Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
15- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
10- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
5- min
|
Jami:
|
80 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
Oyoqlarning old tomondan dushman boshiga qarata tutib turilishi. Dushman boshiga qarata yuqoridan zarba beriladi. Bir qo‘l bilan dushman boshining orqasidan, ikkinchi qo‘l bilan jag‘idan tutib, uning bo‘yni qayirib (sindirilib) tashlanadi.
Nazorat savollari
1. Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash, ularni mehnat va mudofaaga qurbi yetadigan qilib rivojlantirish uchun yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2. Majmuiy mashg‘ulotlarda shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi qaysi mashqlar orqali tekshiriladi?
3. To‘siqlar qaysi turlarga bo‘linadi? Erkin mashqlarni bajarish usullari.
Darsni yakunlash va baholash:
Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish:
Mavzuni o’qib takrorlab kelish.
HARBIY ATAMALAR IZOHI
1. Armiya — fransuzcha, lotincha «armee» so‘zidan olinib, qurollantirish ma’nosini bildiradi. Biron-bir mamlakatning Qurolli Kuchlari majmuasiga armiya deyiladi. Òor ma’noda quruqlikdagi qo‘shinlarni ham armiya deyishadi. Armiyaning yana bir necha sifat va talqinlari bor. Masalan, harakatdagi armiya, bu — bevosita jang maydonlarida qatnashayotgan qo‘shinga nisbatan aytiladi. Yana bir ma’nosi —bir yoki bir necha qo‘shin turlari birikmasidan (umumqo‘shin, havo va h.k.) tashkil topgan, yirik harbiy operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tezkor qo‘shinlar birlashmasi ham armiya deyiladi.
2. Harbiy doktrina — mudofaa doktrinasi. Harbiy qurilishning yo‘nalishini, mamlakat va Qurolli Kuchlarning urushga tayyorgarligi, urush olib borish yo‘llarini belgilovchi rasmiy qarashlar va qoidalar tizimidir.
3. Qurolli Kuchlar — davlatning yoki bir guruh davlatlarning harbiy tashkiloti va u siyosiy hokimiyatning muhim omili. Qurolli Kuchlarning maqsad va vazifalari davlat siyosatining Mudofaa vazirligi — respublika Qurolli Kuchlarining davlat boshqaruvi idorasi hisoblanadi.
4. Milliy xavfsizlik — inson, jamiyat va davlat, ya’ni ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida xavfsizlikni ta’minlash tushuniladi.
5. Plats — harbiy saf mashqlari, ko‘riklar va paradlar o‘tkaziladigan maydon.
6. Kazarma — italyancha «caserma» so‘zidan olingan bo‘lib, harbiy qism shaxsiy tarkibi joylashtiriladigan bino ma’nosini anglatadi.
7. BMP ( ) — piyodalar jangovar mashinasi.
8. BTR ( ) — zirhlangan g‘ildirakli jangovar mashina.
9. Ataka (hamla) — qattiq (shiddatli) hujum.
10. Kumulativ — kuchli ta’sir etuvchi snaryatdagi yoki granatadagi modda (ЗАРЗД).
11. Ekipaj — kema, samolyot, tank jamoasining shaxsiy tarkibi.
12. Okop — o‘ra, xandaq.
13. Fugas — portlovchi moddaning zaryadi.
14. Apparel — tuynuk va o‘raga tushish yo‘lagi.
15. Artilleriya quroli — to‘p, zambarak.
16. Zapal — pilta, granata, mina piltasi.
17. Zatvor — qulf (otish qurolining qulflovchi mexanizmi).
18. Manyovr — jang maydonida qo‘shinlarning dushmanga zarba berish uchun qulay
vaziyat olish maqsadidagi harakati.
Qisqartmalar
mo‘b — motoo‘qchi batalyon.
mo‘v — motoo‘qchi vzvod.
mo‘gr — motoo‘qchi guruh.
mo‘s — motoo‘qchi seksiya.
tgr — tank guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |