O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Elektrokimyo haqida asosiy tushunchalar



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Elektrokimyo haqida asosiy tushunchalar 


63 
Jarayonlarni miqdoriy tavsiflash uchun elektrokimyoda elektr hodisalariga 
nisbatan qo‗llaniladigan tushunchalardan foydalaniladi. Elektr hodisalari 
zaryadlarni katta potensial energiyaga ega bo‗lgan nuqtadan kam potensial 
energiyaga ega bo‗lgan nuqta yo‗nalishida ko‗chirishdan iboratdir. Elektr zaryadi 
kattaligi kulonlarda (C) o‗lchanadi. 1 s vaqt ichida kattaligi 1 C zaryad o‗tkazgich 
orqali o‗tganida vujudga keladigan elektr toki 1 A kuchga ega bo‗ladi. 
Elektrokimyoda ikki tipdagi o‗tkazgich bilan ish olib borishga to‗g‗ri keladi: 
m e t a l l v a e l e k t r o l i t . Metall о‗tkazgichlar elektr toki о‗tkazish qobiliyatiga 
ega. Bunda o‗tkazgichda birorta kimyoviy aylanishlar bo‗lmaydi. Elektrolitlardan 
elektr toki o‗tkazilganda ularning kimyoviy tarkibi o‗zgaradi. 
Elektrokimyoda metall va elektrolitik o‗tkazgichlardan iborat elektr zanjirlar 
tez-tez uchraydi. Bu tipdagi o‗tkazgichlar orasidagi kontakt- lashish yuzasi elektrod 
deb ataladi. Aslini olganda, elektrod — elektronlar manbayi yoki, aksincha, ularni 
qabul qiluvchi bo‗lib xizmat qiladi: elektronlar elektroddan elektrolitga o‗tganda u 
katod deb, elektronlar elektrolitdan elektrodga o‗tganda esa u a n o d deb ataladi. 
Elektr toki elektrod orqali o‗tkazilganda unda ma‘lum o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. 
Ulardan eng muhimi anodda sodir bo‗ladigan oksidlanish jarayoni va katodda sodir 
bo‗ladigan qaytarilish jarayonidir. Elektrolit orqali elektr toki o‗tkazilganda sodir 
bo‗ladigan jarayon elektroliz deb ataladi. 
Elektrokimyoning asosiy qonuni Faradey qonunidir: elektrolit orqali o‗tadigan 
va kulonlarda o‗lchanadigan elektr miqdori (q) moddaning oksidlanadigan yoki 
qaytariladigan kimyoviy ekvivalentlari sonining (n) Faradey soni (F) ga 
ko‗paytmasiga teng. 96490 C ga teng bo‗lgan Faradey soni mol (ya‘ni 6,023 • 10
23

elektronlardan iborat. 
Elektrokimyoning boshqa muhim tushunchasi galvanizatsiya (galvanik 
elementlar) hisoblanadi. U o‗zining ma‘nosi jihatidan elektrolizning aksi. 
Elektrolizni amalga oshirish uchun ikkita elektrodda oksidlanish va qaytarilish 
reaksiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi elektr potensialning tashqi 
manbayi zarur. Bundan farqli o‗laroq, galvanik elementni yaratish uchun shunday 
elektrodlar va elektr moddalari tanlanadiki, ular elektrokimyoviy energiyaga ega 


64 
bo‗lsin. Bu energiya oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining o‗z- o‗zidan sodir 
bo‗lishi uchun yetarli bo‗lishi kerak. 
Istalgan yarim reaksiyaning oksidlanish-qaytarilish potensialini suvli eritmalar 
uchun qo‗llaniladigan standart vodorod elektrodining potensiali bilan taqqoslab 
o‗lchash mumkin. Metallurgiyada suyuqlanmalar uchun standart kislorod 
elektrodidan foydalaniladi. Bu haqda metallurgiya jarayonlarida sodir bo‗ladigan 
reaksiyalar mexanizmini o‗rganishda ancha batafsil aytib o‗tiladi. 
U yoki bu reaksiyalarning sodir bo‗lishi mumkinligi ularni harakatlantiruvchi 
kuchlar bilan aniqlanadi. Bu kuchlar bevosita energiya, issiqlik, entropiya va 
kimyoviy termodinamika o‗rganadigan boshqa tushunchalarga bog‗liq. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish