Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.
T/r
|
Darsning elemenlari
|
Davomiyligi
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
15- min
|
2.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 min
|
3.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10- min
|
4.
|
Darsni yakunlash va baholash
|
10- min
|
5.
|
Uyga vazifa berish
|
5- min
|
Jami:
|
80 min
|
Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.
O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.
Yangi mavzu bayoni:
Tarixdan ma’lumki, buyuk sarkardalar o‘z qo‘shinlarini idora etishda muayyan qonun-qoidalarni joriy etishgan. Bunga asos qilib, Amir Temurning tuzuklarini keltirishimiz mumkin. U o‘z tuzuklarining ikkinchi qismida sipohiylarni ushlab turish, ularni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan. Amir Temurning davlat va armiyani boshqarishdagi tajribalari dunyo mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilgan. Òuzuklar 1628-yilda Hindistonda, 1783-yil Angliyada, 1868-yili Eronda, 1894-yili Rossiyada chop etilishi buning yorqin dalilidir. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarning armiyalari Nizomlariga oz bo‘lsa-da, asos solgan. Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatchilarning hayotini, kundalik turmush faoliyatini, shaxsiy shart-sharoitlarini tashkil etish, axloq me’yorlari va harbiy intizomni mustahkamlash hamda harbiy xizmatni tashkil etish va o‘tash yo‘l-yo‘riqlarini izga soluvchi, shuningdek, qism va bo‘linmalar jangovar harakatlari asosini belgilab beruvchi rasmiy me’yoriy-huquqiy hujjat — bu umumharbiy Nizomlar. Harbiy Nizomlar jangovar Qurolli Kuchlar qism va bo‘linmalari turlarining jangovar tayyorgarlik asoslari hamda jangovar harakatlarini olib borishini belgilab beradi. Umumharbiy Nizomlar harbiy xizmatchilarning o‘zaro munosabatlari, ularning umumiy, lavozimiga oid majburiyatlari va huquqlari, ichki garnizon va qorovullik xizmatlarini o‘tash tartiblari va boshqalarni belgilovchi Qurolli Kuchlarning hamma turlari uchun umumiy qoidalardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo‘mondoni Farmoniga binoan, 1996-yil 9-oktabrda quyidagi asosiy umumharbiy Nizomlar tasdiqlandi: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik
xizmati Nizomi, 1996-yil 14-oktabrda esa, Mudofaa vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomi amalga kiritildi. Har bir nizom harbiy hayotning bir yo‘nalishini tartibga solib turadi. Masalan, Ichki xizmat Nizomida harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari va ular orasidagi munosabatlar, ichki tartib qoidalari, mansabdor shaxslarning majburiyatlari, kundalik hayot va maishiy sharoitlar, harbiy xizmatchilarni joylashtirish, ular tomonidan ichki xizmatni olib boorish masalalari aks ettirilgan. Qurolli Kuchlarning Intizom Nizomi harbiy intizomning mohiyatini, harbiy xizmatchilarning unga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarini, rag‘batlantirish va intizomiy ta’sirlarning ko‘rinishlarini, komandirlar (boshliqlar)ning ularni qo‘llash bo‘yicha huquqlarini, shuningdek, taklif, ariza hamda shikoyatlar berish, ularni ko‘rib chiqish tartiblarini aniqlab beradi. Umumharbiy Nizomlar ichida Garnizon va qorovullik xizmati Nizomi alohida o‘rin tutadi. U qorovullik xizmatini jangovar vazifani o‘tash deb
belgilab, xizmatni tashkil qilish va o‘tash, mansabdor shaxslar hamda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari, qo‘shin ishtirokida tadbirlarni o‘tkazish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Saf Nizomi safda turish va yurish usullari, qurol bilan hamda qurolsiz harakat qilish, kichik bo‘linma va harbiy qismlarning piyoda va mashinalarda saf tortishi, harbiy salom-alikni bajarish, saf ko‘rigini o‘tkazish tartibi, harbiy xizmatchilarning safga turish oldidagi, safga turishdagi majburiyatlari, ularni safda turish va yurishga o‘rgatish talablari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va dushman qo‘qqisdan hujum qilgan vaqtidagi xatti-harakatlarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. Qurolli Kuchlarda barcha huquqiy va axloqiy me’yorlar umumiy harbiy nizomlarda mujassamlashganligi uchun har bir harbiy xizmatchi uni yaxshi o‘rganishi va rioya qilishi hamda mas’uliyat bilan bajarishi lozim. Nizom harbiy yutuqlar garovi hisoblanadi. Harbiylar orasida gap bor: «Nizom bo‘yicha xizmat qilsang, hurmat-e’tibor qozonasan!»
Harbiy xizmatchining umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar va farqli belgilar. Boshliqlar va bo‘ysunuvchilar. Kattalar va kichiklar. To‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita boshliqlarning huquqlari va majburiyatlari Harbiy xizmatchi— haqiqiy harbiy xizmatni bajaruvchi shaxs hisoblanadi. U Vatanning, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining himoyachisi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar askar va matroslar, serjantlar va ofitserlar (kichik, katta, oliy) tarkibiga bo‘linadi. Harbiy xizmatchi o‘z Vatanini himoya qilish jarayonida shaxsiy javobgarlikka egadir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari xizmat faoliyatida qonunlar, harbiy nizomlarning talablariga amal qiladilar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat tashkilotlari va birlashmalarining faoliyati bilan aloqador bo‘lmasliklari lozim.
Harbiy xizmatchi quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasining «Himoyachisi» oliy unvonini sharaf bilan oqlashga, Qurolli Kuchlarning, o‘z harbiy qismining or-nomusi va jangovar shuhratini, o‘z harbiy unvonining obro‘sini e’zozlashga, harbiy qasamyodga sodiq qolishga, xalqiga fidoyilarcha xizmat qilishga O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat bilan, so‘nggi tomchi qoni qolguncha, hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni bajarishga; mamlakat Konstitutsiyasiga, harbiy nizomlarning talablarini bajarishga; O‘zbekiston Respublikasini
himoya qilish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga; harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashga, o‘z o‘quv askariy mahoratini takomillashtirishga; o‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilishi, ishlatishda doimiy shaylikda saqlashga, harbiy mulkni asrashga; halol, intizomli, jasur bo‘lishga, harbiy burchni ijro etish chog‘ida oqilona tashabbuslar ko‘rsatishga; komandirlarga (boshliqlarga) so‘zsiz bo‘ysunish va ularni jangda himoya qilishga, harbiy qism jangovar bayrog‘ini qo‘riqlashga; askariy yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni bajarishga, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinishga, vatanparvarlik ko‘rsatishga, xalqlarning baynalmilal do‘stligini qadrlashga, millatlar va elatlar o‘rtasida birodarlikni mustahkamlashga imkon yaratishga majburdir. Harbiy xizmatchi Vatanga xizmat qilish jarayonida oson yo‘lni axtarmasligi, o‘z vijdoni, boshliqlar va o‘rtoqlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga zid bo‘lgan aldamchilik, yolg‘onchi yo‘llarni qo‘llashi jiddiy xatarlarni olib kelishi mumkin. Xalqning «Hayotda eng asosiysi — Vatanga halol xizmat qilish», «Vatanga xizmat qilish — muqaddas burch» kabi dono iboralariga amal qilish lozim. Askarlarning o‘z komandirlarini qadrlashi harbiy birodarlikning eng oliy fazilati hisoblanadi. Har qanday falokat yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda komandir hayotini saqlash va xatardan qutqarishga doim shay turish kerak. Jang maydonida komandirni himoya qilish Qurolli Kuchlardagi askarlarning ajoyib an’analaridan biridir. «O‘zingni demay komandirni qutqar», «Komandirni himoya qil jangda, o‘zingni saqlaganday hayotda» iboralari askarlar orasida bekorga jaranglamaydi. Harbiy xizmatchi birodarlikni e’zozlashga, o‘z hayotini ayamasdan o‘rtoqlarini xavf-xatardan qutqarishga, har birining or-nomusi va qadrqimmatini hurmat qilishga, o‘ziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘pollik va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ularni noloyiq qilmishlardan tiyib qolishga majburdir. Xalq tomonidan quyidagi so‘zlar bejiz aytilmagan: «Do‘st orttirsang — g‘alabaga erishasan», «Jangda do‘stingni quvvatlasang — o‘zingdan xatarni quvgan bo‘lasan», «O‘rtoqlaringga yordaming — vzvod obro‘sini oshirishing». Harbiy xizmatchi harbiy xizmat xavfsizligi talablariga, kasallanish, jarohat orttirish va kuyishdan ogohlantirish tadbirlariga rioya qilishi, har kuni jismoniy chiniqishi, mashqda ko‘rganlarini o‘stirishi, zararli odatlardan (chekish va ichkilikdan) tiyilishi lozim. Harbiy xizmatchi jangovar harakatlar paytida, hatto o‘z harbiy qismidan (bo‘linmasidan) yiroq va to‘la qurshovda qolgan bo‘lsa ham, asirga tushishdan qutulmoq uchun dushmanga ashaddiy qarshilik ko‘rsatishga, u jangda askarlik burchini oxirigacha bajarishga majbur. Harbiy unvonlar va farqli belgilar Harbiy unvonlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shin turlariga oid harbiy maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga, xizmat mavqeyida o‘sish davrlarini hisobga olib, xizmat nizomlari asosida beriladi. Harbiy unvonlar askarlarga, matroslarga, serjantlarga, starshinalarga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Kichik va katta ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan tartib asosida beriladi.
Qurolli Kuchlardagi Oliy harbiy unvon — Armiya generali bo‘lib, bu unvon urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga beriladi. Yuridik, tibbiy yoxud veterinariya harbiy-hisob ixtisosiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning harbiy unvonlariga mos ravishda «Adliya», «Òibbiy xizmat» yoxud «Veterinariya xizmati» so‘zlari qo‘yiladi. Masalan, tibbiy xizmat leytenanti, veterinariya xizmati kapitani, tibbiy xizmat generalmayori, adliya general-polkovnigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |