24
Yer tuzish bilan mamlakatimizning barcha hududi, mo‘ljallangan maqsadidan qat’iy nazar,
barcha yerlar qamrab olinadi, biroq uning xarakteri har xil bo‘lishi mumkin. Bir xil vaziyatlarda
hudud ayrim yer egaliklari yoki yerdan foydalanuvchilar chegarasida tashkil etiladi; bunda unga
kiruvchi har bir uchastkaning foydalanish maqsadi aniqlanadi. Boshqa vaziyatlarda qator korxonalar
yoki ularning belgili tizimlarini tashkil etuvchi, o‘zaro bog‘langan guruhlari yer egaliklari va yerdan
foydalanishlarini tashkil etish masalasi birgalikda yechiladi.
Xalq xo‘jaligi rivojlanishi jarayonida yer fondlarini tarmoqlar - qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari,
sanoat, transport, shaharlar va sh.o‘. orasida taqsimlash sodir bo‘ladi. Ularning har birining ichida
yerdan foydalanish har xil korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim
yer egaliklari (yerdan foydalanishlar) chegarasida yer yoki ishlab chiqarishning asosiy vositasi
(qishloq xo‘jaligida), yoki uning unumdorligiga bog‘liq bo‘lmagan (sanoatda, transportda va sh.o‘.)
kenglik asosi sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, nafaqat yerlarni tarmoqlar orasida, balki xo‘jalik
sub’ektlari orasidayam taqsimlash masalasi kelib chiqadi, ularga qattiq belgilangan tartibda, aniq
maqsadlar uchun ma’lum maydonga ega va joylarda chegaralangan yer uchastkalari yoki massivlari
ajratiladi.
Yerlarni tarmoqlararo va tarmoqlar ichida taqsimlash dinamik xarakterga ega; yangi sanoat
korxonalari, temir va avtomobil yo‘llari, shaharlar, dehqon xo‘jaliklari va ularning birlashmalari va
sh.o‘. yaratiladi. Shu sababli, doimo yangi yer egaliklari yoki yerdan foydalanishlar paydo bo‘ladi va
mavjudlariga o‘zgarishlar kiritiladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish rivojlangani sari mavjud
korxonalar egallab turgan yer uchastkalarining o‘lchamlariga va joylashishiga bo‘lgan talab o‘zgarib
turadi. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jaligida tez-tez ro‘y beradi; yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni
qayta tashkil etish va tartibga solish, ularning joylashishidagi, o‘lchamlaridagi noqulayliklar va
kamchiliklarni va boshqa ishlab chiqarishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, optimal me’yorlardan
og‘ishlarni tugatish zarurati kelib chiqadi. Har qanday korxonaning yer egaligi yoki yerdan
foydalanishini tashkil etish, ayniqsa qishloq xo‘jaligida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ishlab chiqarishi
hajmi bilan bog‘liq va ularga mos bo‘lishi kerak.
Yer tuzishning vazifasi faqat butun yer egaligi yoki yerdan foydalanishning o‘zini tashkil etish
yoki qayta tashkil etish bilan cheklanishi mumkin emas. Qishloq xo‘jaligida yana, ularning barcha
ayrim qismlari yer uchastkalarining sifatini, ularning joylashishini, xo‘jalik nuqtai nazaridan
maqsadga muvofiqligini hisobga olib tuzish va joylashtirish kerak. Bunda yer egaliklarining har xil
qismlari ma’lum ishlab chiqarish yoki boshqa vazifalarni oladi.
Sanoat va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan faqat binolar, inshootlar, yo‘llar,
elektr ta’minoti, aloqa, suv bilan ta’minlash tarmoqlarini joylashtirish uchun kenglik asos sifatida
foydalaniladi, undan bevosita foydalanish mustaqil vazifa hisoblanmaydi.
U faqat ma’lum ob’ektlarni qurish uchun joy sifatida kerak va ularning keyingi vazifalari
yerning sifatiga bog‘liq emas. Aholi yashash joylari, sanoat va boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari
hududlarida binolar va inshootlarni joylashtirish rejalashtirish (loyihalash) deb ataladi. Yer
tuzishning o‘ziga sanoat korxonalarini, qishloqlar va shaharlarni rejalashtirish (loyihalash)
qaramaydi va yer tuzish ishlari tarkibiga kirmaydi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uchun u bilan bog‘liq
boshqa ishlab chiqarish vositalarini joylashtirish bilan birga xo‘jalikda hududni ichki tashkil etish
zarur. U bir martalik tadbir emas. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, ishlab chiqarish tarkibidagi
o‘zgarishlar ayrim xo‘jaliklarda yerdan foydalanishni tashkil etishda ham o‘zgarishlarga olib keladi.
Bunday barcha o‘zgarishlar tashkiliy tarzda, yer tuzish o‘tkazilib, amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: