Shlakning ajralishi.
Pechga flyus sifatida kiritilgan ohaktosh (CaCO
3
)
900ºC haroratli zonada CaO va CO ga parchalanadi. CaO raspar zonasi yaqinida
SiO
2
, Al
2
O
3
, FeO va boshqa begona jinslar bilan birikib dastlabki shlak ajrala
boshlaydi, u o’txona tomon oqa borib yuqori temperaturada qizib koks kulini,
qayrilmay qolgan oksidlar va begona jinslarni o’zida eritadi. Shlakda juda oz
miqdorda FeO bo’ladi.
Temirning qaytarilishi va shlak hosil bo’lish jarayonlarining ma'lum ketma -
ketlikda
kechishi
ajraluvchi
shlakning
kimyoviy
tarkibi,
suyuqlanish
temperaturasiga bog’liqdir. Masalan, Mn qaytarilib, cho’yanga o’tadi. Agar
tarkibida Si ko’proq bo’lgan cho’yan olinadigan bo’lsa, aksincha, shlakda ohak
miqdori kamroq bo’ladi.
Shlakning muhim harakteristikalaridan biri asosli va kislotali oksidlarning
o’zaro nisbatlaridadir: (CaO + MgO) : (SiO
2
+ Al
2
O
3
) va bu nisbat cho’yanlar
ishlab chiqarishda 0,9 - 1,4 oralig’ida bo’lishi lozim.
Nazorat savollari
1.
Domna pechida kechadigan fizika-kimyoviy jarayonlarni gapirib bering.
2.
Domna pechi mahsulotlari va domna pechining tuzilishi to’g’risida
246
ma’lumot bering.
3.
Domna pechi qanday qismlardan iborat?
8-BOB. PO‘LAT ISHLAB CHIQARISH TO‘G‘RISIDA UMUMIY
TUSHUNCHALAR
8.1. Po‘lat bo’yicha umumiy ma’lumotlar
Po’latlarni dunyo bo’yicha yagona tasniflash sistemasi mavjud emas.
O’zbekistonda va sobiq ittifoq davlatlarida po’latlarni tasniflash va ularni tarkibi,
hamda sifatiga talablar tegishli davlat standartlari va texnikaviy shartlar bilan
belgilanadi. U yoki bu usul bilan olingan po’latlar o’z xususiyatlari bilan
favqulodda rang-barang bo’ladi. Ular quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflanadi.
Ishlatish maqsadi bo’yicha po’latlarni quyidagi asosiy guruhlarga bo’lish
mumkin: yonish (topochnuyu) va qozonxona po’latlari, temir yo’l transporti uchun
po’latlar (relslar, temir yo’l g’ildiraklarini belbog’i (bandaj) uchun po’lat va
boshqalar), konstruksion po’lat (binolarni, ko’priklarni, turli xil mashinalarni va
boshqalarni qurish uchun turli metall konstruksiyalarini yasashda ishlatiladi),
zoldirli podshipnik po’latlari, asbobsozlik po’latlari (turli xil asboblar, qirqichlar,
prokat qilish stanoklarini valiklarini, temirchilik-shtampovkalash uskunalarini
detallarini va boshqalarni yasashda ishlatiladi), ressor-prujina po’latlari,
transformator po’latlari, zanglamaydigan po’latlar, qurolsozlik po’latlari, truba
ishlab chiqarish po’latlari va boshqalar.
Po’latlar sifati bo’yicha ko’p hollarda quyidagi guruhlarga bo’linadi: oddiy
sifatli va yuqori sifatli. Bu guruhlarning bir-biridan farqi – ularning tarkibidagi
ruhsat etilgan zararli aralashmaning (birinchi navbatda oltingugurt va ftor), hamda
alohida talab qo’yilganda nometallik moddalarini va boshqa metallarini miqdoriga
bog’liq bo’ladi. Masalan, oddiy sifatli po’latlarda oltingugurt va fosforni ruhsat
etilgan miqdori 0,055-0,06 foizgacha, sifatli po’latlarda 0,02-0,03 foizgacha
bo’lishi kerak.
247
Po’latlar kimyoviy tarkibi bo’yicha uglerodli (o’z navbatida past, o’rta va
yuqori uglerodlashgan), past-, o’rta- va yuqori ligerlangan (o’z navbatida,
xromlangan, marganeslangan, xromnikellangan va boshqalar).
Sobiq ittifoq respublikalarida po’latlarni kimyoviy tarkibini belgilashning
quyidagi yagona belgilash bilan belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |