141
5.4. Kuydirilgan konsentratni tanlab eritish jarayonlari
Kuyindini tanlab eritishni asosiy maqsadi kuyindi tarkibidagi rux
birikmalarini iloji boricha eritma o‘tkazish va elektrolizga toza eritma olishdir.
Eritishni sulfat kislotasi yordamida olib boriladi. Sulfat kislotasini tanlashda
quyidagilar hisobga olingan:
1) rux oksidi – ZnO yaxshi erishi;
2) bo‘lajak elektrolitik tiklanishda qulaylik;
3) rux zavodlarida sulfat kislotasini mavjudligi.
Rux oksidi sulfat sulfat kislotasini kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi, rux sulfati
esa – suvda:
ZnO + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O
Rux sulfidi qizitilgan kuchli sulfat kislotasida erishi mumkin:
ZnS + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O
Bunda zaxarli oltingugurt vodorodi ajralib chiqadi.
Kuydirish davomida bir qancha rux silikati, (n ZnO · mSiO
2
), ferrit (x ZnO·u
Fe
2
O
3
) va alyuminatlari (ZnO·AI
2
O
3
) paydo bo‘ladi. Bu birikmalar sulfat kislota
eritmasida qiyin eriydi. Ularni erish qobiliyati harorat va sulfat kislotasini
konsentratsiyasi olib borishi bilan ko‘payadi.
Masalan, ferritdan ruxni eritmaga o‘tkazish uchun sulfat kislotasini
konsentratsiyasi 200-300 g/l va 80-90
o
C harorat talab qilinadi.
Ruxdan tashqari, orkarokda temir, mis, kadmiy, qo‘rg‘oshin, kumush, oltin,
nikel, kobalt, marganets, bariy, kalsiy, alyuminiy va boshqa metallar bor.
Kadmiy xususiyatlari bo‘yicha ruxga yaqin, uni oksidi CaO sulfat kislotasida
yaxshi eriydi:
CaO + N
2
SO
4
= CaSO
4
+ H
2
O
Kuyindidan eritmaga 85-90 % kadmiy o‘tadi. Temir kuyindida, asosan rux va
mis ferritlar shaklda uchraydi. Bir qancha temir oksidlari Fe
2
O
3
, va Fe
2
O
3
ham bor.
Sulfat eritmasida Fe
2
O
3
esa qisman eriydi.
Kuydirish pechining siklon changida bir oz Fe
2
(SO
4
)
3
uchraydi. Uch valentli
temir sulfati eritmada hosil bo‘ladi:
142
Fe
2
O
3
+ 3
2
SO
4
= Fe
2
(SO
4
)
3
+ 3H
2
O
Eritmada F
2
(SO
4
)
3
mis birikmalari, SO
2
va metal sulfidlari bilan ikki valentli
temir sulfati FeSO
4
ga tiklanadi. Bu jarayon ruxni kuyindidan eritmaga, quyidagi
reaksiya orqali, o‘tishiga ko‘maklashadi:
ZnS + Fe
2
(SO
4
)
3
= ZnSO
4
+ 2FeSO
4
+ S
Eritmaga kuyindidan fakat 3-4 % temir o‘tadi, uni miqdorligi 1-2 g/l tashkil
qiladi. Bunday miqdorlik bo‘lajak mishyak, surma, germaniy va boshqa
moddalardan gidrolitik tozalashda yordam beradi. Mis kuyindida oksid (CuO,
Cu
2
O), ferrit (n SuO ∙ Fe
2
O
3
), silikat
(x Cu
2
O ∙ uSiO
2
) shakllarda uchraydi. Eng oson CuO eriydi va CuSO
4
ni
hosil qiladi. Mis ferriti, pux ferritiga o‘xshab, qiyin eriydi. Tanlab eritishda
taxminan misni yarmi eriydi, yarmi esa kekda qoladi.
Surma (III) va mishyak (III) oksidlangan birikmalari kuyindini tanlab
eritishda As
2
(SO
4
)
3
va Sb (SO
4
)
3
shakllarda eritmaga o‘tishadi. Surma (V) va
mishyak (V) oksidlari qiyin eriydigan birikmalardir.
Nikel, kobalt va marganetslar eriydi va Ni
4
, CoSO
4
va MnSO
4
sulfatlarini
hosil qiladi.
Tanlab eritishda qo‘rg‘oshin, deyarli to‘liq quyidagi reaksiyaga asosan, kekga
o‘tadi:
PbSiO
3
+ H
2
SO
4
= PbSO
4
+ H
2
SiO
3
Qo‘rg‘oshin, mis va rux silikatlarini erishi eritmani kremniy birikmalari bilan
ifloslantirishga olib keladi. Bu jarayon tanlab eritishdan bo‘lajak cho‘ktirish va
filtrlashlarni qiyinlashtiradi.
Kumush kuyindida Ag
2
S va Ag
2
SO
4
shaklda uchraydi. Kumush sulfati yaxshi
eriydi, keyin esa eritmada mavjud bo‘lgan xlor ionlari bilan qiyin eriydigan AgCI
birikmasi shaklda cho‘ktiriladi. Kumush sulfidi erimaydi va kekda qoladi. Oltin
to‘liq qattiq qoldiqlarda qoladi.
Kalsiy va bariy oksidlari sulfat kislota eritmalarida qiyin eriydigan eritmalar
hosil qiladi. Jarayonning kislotasi:
MeO + H
2
SO
4
= MeSO
4
+ H
2
O
143
Qo‘rg‘oshin, kalsiy va bariy sulfat kislotasini qismini qiyin eriydigan
sulfatlarga bog‘laydi. Buni hisobga olganda, kuydirish davrda sulfatli oltingugurt
mikdorini bir oz ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Xlor, ftor, natriy va magniy birikmalari oson eriydi va eritmada to‘planadilar.
Noyob metallar-talliy, galliy, indiy va germaniylar qisman eritmaga o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |