Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi.
Shixta materiallari
sifatida quymalar ko‗rinishidagi birlamchi aluminiy va silumin, quymalar
ko‗rinishidagi aluminiy qotishmalari, qaytgan metall, aluminiy temir- tersaklari va
chiqindilari, shuningdek, ligaturalar ishlatiladi.
Ligaturalar aluminiy qotishmasiga qiyin eriydigan komponentlar (Cu, Ni va
boshq.) yoki yo‗qotishlar eng kam bo‗ladigan, oson oksidlanadigan aktiv
komponentlar kiritish maqsadida tayyorlanadi. Ligaturaning suyuqlanish
temperaturasi suyuq qotishma temperaturasiga yaqin bo‗lishi kerak (3.11- jadval).
Ligaturalarni istalgan suyuqlantirish pechida tayyorlash mumkin. Qiyin
eriydigan ligaturalar (Ti, Be, Zr, Cr) grafit tigellarda suyuqlantiriladi. Ligatura
quyidagi tartibda tayyorlanadi: avval aluminiy suyuqlantiriladi, so‗ngra uncha katta
bo‗lmagan porsiyalar bilan ma‗lum temperaturali legirlovchi qo‗shilma kiritiladi
227
(3.11- jadval), so‗ngra suyuqlanma aramshtiriladi, bu esa legirlovchi
qo‗shilmalarning tez o‗zlashtirilishiga yordam beradi, suyuqlanmani oksidlanishdan
saqlaydigan qoplama fluslar kiritiladi va u tozalanadi.
Barcha aluminiy qotishmalari (alummiy-magniyli qotishmalar bundan
mustasnodir) shunga o‗xshash suyuqlantiriladi. Temperatura ortgan sari gazlarning
yutilishi
jadallanishiga
asoslanib,
aluminiy
qotishmalarini
suyuqlantirish
tezlashtirilgan tarzda va optimal temperaturalarda olib borilishi tavsiya etiladi (3.12-
jadval) [7].
Tigelli induksion pechlarda suyuqlantirish jarayonini ko‗rib chiqamiz, chunki
ulardan barcha gruppalar qotishmalari uchun foydalanish mumkin.
Induksion pechlarda suyuqlantirishda tozalangan tigelga ehtiyotlik bilan,
zarbalarsiz shixta yuklanadi: tigel tagiga qaytarilgan xususiy metall zich yotqiziladi,
so‗ngra quyma ko‗rinishidagi metall va uning ustiga mayda qaytgan xususiy metall
yuklanadi. Pech ishga tushiriladi va suyuqlantirish operatsiyasi boshlanadi.
Shixtaning birinchi porsiyalari suyuqlanayotganda qolgan qismi yuklanadi.
Induksion pechlardagi suyuqlantirish jarayonini jadallashtirish uchun suyuqlantirish
tigelning uchdan bir hajmini tashkil etadigan «botqoq» bilan olib boriladi. Metall
otilib chiqishining oldini olish uchun yuklanadigan shixta nam, moy va emulsiyadan
tozalangan bo‗lishi kerak.
ZILdagi induksion pechlarda AЛ4 qotishma suyuqlantiriladi. Kokilga quyish
(№ 11) va bosim ostida quyish (№ 10) uchun qotishma suyuq fluslar bilan
tozalanadi (3.10- jadvalga q.). Suyuq fluslar bilan ishlangandan keyin qotishmadagi
gazlarning qoldiq miqdori texnologik vakuum- namuna bilan kontrol qilinadi. Agar
tarkibdagi gaz miqdori katta bo‗lsa, qotishma flus bilan takror ishlanadi yoki
suyuqlanmani 3-5 soat davomida saqlab turish yo‗li bilan gazdan tozalash uchun
u kanalli induksion mikserga qayta quyiladi. Suyuqlanmani atmosfera bilan
o‗zaro ta‘sirlashishdan № 3 tarkibli qoplama flus vositasida himoya qilinadi
(3.10- jadvalga q.).
228
3.11- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |