bo‘ysunadi. Navbatchida metalldan tayyorlangan ko‘krak nishoni yoki chap qo‘lida nimqattiq matodan yengbog‘ich bo‘lib, unda «Vzvod bo‘yicha navbatchi» yozuvi bo‘lishi kerak. Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlari Vzvod bo‘yicha posbon askarlardan tayinlanadi. Uning muhofazasida bo‘lgan qurollar, to‘plangan javonlar (qutilar), o‘qdori qutilari, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi. Navbatchilikdagi vzvod posboni quyidagilarni bajarishga majbur: vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz vzvod xonasidan hech qayoqqa jilmaslikka, qurol saqlash xonasini doimiy kuzatib turishga, begona kishilarni xonaga o‘tkazmaslik, shuningdek, kazarmadan vzvod bo‘yicha navbatchini olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, vzvoddagi barcha ko‘ngilsiz hodisalar, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning nizomlarda belgilangan qoidalari buzilishlari to‘g‘risida vzvod bo‘yicha navbatchiga zudlik bilan bildirish; ularni bartaraf etish uchun choralar ko‘rish; shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otish paytida, shuningdek, trevoga paytida yoxud yong‘in bo‘lganda uyg‘otish; kun tartibiga muvofiq, buyruqlarni o‘z vaqtida berishga; xonalarda ozodalik va tartibni nazorat qilib turish, xizmatchilardan ularga rioya qilishni talab etish, harbiy xizmatchilar faqat ajratilgan xonalar yoxud joylarda chekishlariga, poyabzal va kiyimni tozalashlariga ko‘z-quloq bo‘lib turishga, vzvod komandiri va undan yuqori, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar va brigada bo‘yicha navbatchi kelganda, «Rostlan» komandasini berish; vzvodning boshqa ofitserlari, shuningdek, vzvod starshinasi va o‘z vzvodidan bo‘lmagan harbiy xizmatchilar vzvodga kelishi bilan navbatchini chaqirishga majbur. Masalan, navbatdagi posbonga o‘tirish, qurol-aslahalarini yechish hamda kiyimining tugmasini yechish man etiladi. Bo‘sh turgan smena posbonni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga hamda vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz hech qayoqqa jilmaslikka, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning harbiy nizomlarda belgilangan qoidalari buzilgan hollarda bo‘sh posbon tartib o‘rnatishga yordam berish; vzvod bo‘yicha navbatchi o‘rnida qolganda, uning vazifalarini bajarishga majburdir (6-rasm).
Navbatdagi posbon o‘z vazifalarini bajaradigan joy va uning jihozlanishi. Trevoga e’lon qilinganda, yong‘in paytida, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar, boshqa vzvoddagi harbiy xizmatchilar kelganda, vzvod komandirini chaqirishda posbonning xatti-harakatlari Vzvod bo‘yicha navbatdagi posbon kazarma xonasi ichkarisida kirish eshigi oldida, qurol saqlash uchun xona yaqinida xizmatni o‘taydi. Xizmat burchini o‘tash uchun alohida joy jihozlanadi. Jihozlanishga quyidagilar kiradi:
-vzvod bo‘yicha navbatchining hujjatlar stendi;
-yog‘ochdan tayyorlangan tumbochka, telefon;
-O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Nizomlari va o‘t o‘chirish anjomlari. Navbatchining hujjatlarida quyidagilar yoritilishi kerak:
-vzvod bo‘yicha navbatchi va posbonlarning yo‘riqnomalari;
- trevoga sodir bo‘lganda yoki yig‘in e’lon qilinganda yoki yong‘in
chiqqanida ko‘riladigan tadbirlar yo‘riqnomasi, kun tartibi;
- vzvod harbiy xizmatchilarining, kazarmadan tashqarida yashovchilarning ro‘yxati, uy manzili, telefonda chaqirish turlari;
- vzvodga biriktirilgan hudud o‘ramini tozalash sxemasi;
-ertalabki badantarbiya o‘tkazishda askarlar kiyimi namunalari;
- navbatchilikni qayd qilish kitobi, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar berishni ro‘yxatga olish kitobi;
-vzvod bo‘yicha kasallarni yozish daftari;
-harbiy qism bo‘yicha navbatchi va o‘t o‘chirish komandasining telefon raqamlari bo‘lishi shart.
Trevoga e’lon qilinganda, yong‘in paytida, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar, boshqa vzvoddagi harbiy xizmatchilar kelganda, vzvod komandirini chaqirishda posbonning xatti-harakatlari Bu o‘quvchilar bilan amaliy bajariladi. Vzvodda trevoga e’lon qilinganda, posbon namunali komanda bo‘yicha «Vzvod, trevoga», deb harbiy xizmatchilarni chaqiradi. Agar yong‘in sodir bo‘lsa, «Vzvod, yong‘in» komandasi berish bilan ogohlantiriladi. Vzvoddagi shaxsiy tarkib uyquga yotish oldidan esa «Vzvod, uyquga» komandasini, tong saharda uyqudan uyg‘otish uchun esa, «Vzvod, uyg‘onsin» komandalari beriladi. Vzvodga to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar kelsa, «Rostlan. Vzvod navbatchisi eshikka» komandalari beriladi. Bu komandalar vzvod komandiri kelganda ham xuddi shunday
beriladi. Vzvod shaxsiy tarkibi uyquga ketgan vaqtda, to‘g‘ridan to‘g‘ri boshliqlar kelib qolganda «Rostlan» komandasi berilmasdan, vzvod bo‘yicha navbatchi chaqiriladi. Vzvod komandiri biron-bir harbiy xizmatchini yo‘qlaganda, posbon chaqiruv komandasini beradi. Masalan, «Oddiy askar Soliyev, vzvod komandirining oldiga». Vzvodga uch nafargacha posbonlar tayinlanib, dam olayotgan posbonlar esa, kazarma xonalarini ozoda, sarishta holatga keltirib boradilar. Vzvoddagi navbatchi kunduzi dam olayotgan vaqtida, uning vazifasini vaqtincha vzvod posbonlaridan biri bajarib turadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |