O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


loyihalarini agroiqtisodiy asoslash bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

loyihalarini agroiqtisodiy asoslash bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish.
Iqtisodiy sharoitlar yer tuzishda ikki tomonlama hisobga olinadi. Bir tomondan, hududni 
rivojlanayotgan ishlab chiqarish talablariga yerlarni va ayrim yer turlarini qayta taqsimlash, ularni 
melioratsiyalash, ko‘p mehnat talab etadigan va ko‘p yuk chiqadigan ekinlarni xo‘jalik markazlariga, 
chorvachilik fermalariga yaqinlatish, yer massivlarining shakllarini yaxshilash, mayda konturlilikni 
va uchastkalarning bo‘linganliklarini tugatish va sh.o‘. yo‘li bilan moslashtirish amalga oshiriladi. 
Ikkinchi tomondan, xo‘jaliklar va ishlab chiqarish bo‘limlarining ixtisoslashishi, chorvachilik 
fermalarining joylashishi, ekinlar va almashlab ekishlar tarkibi va joylashishi, qishloq xo‘jalik 
ekinlarini yetishtirish texnologiyalari yer fondining ob’ektiv tavsiflaridan - tuproqlar unumdorligi, 
ularning eroziyaga uchrash darajasi, yerlarning xo‘jalik markazlaridan uzoqligi va sh.o‘. kelib chiqib 
o‘zgarib turadi.
Natijada yer tuzishda yerdan mavjud foydalani
щ
zarur tartibga keltiriladi (almashlab ekishlar, 
yo‘llar loyihalanadi; yer turlarining joylashishiga aniqlik kiritiladi, keraksiz marzalar, yer egaligidagi 
kamchiliklar tugatiladi) va shu vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning kelajakdagi rivojlanish 
yo‘nalishlari unga jalb etilgan yerlar xususiyatlarini hisobga olib ixtisoslik aniqlanadi, meliorativ 
ishlarining ishlab chiqarish qurilishi, hududni injenerlik jihozlashning turlari, hajmi, navbati va 
amalga oshirish muddatlari aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining ixtisosligi ularni joylashtirish va hududini tashkil 
etishga, yerlarning turlari va maydonlariga, almashlab ekishlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan:
paxtachilik va g‘allachilik xo‘jaliklarida yerlar tarkibida asosiy qismni haydalma yerlar 
tashkil etsa, qorako‘lchilik xo‘jaliklarida yaylovlar tashkil etadi. Shahar atrofidagi, mehnat resurslari 
bilan yaxshi ta’minlangan sabzavotchilik xo‘jaliklari ko‘proq intensiv ekinlar: kartoshka, sabzavot 
va boshq. maydonlariga ega bo‘lishadi. O‘z yem-xashaklari hisobiga chorvachilikni 
rivojlantirayotgan korxonalarning ekin maydonlari tarkibida ozuqa ekinlari (ko‘p yillik va bir yillik 
o‘tlar, silosboplar) asosiy o‘rinni egallaydi. Bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklarda 
katta maydonlarni daraxtzorlar egallaydi. Shuning uchun yer tuzishda birinchi navbatda xo‘jaliklar 
va uning bo‘limlari ixtisosliklari o‘rganiladi, uning yerlardan samarali foydalanish talablariga 
mosligi tekshiriladi. Keyin loyiha tuzishda ixtisoslik aniqlanadi, yerlar tarkibi va maydoni
almashlab ekishlarni tashkil etish moslashtiriladi. Shunday qilib yerdan foydalanish samaradorligi 
oshiriladi, uning mahsuldorligi o‘sishi va muhozafasi ta’minlanadi.
Shu maqsadlar uchun hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun xo‘jalik yuritish 
tizimi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari uyg‘unligi o‘rganiladi, «qiyin joylar» va tashkiliy 


53 
zaxiralar aniqlanadi. Taxlilda yalpi va tovar mahsulotlari, ishlab chiqarish rentabelligi, foyda, 
mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari, boshqa sarflar, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi va 
boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida yer tuzishda mehnatni tashkil etish darajasi, texnika, asosiy va 
aylanma fondlar bilan ta’minlanishi katta ahamiyatga ega. Bu omilni hisobga olish uchun 
xo‘jalikning butun mehnat jamoalari (ishlab chiqarish bo‘limlari, brigadalar, pudratchilar) bo‘yicha 
ma’lumotlar to‘planadi. Bo‘limlar ixtisosliklari, mehnat jamoalari a’zolarining soni va malakaviy 
tarkibi, bir ishlovchiga to‘g‘ri keladigan haydalma yer va boshqa yer turlari maydoni, biriktirilgan 
texnikalar turlari, mehnatni tashkil etish shakllari (brigada, oila, ijara pudrati va sh.o‘.) belgilanadi. 
Yer tuzish loyihasini ishlashning keyingi bosqichida hududni tashkil etish va xo‘jalikda mehnat 
resurslaridan foydalanishni o‘zaro bog‘lash amalga oshiriladi. Yerdan foydalanishda ortiqchalikka 
yo‘l qo‘ymaslik uchun almashlab ekishlarni, ozuqa olinadigan yerlarni, daraxtzorlarni ma’lum 
jamoalarga biriktirish yoki ularga mulk qilib berish kerak. 
 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish