3. Chiziqli o‘lchamlar bo‘yicha (chizg‘ich yordamida).
Buning uchun millimetrli bo‘lakchalariga ega chizg‘ich olinadi va uni ko‘zlar oldida cho‘zilgan qo‘l masofasida (ko‘zdan taxminan 60 sm uzoqlikdan) ushlanadi, aniqlanishi kerak bo‘lgan masofaga, oriyentir (nishon)ga shu chizg‘ichning necha millimetri uzunligi (balandligi, kengligi) bo‘yicha to‘g‘ri kelganligi aniqlanadi. Predmetning ma’lum bo‘lgan santimetrdagi kattaligi o‘lchashlarda hosil bo‘lgan millimetr sonlarga bo‘linadi va natijada, doimiy son oltiga ko‘paytiriladi.
Misol. Agar 6 m balandlikdagi telegraf simyog‘ochi o‘lchash paytida chizg‘ich bo‘yicha 8 millimetrni egallasa, ungacha bo‘lgan masofa (600:8)·6=450 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |