Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari
Kichik kalibrli miltiq Òula qurolsozlik zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib,otish bo‘yicha o‘tkaziladigan tayyorgarlik mashqlarida otishni o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Kichik kalibrli ÒOZ-8, ÒOZ-12 miltiqlaridan ko‘proq sport musobaqalari o‘tkazishda hamda otish tayyorgarligining boshlang‘ich o‘q otish mashg‘ulotlari olib borishda keng foydalaniladi. TOZ-8 miltig‘ining jangovar xususiyatlari: kalibri — 5,6 mm; og‘irligi — 3,12 kg; umumiy uzunligi — 111 sm; o‘qning boshlang‘ich tezligi — 310 m/s.gacha; otish tezligi bir daqiqada — 10—12 martagacha;
nishonga olish masofasi — 250 m; o‘qning eng uzoqqa uchish masofasi — 1200 metrdan 1600 metrgacha; o‘qning o‘ldirish (halok etish) kuchi masofasi — 800 metrgacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |