korrozion ingibitorlar
deb ataladi. Masalan,
aminlar, mochevina, aldegidlar, sulfidlar, xromatlar, fosfatlar, nitritlar, silikatlar va
hokazolar korrozion ingibitorlardir.
1.13-rasm. Korroziyadan himoyalash usullari.
2 BOB. METALLAR VA ULARNING SINFLANISHI.
METALLURGIK ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI
2.1. Metallar va ularning sinflanishi
D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi o’z ichiga 109 kimyoviy
elementni oladi. Tabiatda 89 element tabiiy holda uchraydi, qolganlari su’niy
ravishda yadro reaksiyalari natijasida olinadi. Kimyoviy elementlarni metal va
metalmaslarga ajratish qabul qilingan. Metalmaslarga quyidagi 19 element kiradi:
45
vodorod (H
2
), bor (B), uglerod (C), kremniy (Si), azot (N), fosfor (P), kislorod
(O
2
), oltingugurt (S), ftor (F), xlor (Cl), brom (Br), yod (I), astat (At), va inert
gazlar: galiy (Ga), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe), radon (Rn).
Qolgan 86 element metallik xususiyatlarga egadir. Metallik holatini metallik
yaltiroqligi va shaffofligi, yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, egiluvchanlik,
kristall tuzilishi, och va to’q kulrang rangi kabi umumiy xususiyatlar belgilaydi.
Bundan tashqari tipik metallar uchun elektr o’tkazuvchanlikni haroratga
bog’liqligi: harorat oshishi bilan elektr o’tkazuvchanligi kamayishi kabi umumiy
xusususiyatlar mavjud.
Metallarning ko’pchilik xususiyatlari metallik tuzilishida erkin elektron
bo’lishi bilan xarakterlanadi. Metallik tuzilmasida neytral atomlardan tashqari,
ionlangan atomlar bo’ladi, ya’ni ularda ma’lum miqdorda elektronlar bo’lmaydi.
Metallning hamma atomi bir xil ionlanish imkoniyatiga ega va ionlashgan
atomlardan neytral atomlarga elektronlarni o’tishi energiya sarflanmasdan borishi
mumkin. Buning natijasida metall panjarada uzluksiz elektron almashinish jarayoni
boradi. Bu vaqtda shu payt hech qaysi ma’lum atomlarga tegishli bo’lmagan
ma’lum miqdorda erkin elektronlar bo’ladi. Atomlarga qaraganda elektronlarning
o’lchami ancha kichik bo’lishi butun metall panjara bo’yicha ularni erkin harakat
qilish imkonini beradi. Metall panjarada erkin elektronlar bo’lishi metall
xossalarini belgilab beradi.
Elektrokimyoda reaksiya borishi natijasida elektronlarni o’ziga biriktirishga
harakat qiladigan metalloidlardan farqli ravishda, elektron berishga moyilligi
bo’lgan elementlarga metall deyiladi. Yuqorida aytilganidek, metallik holatini
belgilaydigan muhim xususiyatlardan biri, ularning kristall tuzilishi hisoblanadi.
Metall bog’lanishning mustahkamligi bilan metallning ko’pgina fizik va mexanik
xususiyatlari tushuntiriladi (2.1- jadval).
Metall ishlab chiqarish va ishlatishda elektrokimyoviy kuchlanish qatorida
metallning tutgan o’rni bilan izohlash mumkin bo’lgan, kimyoviy faolligi muhim
o’rin tutadi.
46
2.1- jadval
Metallarning fizik va mexanik xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |