b)
a)
109
aylanganda o‘zidan-o‘zi har qanday burchak ostida qaytib bir xil eng pasti holatni
egallayversa, u muvozanatlanmagan hisoblanadi. Detalni muvozanatlash uchun
uning qarama-qarshi tomoniga xuddi shunday yukni kavsharlash, suyuqlantirib
qoplash, shaybalar qo‘yish yoki detalning og‘irlashgan (pastki) tomonidan
metallning bir qismini egovlab, parmalab olib tashlash kerak. Agar detal har
qanday burchak ostida aylanganda doim turli holatlarda to‘xtasa, detal yaxshi statik
muvozanatlangan bo‘ladi. Statik muvozanat aylanuvchi roliklarda prizmalardagiga
nisbatan aniqroq bo‘ladi.
Dinamik
muvozanatlash.
Dinamik
muvozanatlashning
mohiyati
quyidagilardan iborat. Agar muvozanatlanmagan massa
t
bo‘lgan uzun detalni
Q
yuk bilan statik muvozanatlansa, unda u aylanganda uning o‘qi atrofida ikkita
markazdan qochma kuch
R
hosil bo‘ladi. Kattaligi jihatidan teng va bir-biridan
ma‘lum masofada (yelkada) qarama-qarshi tomonga ta‘sir etuvchi bu kuchlar
detal-valni burashga intiluvchi juft kuch
R1
momentini vujudga keltiradi. Natijada
val tayanchlariga qo‘shimcha yuklanish tushib, bu uzel va butun mashinani
titratadi. Tayanchlarga tushadigan yuklanish va titrash detalning aylanish
chastotasi ortishi bilan kattalashadi. hosil bo‘ladigan juft kuch
R1
momentini
muvozanatlash uchun detalga unga teng bo‘lgan, lekin juft kuch
R1
momentiga
qarama-qarshi yo‘nalgan kuchni berish lozim (17.3-rasm).
Shunday qilib, dinamik muvozanatlash paydo bo‘ladigan juft kuch
momentini muvozanatlash yuklari yordamida yoki shu momentni hosil qiluvchi
massalarni yo‘qotib muvozanatlashdan iborat. Dinamik muvozanatlash maxsus
muvozanatlash mashinalarida bajariladi. Detal mashinaning maxsus tayanchlariga
o‘rnatilib, bu tayanchlar aylanganda detallar muvozanatlanmagan kuchlar ta‘sirida
tebranadi. Tayanchlarning tebranish amplitudasi vujudga keladigan inersiya
markazdan qochma kuchlar qiymati va ularning momentlarini ko‘rsatadi. Agar
detal dinamik muvozanatlangan bo‘lsa, tayanchlarning tebranishi to‘xtaydi.
110
17.3-rasm. Detalni dinamik muvozanatlash.
Detal statik muvozanatlashdagi kabi metallning bir qismini olib tashlab,
parmalab yoki plastina, shaybalar qo‘yib, payvandlash va hokazolar bilan
muvozanatlanadi.Odatda diametri uzunligidan katta bo‘lgan katta detallar
(maxoviklar, shkivlar, disklar, parraklar va hokazolar) statik muvozanatlanadi
(17.4-rasm), uzunligi diametridan ancha katta bo‘lgan uzun detallar (tirsakli hamda
kardanli vallar va hokazo) esa dinamik muvozanatlanadi.
17.4-rasm. Statik muvozanatlash moslamalari.
a- qirrali prizma yordamida; b- aylanuvchi roliklar yordamida;
v-muvozanatlash tarozisi.
Nazorat savollari:
1. Detallarni individual o‘lcham va ta‘mirlash o‘lchamiga moslab tiklash
deganda nimani tushunasiz?
2. Detallarni bosim bilan tiklash qanday amalga oshiriladi?
3. Statik muvozanatlashda qanday ishlar olib boriladi?
4. Dinamik muvozanatlashda qanday ishlar olib boriladi?
a)
v)
b)
111
18. TA‘MIRLASHDAN KEYIN MASHINALARNI YIG‘ISH VA SINASH
Mashinani yig‘ish usullari
Uzelni, mexanizmni va umuman mashinani yig‘ishdan oldin ular
komplektlanadi. Yig‘ishga doir texnologik karta va nuqsonlar ro‘yxatiga ko‘ra
komplektlash bo‘limida ayni yig‘ma birligini tashkil qiluvchi barcha detallar
(uzellar) tanlanadi. Bunda ularning yaroqligi, tamirlangani yoki yangisi tanlanadi.
Komplektlash baza va korpus detallaridan boshlanadi. Keyin bu detallar o‘lcham
va boshqa ko‘rsatkichlari (masalan, massasi) bo‘yicha bir biriga moslanadi.
Detallarni zarur tutashish aniqligini ta‘minlash usuliga ko‘ra yig‘ishning
quyidagi usullari ma‘lum:
1.
To‘liq
o‘zaroalmashtirib yig‘ish. Detallar joyiga moslanmasdan,
rostlamasdan, tanlamasdan yig‘iladi, bu usul ko‘plab hamda seriyalab ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi. Bittalab ishlab chiqarishda bu usul standart detallarni
(mahkamlash detallari, dumalash podshipniklari va hokazo) qo‘yishda
qo‘llaniladi.
2. Qismdan o‘zaroalmashtirib yig‘ish. Ko‘pgina obyektlar talab etilgan aniqlikda
yig‘iladi va faqat juda ozgina obyektlarnigina detallarni oldindan tanlab
yig‘ishga to‘g‘ri keladi. Bu usul seriyalab ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
3. Guruhlab o‘zaroalmashtirib yig‘ish. Detallar bevosita o‘lcham guruhlariga
tanlangandan yoki ajratilgandan so‘ng biriktiladi. Ushbu usul detal
o‘lchamlariga belgilangan joizliklar keng bo‘lgan detallarni yuqori anikliq bilan
yig‘ishga imkon beradi.
4. Rostlab yig‘ish. Detallar o‘lchamlariga belgilangan texnologik joizlik ancha
keng bo‘lganda birikmaning talab etilgan aniqligiga qo‘shimcha qo‘zg‘almas
yoki qo‘zg‘aluvchan kompensator: shaybalar, halqalar, qistirmalar, rostlash
vintlari, ponalari va boshqa elementlar qo‘yish hisobiga erishiladi.
Qo‘zg‘aluvchan kompensatorlar ishlatish jarayonida birikmaning aniqligini
ta‘minlab turadi.
112
5. Bir-biriga moslash yuli bilan yig‘ish. Tutash detallardan birini ikkinchisiga
moslash hisobiga tutashmaning aniq chiqishiga erishiladi. Bu usul bittalab va
kichik seriyalab ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bir-biriga moslash egovlash va
tozalash, tayyorlash, pritirlash, jilolash va egish, shuningdek tutash sirtlarga
birgalikda ishlov berish (teshiklarning o‘qdoshligini ta‘minlash maqsadida
yig‘ilgandan so‘ng ularni yuvib kengaytirish yoki razvertkalash) yuli bilan
amalga oshiriladi.
Mashinani yig‘ish asos detaldan boshlanib, undan boshlab detallar, uzellar
va guruhlar yig‘ilib boshlaydi. Asos detal mashinani yig‘ish boshlangan detal
hisoblanib, u detalning raqami va sonini bildiradi (18.1-rasm). Uzellarni
yig‘ishda uning nomlanishiga bog‘liq ravishda tirqish va taranglikka rioya
qilinadi.Detal o‘lchamlari berilgan joizlik bo‘yicha o‘zgaradi va yig‘ish aniqligi
turlicha bo‘ladi.
Yig‘ish jarayonida detallarga ishlov berish
Egovlash detallarning shakli, o‘lchamlaridan va ular sirtlarining bir-biriga
nisbatan joylashuvidagi noaniqlarni bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. Bu maqsadda
egovlar, jilvir qog‘ozlar va jilvirlash doiralaridan foydalaniladi. Yirik tishli egov
bilan ishlov berish aniqligi 0,25mm, mayda tishli egov bilan - 0,25-0,005mm,
mayin egov bilan - 0,005-0,02mm.
Shaberlash detallarning ajralish sirtlarini, yo‘naltiruvchilarni, podshipniklar
vkladishlarini, vtulkalar va egovlangandan keyin sirtni o‘lchamiga yetkazish uchun
qo‘llaniladi. Shaberlash sifati “bo‘yoq iziga qarab”, ya‘ni tutash sirtlarning 25x25
mm yuzasidagi nuqtalar soniga va nisbiy tutashuv maydoniga qarab aniqlanadi.
Zich birikmalar uchun kamida uchta, germetik birikmalar uchun kamida beshta
nuqta bo‘lishi, podshipnik vkladishlari uchun esa ular sirtining kamida 75-80%
tutashishi kerak.
Pritirlash bir-biriga ishqalanadigan ikkita sirtning bir-biriga yoki ulardan xar
birining uchinchi-namuna sirtga (masalan, plita bo‘yicha pritirlash) juda zich tegib
turishini ta‘minlaydi. Pritirlash materiallari: GOI pastalari, qumqog‘oz,
113
maydalangan shisha, alyuminiy, xrom, temir oksidlarning, mineral moy, kerosin,
skipidar bilan aralashmasi.
Jilolash sirtning g‘adir-budurligini kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi.
Jilolash natijasida tutash sirtlarning qadalib qolishi kamayadi, ularning
korroziyabardoshligi va detalning toliqishga qarshiligi ortadi. Jilolash parafin va
vazelin aralashmasi, kerosinning vena ohagi, xrom, temir, alyuminiy oksidlar bilan
aralashmasi qoplangan fetr, namat, movutdan ishlangan aylanuvchi doira bilan
bajariladi.
Bukish andazalar bo‘yicha va joyiga moslab bukiladigan detallar va
truboprovodlarni to‘g‘rilash hamda moslashda qo‘llaniladi.
Yig‘ish ishlari bajarilayotganda ish vaqtining ko‘p qismi rez’bali, shtifli,
shponkali va boshqa birikmalarni yig‘ishga sarflanadi.
Tig‘iz birikmalar vintli, pnevmatik, gidravlik va boshqa presslar vositasida
yig‘iladi. Presslab kiritishni yengillashtirish maqsadida kichik va o‘rtacha
o‘lchamli qamrovchi detallar moy yoki suv vannasida yuqori chastotali tokda yoki
gaz alangasida qizdiriladi. Yirik o‘lchamli detallarning faqat kerakli joyi
qizdiriladi, qamraluvchi detallar qattiq karbonat kislotali (temperaturasi -78
С),
suyuq vodorod muhitida (-193
С), suyuq azotda (-195,8
С) sovitishi mumkin.
Mashina uzellari va mexanizmlarini yig‘ishda detal va uzellarning holati
zarur texnik shartlarga rioya qilgan holda tekshirib turiladi (18.1-rasm).
Alohida yig‘ish birliklari va mexanizmlari yig‘ilgandan va sozlagandan
keyin mashinani yig‘ishga kirishiladi. Dastlab asosiy detal (stanina) o‘rnatiladi va
uning holati to‘g‘rilanadi. So‘ngra unga alohida uzel va detallar mahkamlanadi.
Bunda ularning staninaga nisbatan va o‘zaro joylashuvi tekshiriladi hamda
mashina pasportida ko‘rsatilgan holatdan yo‘l qo‘yilgan chekli chetga chiqishlarga
rioya kilinadi. Bundan tashkari, yig‘ish jarayonida yunaltiruvchilar, tayanchlarni
alohida rostlash bilan mashina barcha qo‘zg‘aluvchan qismlarining ravon
surilishiga erishiladi.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |