• 0 dan 9 gacha bo'lgan arab raqamlari; • maxsus belgilar: "{}, | [] () + - /% *. \? <=>! & # -; '' • bo'sh joy, tabulyatsiya, yangi qatorga o`tish belgilari. Alifbo belgilaridan tilning leksemalari shakllanadi (mustaqil ma'noga ega bo'lgan tilning minimal birligi). Leksemalar turlari: • identifikatorlar; • kalit so'zlar; • operatsiyalar belgilari; • o`zgarmas; • ajratuvchi (qavs, vergul, bo'sh joy belgilari). Identifikator Identifikator - bu dastur ob'ektining nomi. Identifikatordagi birinchi belgi harf yoki pastki chiziq bo'lishi mumkin. Identifikator ichida bo'shliq bo`lmasligi kerak. Masalan: v1, _sum. Identifikatorni tanlashda quyidagilarni yodda tuting: • identifikator kalit so'zlar va ishlatiladigan standart til obektlarining nomlari bilan bir xil bo'lmasligi kerak; • identifikatorlarni pastki chiziq bilan boshlash tavsiya etilmaydi, chunki bu holda ular tizim funktsiyalari yoki o'zgaruvchilar nomlari bilan mos kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |