3.6. Cho‘yan suyuqlantirish polijarayonlari
Birlamchi agregatlarda (V, DP, ITP) sodir bo‗ladigan barcha jarayonlar
monojarayonlar vositasida suyuqlantirishning tegishli metodlari uchun yuqorida
kо‗rib o‗tilganlarga aynan o‗xshashdir. Ikkilamchi agregatlarda (DP, ITP, IKP)
cho‗yan kimyoviy tarkibining o‗zgarishi suyuq metallning shlak va pech futerovkasi
bilan o‗zaro ta‘siriga bog‗liq. ARU bilan dupleks yoki tripleksda barcha jarayonlar
birlamchi agregatlar va kutish pechida o‗tadi. ARUda kimyoviy tarkibi deyarli
o‗zgarmaydi.
Dupleks-jarayonlar kimyoviy tarkibni g‗oyat sezilarli darajada o‗zgartirib va
hatto qattiq shixta materiallarini (masalan, qaytarilgan metall va ВЧ ni
suyuqlantirishdagi boshqa chiqindilar) qo‗shib amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar
faqat DP va ITP da amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda suyuqlantirish
jarayonini qattiq shixtani suyuq quyim bilan qisman almashtiriladigan
185
monojarayonga o‗xshash kо‗rib chiqish lozim, bu esa induksion suyuqlantirishda
monojarayon uchun ham xarakterlidir.
Shixta va boshqa qo‗shilmalar kiritilmaydigan dupleks-jarayonda kimyoviy
tarkibning o‗zgarishi kuyindi, shuningdek elementlarning qirmochi va metall
porsiyasining quyilishi va olinishiga bog‗liq.
Birinchi dupleks-jarayon uchun vagrankaning yoy pechi bilan birga
qo‗shilishidan foydalanilgan edi. Uni bir necha o‗n yillar muqaddam КЧ ni
suyuqlantirish uchun qo‗llay boshladilar. Bu dupleks-jarayon vositasida
suyuqlantirish texnologiyasi quyidagidan iborat: shay qilib qo‗yilgan yoy pechiga
quyib chiqishdan 1—2 soat oldin vagrankadan suyuq cho'yan quyiladi.
Chiqindilardan foydalanilganda (ВЧ ishlab chiqishda amalda qo‗llaniladi) ular pech
tubiga to vagranka cho‗yani oqib tushmaguncha yuklanadi. Cho‗yan DPga
quyilgandan keyin jarayon me‘yoriga yetkazish davrida monojarayon olib
borilishiga o‗xshash olib boriladi. Yoy pechlarida cho‗yanning kimyoviy tarkibi
sezilarli o‗zgarishi tufayli uni ekspress- analiz natijalariga ko‗ra, korrektirovka
qilish zarur. Kanalli pechlardan foydalanilganda cho‗yanning kimyoviy tarkibi juda
kam o‗zgaradi. 3.23- rasmda ASEA firmasi ishlab chiqgan YFB induksion kanalli
pechi keltirilgan.
Vagranka— kanalli induksion pech dupleks-jarayoni jahon amaliyotida keng
tarqalgan. U Rossiyaning ZIL, GAZ va boshqa zavodlarida joriy qilingan. Bunday
suyuqlantirish usulining qo‗llanilishi tarkibi va temperaturasi bo‗yicha turg‗un
metall katta ko‗lamlarda talab etiladigan hollarda, masalan, avtomobillar va
traktorlar ko‗plab ishlab chiqariladigan sexlarda maqsadga muvofiq bo‗ladi [40].
Kanalli pechlarda cho‗yan, odatda, berilgan tarkibgacha yetkazilmaydi. Undan
faqat suyuq cho‗yan tarkibini o‗rta hisobga keltirish va qizdirish uchun
foydalaniladi.
Zarur bo‗lganda qo‗shilmalar uzatish kovslilari yoki tarnovga kiritiladi.
Cho‗yanning tarkibi va temperaturasi bo‗yicha o‗rta hisobga keltirilishini
ta‘minlash uchun uning miqdorini doimo pechning 2/3 hajmi baravarida saqlab
turish zarur.
186
Do'stlaringiz bilan baham: |