4.4. Sulfidli mis boyitmasini kislorod - mash’al pechida (KFP) eritish
KFP jarayoni birinchi marta Kanadaning «Koper Klif» zavodida qo‘llangan.
Jarayon «avtogen» nomini olgan, chunki tashqaridan yoqilg‘ini sarflanmaydi.
Jarayon uchun kerak bo‘lgan issiqlikni izotermik reaksiyalaridan olinadi.
Olmaliq mis zavodida KFP jarayoni 1968 yildan beri qo‘llaniladi. Pechning
xajmi 580 m
3
, foydali maydoni 120 m
2
, ishlab chiqarish unumdorligi – 12
t/m
2
∙sutkasiga. Bir sutkada pech 2000 t. shixtani qayta ishlashga imkoni bor.
101
KFP ni shixtasiga boyitma, flyus va aylanuvchi chang kiradi. Jarayon
yordamida turli mono va polimetallik boyitmalarni qayta ishlash mumkin.
Boyitmalarni mineralogik tarkibi turlidir. Mis minerallari xalkopirit, bornit,
xalkozin, temir-pirit va pirrotin bilan keltirilgan.
Boyitmani granulometrik tarkibi 0,147 (100%) dan 0,043 (90%) mm gacha
oralig‘ida o‘zgaradi. Filtratsiyadan keyin boyitmani namligi 10 – 17 % ni tashkil
qiladi.
KFP jarayoni boyitmani chuqur oksintirish va misga boy shteyn olish bilan
bog‘liqdir. Dunyoda taniqli shixta tayyorlashdan eng yaxshi sistemalardan biri - bu
beding-sistema. Shixta komponentlari qatlam-qatlam shaklda bir – biri ustiga
yuklanadi va vertikal kesimda konveyerga ortiladi. Bunda shixta moddalari yaxshi
aralashtiriladi. Shixta terishga katta mablag‘ sarflanishiga qaramay, beding-sistema
tarkibi bir xil bo‘lgan shixtani tayyorlashga imkon yaratadi, yirik va kukun
moddalar bilan ishlash mumkin.
Beding – sistema Yaponiya zavodlarida keng qo‘llaniladi. Masalan, «Xitachi»
zavodida 8 xil mahalliy boyitma, 10 xil xorijiy boyitma, 4 xil xorijiy sementli mis
ishlatiladi. Metariallarda misning miqdorligi 2 % dan 37 % gacha o‘zgaradi. Ana
shunga moddalardan beding-sistema tarkibi deyarli o‘zgarmaydigan shixtani
olishga imkon yaratadi. Masalan, shixtada misni o‘zgarishini hisoblaganda
nisbatdan 0,49 %, temir bo‘yicha 0,56 % va oltingugurt bo‘yicha 0,68 % farq
qiladi. Moddalarni taqsimlanishini har kuni EHM yordamida hisoblanadi. SHixtani
xajmi uch kun ishlashga mo‘ljallangan. Ikkita, xajmni 1700 t. bo‘lgan, shixta
tayyorlash majmuasida mavjuddir.
Olmaliq kombinatida ho‘l shixta tayyorlash sistemasi qo‘llaniladi. Bu
sistemasining ma’nosi: yanchilgan flyus pulpasi bilan boyitma pulpasi
aralashtiriladi. Pulpa bu qattiq va suyuq moddalarni aralashmasidir.
Shixtani quritish -
KFP jarayonini amalga oshirilishi qat’iyan sharti-shixtani
o‘ta quritilishidir. Quritilgandan keyin shixtani namligi 0,1 – 0,15 % dan
oshmasligi kerak. Undan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KFP ni prinsipiga javob
bermaydi, chunki moddalarni kukuni pechni ichida bir – necha soniya davomida
102
uchar holatda bo‘lishi shart. Anna shu uchish holatida zarrachani butun sirti
bo‘yicha oksidlanish reaksiyasi o‘tib, KFP jarayoni amalga oshiriladi. Shixtani o‘ta
quritish uchun doira shakldagi pech yoki vertikal joylashgan quritish trubalar
qo‘llaniladi.
Olmaliq mis zavodida vertikal quritish trubalari qo‘llaniladi, hammasi bo‘lib
2 truba o‘rnatilgan. Quritish jarayoni ishlash prinsipi quyidagiday: trubani past
tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30-40 m/s). Issiq gazning
oqimiga nam (7-8 % H
2
O) bo‘lgan shixta yuklanadi. Shixta moddalari uchib turgan
holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa trubani yuqori qismiga uchib chang
ilish sistemalariga yuboriladi.
Quritish trubalari maxsus pechlarda yoqiladigan tabiiy gaz bilan isitiladi,
haroratni boshqarish uchun maxsus pechga ikkilamchi sovuq havo beriladi.
Moddalarning bir soatli sarfi: tabiiy gaz 600 – 800 m, birlamchi gaz yoqish uchun)
havo 6000-8000 m. Birlamchi va ikkilamchi havolarning nisbatligi sharoitlarga
qarab 1 : 1 dan 1 : 1,3 gacha o‘zgaradi. Truba bo‘yicha gazning harorati: trubaga
kirish qismida 300 – 450
o
C. Moddani truba bo‘lish davri 1,3 soniyadan oshmaydi.
Jarayon qat’iyan boshqarilishi kerak va ishlar tizimi o‘zgarmasdan saqlanishi
kerak. Masalan, modda kamroq kelib qolsa, trubani harorati oshib ketadi va
sulfidlar alanga oladi. Agarda shixta ko‘proq yuklansa harorat pasayib ketadi va
modda to‘la qurilmaydi. Nazoratga muhtoj bo‘lgan nuqtalar: nam shixtani sarfi,
issiq gazning harorati trubadagi haroratlar, birlamchi va ikkilamchi havolarning
nisbatligi. Bunday nazoratni avtomatik tizimi boshqarish kerak.
Quritish trubalari-yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va ishonchligi o‘ta
qurilish dastgohlaridir. Bir soatda 60-80 t. shixtani quritishga doir, quritilgan
moddani sarfi 20-22 kg/t yoki 280-320 kg/t namlikka. Trubalarni oqilona ishlash
shartlaridan biri bir tekis moddalarni yuklash va atmosfera havosini ortiqcha
pechga kirishidir.
Trubani ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi havoni
o‘rniga, pechga qaytarishdir. Bu tadbir yoqilg‘ini sarfini kamaytirishga yordam
beradi. Bu gazlar 60-70
o
C issiqlikka ega va ularni miqdorida 15-17 % kislorod bor.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |