30
foydalanishni va uni muhofaza qilishni oqilona, ilmiy asoslangan tashkil etishga asoslanadi. Shuning
uchun xo‘jaliklararo yer tuzish nafaqat yerni, balki butun atrof muhitni ham muhofaza qilishning birinchi
va asosiy elementi deb hisoblanishi mumkin.
Yerni va atrof muhitni muhofaza etish to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerdan foydalanishni
tashkil etishga
bog‘liq. Shuning uchun ham yerni muhofaza etish bo‘yicha tadbirlar yer tuzish jarayonida ishlanishi
kerak.
Bu masala yer tuzish loyihasining yoki chizmasining barcha tarkibiy qismlariga asosiy
vazifalardan biri sifatida kiritilishi kerak.
Yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalarini eng to‘g‘ri va to‘la
yechish
uchun ular yer egaliklari va yerdan foydalanishlar tizimidan iborat hududda ko‘rib chiqilishi kerak,
bunday hudud hozirgi sharoitda eng avvalo, butun ma’muriy tumandir.
Tuman hududiga yer tuzish
chizmalari, xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari va chizmalari, xo‘jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari
ishlanadi. Bu hududda birinchi navbatda oldiniga chizmalarda, keyin esa loyihalarda xo‘jaliklararo yer
tuzish masalalari yechilishi kerak.
Tabiiy resurslarni va atrof muhitni tuman hududida muhofaza qilishni tashkil etishning asosi yer
egaliklari va yerdan
foydalanishlar hisoblanadi, ularda aniq ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat olib
boriladi. Shuning uchun, atrof muhit va tabiiy resurslar ularning atrofida ham muhofaza qilinishi kerak.
Yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish rejalash va loyihalash jarayonida odamning
noto‘g‘ri harakatlari, ayniqsa, biosferaning mahsuldorligi pasayishi
keltirib chiqaradigan, har qanday
zararlarga yo‘l qo‘ymaydigan va ularni maksimal cheklaydigan vositalarni maqsadli topishdan; yerdan
foydalanish jarayonida uning sifati yomonlashishiga hamda atrofdagi hududlarga zararli ta’siriga yo‘l
qo‘ymaydigan usullardan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Yakuniy maqsad - yerdan va tabiiy resurslardan
ishlab chiqarish va boshqa faoliyat jarayonida to‘g‘ri foydalanish hisoblanadi.
Ho‘jaliklararo yer tuzish chizmalarini va loyihalarini ishlashda yerlarni va atrofdagi tabiiy muhitni
muhofaza qilish bu vazifaning mazmuniga mos maxsus ishlar bilan amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar
kiradi:
yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni
tashkil etishda, ya’ni, ularni joylashtirishda,
o‘lchamlarini, chegaralarini, infratizimlarni va sh.o‘. yer resurslarini va atrofdagi tabiiy muhitni ishonchli
muhofaza qilishni ta’minlovchi belgilashda, barcha talablarga va shartlarga rioya qilish;
qishloq xo‘jalik korxonalari hududida yerlarni va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha zarur tadbirlar
(tashkiliy-xududiy, tashkiliy-xo‘jalik va boshq.) tizimini loyihalash;
himoyalanadigan yer egaliklari va yerdan foydalanishlar uchastkalarini,
mintaqalarini,
polosalarini xududlarini ajratish va ular ichida va atrofdagi yerlarda yerlardan oqilona foydalanish
bo‘yicha tadbirlarni ishlash. Bu harakatlarga mustaqil xarakterdagi yer tuzish turlaridan biri sifatida
qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: