O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

2.2-rasm.
Oksidlar uchun Δ G ° = f(T) diagrammasi. 
Sababi, qattiq holatdan suyuq holatga o‗tishda qattiq yoki suyuq holatdan 
gazsimon holatga o‗tishdagiga qaraganda tartibsizlik kam bo‗ladi. Oksidlar uchun 
ΔG° =f(T) diagrammadan quyidagi muhim xulosa chiqadi: ΔG° ning manfiy 
zonasida joylashgan metallar o‗z- o‗zidan oksidlanadi, shu vaqtning o‗zida esa 
undan yuqori joylashgan metallar oksidlanmaydi. Qariyb barcha metallar ΔG ° < 0 
zonada joylashadi. 
Oksidning turg‗unligi bevosita ΔG° ning qiymatiga bog‗liq bo‗ladi. Turg‗unligi 
kamroq bo‗lgan oksidlar son qiymati uncha katta bo‗lmagan ΔG° ga, ancha turg‗un 
oksidlar esa uning absolut kattaligining yuqori qiymatiga ega bo‗ladi. Shunday qilib, 
ΔG° ning musbat zonasiga erishilganda oksidlanish tugaydi yoki turg‗unmas oksid 
hosil bo‗ladi. Masalan, 4Fe
3
O
4
+ O
2
→ 6Fe
2
O
3
reaksiyada 1500 °C dan yuqori 
temperaturada Fe
2
O
3
ning oksidlanishi murnkin emas, chunki Fe
2
O
3
bunday va 
undan yuqori temperaturada turg‗un bo‗lmaydi. Ag
2
O va HgO ni shunday tarzda 
oddiy qizdirish yo‗li bilan metallga aylantirish mumkin [15, 29]. 
Oksid faqat ΔG ° = f ( T ) chiziqlari diagrammada bu qiymatdan pastda 
joylashadigan metallar bilan qaytarilishi mumkin. C + O
2
= CO
2
reaksiya chizig‗i 
qariyb gorizontal joylashgan, ya‘ni uning qiyaligi taxminan nolga teng, bundan bu 
reaksiya uchun entropiya amalda o‗zgarmaydi, degan xulosa kelib chiqadi. Buni 
quyidagilar bilan tushuntirish mumkin: amalda dastlabki va oxirgi hajmlar (amalda 
tegishlicha O
2
va SO
2
gazlarning hajmi shunday hajmlardandir) bir xil, binobarin, 
qattiq moddalarning entropiyasi uncha katta bo‗lmaydi. 
2C + О
2
→ 2CO reaksiya chizig‗i pastga qarab yo‗nalgan, ya‘ni manfiy 
qiyalikka ega. Bu entropiyaning ko‗p ortishi hisobiga sodir bo‗ladi: gazsimon CO 
ning ikkita hajmi kislorodning bitta hajmidan tashkil topadi. CO hosil bo‗lish 
chizig‗ining manfiy qiyalikligi katta ahamiyatga ega, chunki metallning qariyb 
barcha metall-oksid chiziqlari CO chizig‗i bilan yuqori temperaturada kesishib 
o‗tadi. Bu hol yuqori temperaturada ko‗pchilik metall oksidlarining uglerod bilan 
qaytarilishi mumkinligini ifodalaydi. 


77 
Uglerod oksidi CO
2
dan yuqorida joylashgan barcha oksidlarni qaytarishi 
mumkin. Masalan, NiO 700 °C da CO bilan qaytarilishi mumkin:
NiO + CO = Ni + CO 
Bunda H
2
O chizig‗idan yuqorida joylashgan barcha oksidlar vodorod bilan 
qaytarilishi mumkin. Masalan, 700 °C temperaturada
2H
2
+ 2CoO → 2Co + 2H
2
O. 
Oksidlarga nisbatan metallarning xloridlari past suyuqlanish temperaturasiga va 
yuqori uchuvchanlikka ega bo‗ladi. Xloridlarning hosil bo‗lishi va ularning 
metallgacha qaytarilishi — rangli qotishmalarni suyuqlantirishda muhim jarayondir. 
Xlorid uchun ΔG° ning manfiy qiymati qanchalik katta bo‗lsa, uning turg‗unligi 
shunchalik yuqori bo‗ladi. Oltin va simob xloridlarining turg‗unligi past, ishqor 
hosil qiladigan va ishqoriy-yer metallarning turg‗unligi yuqori bo‗ladi. 
Diagrammadagi ko‗pchilik egri chiziqlar bir-birini kesib o‗tadi, bu esa 
temperatura ortgan sayin xloridlar nisbiy turg‗unligining o‗zgarishi haqida guvohlik 
beradi. Temperatura ortganda xloridda fazaviy aylanishlar sodir bo‗lganda reaksiya 
entropiyasi manfiyroq va chiziqlar qiyaligi kam bo‗ladi. Agar fazaviy aylanishlar 
metallda sodir bo‗lsa, teskari effekt kuzatiladi. Metall oksidlari uchun uglerod 
yaxshi qaytargich hisoblanadi, lekin xloridlarni qaytarish uchun u yaroqsizdir, 
chunki
reaksiya chizig‗i diagrammaning yuqorigi zonasida 
bo‗ladi. 
Ftoridlar uchun ham ΔG = f(T) diagramma mavjud [15]. Eng turg‗uni ishqor 
hosil qiladigan va ishqoriy-yer metallarning ftoridlaridir. Masalan, magniy TiF
4

BeF
2
, ZrF
4
larni qaytaradi. Egri chiziqlari HF egri chiziq ustida joylashgan 
ftoridlarni vodorod vositasida metallgacha qaytarib bo‗lmaydi. Metallar ftoridlarini 
qaytarish uchun uglerod mutlaqo yaroqsizdir. 
Suffidlar uchun ΔG = f(T) diagramma analiz qilinganda, u eng turg‗uni seriy, 


78 
kalsiy va magniy sulfidlari ekanligini ko‗rsatadi. Bu metallar desulfirator bo‗lishi 
mumkin. 
Karbonatlar mustahkam birikma hisoblanmaydi. Masalan, CaCO
3
uchun 
ΔG
o
=f(T) chiziq t = 850 °C da ΔG
o
=
0 chiziqni kesib o‗tadi. Binobarin, 
qizdirganda u parchalanadi: 
CaCO
3
→ CaO + CO
2
Silikatlar uchun chiziqlarning juda kam qiyalikka ega bo‗lishi xosdir, ya‘ni 
etropiyasi juda kam o‗zgaradi, buni ularning hosil bo‗lishida faqat 
kondensatsiyalangan fazalar qatnashishi bilan tushuntirish mumkin [15]. 
Termodinamika qonunlari metallurgik sistemalarda muvozanatning har xil 
turlarini hisoblashga imkon beradi. Kimyoviy va fazaviy mu- vozanatlar mavjud.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish