O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi pastdarg’om



Download 23,7 Mb.
bet112/151
Sana31.12.2021
Hajmi23,7 Mb.
#279518
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151
Bog'liq
5. Mavzular to'plami

Fanlar bilan bog’liqligi: Jismoniy tarbiya, tarix, huquq. Adabiyotlar: YOCHT 2017.

T/r

Darsning elemenlari

Davomiyligi

1.

Tashkiliy qism

15- min

2.

Yangi mavzu bayoni

40 min

3.

Yangi mavzuni mustahkamlash

10- min

4.

Darsni yakunlash va baholash

10- min

5.

Uyga vazifa berish

5- min

Jami:

80 min

Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish.

O’tilgan mavzuni mustaxkamlash:O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini tekshirish, kamchilik va yutuqlarini aytib o’tish, uyga vazifani so’rash. Dars mavzusi bayon qilish.

Yangi mavzu bayoni:
1.4. Qo‘l granatalarining vazifasi, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tamoyili. Granatalarni uloqtirishga tayyorlash. Qo‘l granatalarini qo‘llashda xavfsizlik choralari

Parchalanuvchi qo‘l granatalari ko‘p yillar davomida armiyalarda qo‘llanilgan. Parchalanuvchi qo‘l granatalaridan hozirgi zamon janglarida ham ishonchli vosita sifatida foydalanib, dushman ustidan g‘alabaga erishishda ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida hujum vaqtida ishlatiladigan RGD-5 granatasi, mudofaada ishlatiladigan F-1 granatasi qo‘llanishga kiritilgan (113-rasm).



Parchalanuvchi qo‘l granatalari dushmanning tirik kuchlarini parcha ta’sirida safdan chiqarish maqsadida qo‘llaniladi. Granata portlashi jarayonida katta parchalar to‘zib yoyilishi natijasida, dushmanning bir qancha kuchlari safdan chiqadi. Bunday granatalar yaqin masofadagi janglarda (hujumga o‘tilganda, okopdan turib jangga kirganda, aholi yashash punktlarida) o‘z samarasini beradi. Granatalarning jangovar xususiyatlari jadvalda berilgan.

Granatalarning jangovar xususiyatlari

RGD-5 parchalanuvchi qo‘l granatasi, asosan, hujumga o‘tish davrida qo‘llaniladi. U korpus, portlaydigan zaryad va zapaldan iborat.



Granata korpusi — portlaydigan zaryad va zapal trubkalari uchun joylanishga xizmat qiladi. U yuqori va pastki qismlardan iborat bo‘lib, Granatalar tashqi qoplamasi hamda qo‘shimcha almashinuvchi detallarning kirishi bilan granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. Korpusning yuqori qismiga qadamalar yordamida zapal uchun trubka birlashtiriladi, granata uchun zapalning birlashtirilishi, korpusdagi portlaydigan zaryadni mahkam berkitishga xizmat qiladi. Òrubkalarni ifloslanishdan ehtiyotlab, unga plastmassa qopqoq burab kirgiziladi. Korpusga to‘ldirilgan portlovchi zaryad granata parchalarining portlashi uchun xizmat qiladi. UZRGM zapali (qo‘l granatasining zamonaviylashtirilgan bir xil shakldagi zapali) portlovchi zaryadning portlashi uchun qo‘llaniladi. U zarbdor mexanizm va shaxsiy zapaldan iborat. Zapallar doimo jangovar holatda bo‘ladi. Zarbdor mexanizmning ishlashini tekshirish va qismlarga ajratish qat’iyan taqiqlanadi. Zarbdor mexanizm piston alangalatib, zapalning alanga olishiga yordam beradi. U quyidagi qismlardan iborat: zarbdor mexanizm trubkasi; birlashtiruvchi to‘siq; yo‘naltiruvchi shayba; jangovar prujina; zarbdor shaybasi; boshlovchi dastak; saqlagich o‘rta cheki, halqasi bilan.

Harakatlanuvchi mexanizm trubkasi zapalning jami qismlarini yig‘ishda asosiydir. Birlashtiruvchi to‘siq esa zapalni granata korpusi bilan birlashtirish imkonini beradi. Bu yo‘naltiruvchi shayba jangovar prujina yuqori qismining tayanch vazifasini bajarib, zarbdorning harakatini yo‘llaydi. Zarbdor — harakatlanuvchi mexanizm trubkasining yuqori qismiga qadalgan. Jangovar prujina zarbdor energiya yetkazib berishni ta’minlaydi, zaruriy uchqun pistonni alangalatadi; alanga zarbdorni

yuqoridagi oxirgi qismi bilan yo‘naltiruvchi shaybani va pastga yo‘naltiruvchi shaybani ham qamrab oladi. Zarbdor mexanizm yonuvchi pistonni alangalatish tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. U zarbdor mexanizm trubkasining ichkarisiga joylashadi. Shayba zarbdorning oxirgi tor qismida bo‘lib,

jangovar prujinaning oxirgi tor qismidagi tayanchi hisoblanadi. Boshlovchi dastak zarbdorning tez alanga olmaslik holatini ushlab qolish uchun qo‘llaniladi (jangovar prujina qattiq qisiladi). Saqlagich o‘rtasidagi zarbdor mexanizm boshlovchi dastakni ushlab turishga xizmat qiladi; boshlovchi dastak tuynuk teshigidan hamda zarbdor mexanizm trubkasi devoridan o‘tadi. Halqasi sug‘urib olinadi. Shaxsiy zapal granataning portlaydigan zaryadlarini portlatish uchun qo‘llaniladi. U sekinlashtiruvchi tiqin, piston alangalantiruvchi, sekinlashtiruvchi va piston-portlagich moddadan iboratdir. Sekinlashtiruvchi tiqinning yuqori qismida birlashtirish uchun rezba bo‘lib, zarbdor mexanizm trubkasi, piston alangalatuvchi uyasi bilan birlashtiriladi, ichida kanal bo‘lib, unga sekinlashtiruvchi joylashadi, tashqarisida piston portlagichning gilza bilan birlashtiruvchi nuqtasi joylashgan. Alangalatuvchi piston sekin alanga olish uchun qo‘llaniladi; alangalatuvchi pistonga va piston portlagichga sekinlashtiruvchi o‘t oldiradi, u presslangan oz miqdordagi gaz tarkibidan iborat bo‘ladi. Piston qoplagich alangalanuvchi granataning portlashi uchun xizmat qiladi. U gilzada joylashadi va

sekinlashtiruvchi tiqinning pastki qismiga qotirilgan bo‘ladi. Parchalanuvchi F-1 qo‘l granatasi mudofaa janglarida qo‘llaniladi. F-1 granatasi korpus, portlovchi zaryad hamda zapaldan iborat. Granata korpusi qattiq cho‘yandan bo‘ylama kesim, ko‘ndalang chiziqning yuqori qismida kesilgan teshigi bo‘lib, zapalni qadoqlash joyi hisoblanadi. Uni saqlash va tashib keltirishda, plastmassa probkasi burab olib qo‘yiladi. Parchalanuvchi qo‘l granatasining portlovchi zaryadi va zapallarning

tuzilishi RGD-5 granatalaridan farq qilmaydi.




Download 23,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish