Ma’ruza mashg’ulotlari
82
munosabatlar katta rol o‘ynaydi);
menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining
o‘zaro dialektik birligi;
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan
boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik
boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va
jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga
ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik
berishni kengaytirishdan iborat.
13.3. Ta’lim muassasini boshqarish.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining
faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish,
rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi
boshqaruv faoliyatidir. Boshqaruv —bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish
maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.
Ilmiy boshqaruv nazariyasining paydo bo‘lishiga va rivojlanishiga butun dunyoga
mashhur ilmiy menejment amaliyotchi va nazariyachilari F. Teylor, G. Ford, G.
Emerson,A.Fayol kabilar katta hissa qo‘shganlar. Masalan, o‘z davrida Anri Fayol
boshqarish bu – holatni ko‘rish, kelajakni o‘rganish harakat dasturini tuzishdir ,deb
ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili natijasida
boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda –
boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim o‘rtasidagi rejalashtirilgan, maqsadga
yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sirni tushunamiz.
XX asrning oxirgi o‘n yilligida ijtimoiy va iqtisodiy hayotda insonni shaxsiy va
kasbiy sifatlarini, umumiy va maxsus ilmiy bilimlarini roli oshdi. Bu holat ta’lim
sohasida inson faoliyati turli yo‘nalishlarda rivojlanishini talab etdi. Ta’lim
paradigmasi o‘zgarib, yangi ta’lim mazmuni, ta’lim va tarbiyani texnologiyalari
ishlab chiqilmoqda. Axborot makonining kengayishi boshqaruvning yangi
vositalarini, metodlarini, shakllarini rivojlanishini taqozo etdi. Ijtimoiy tizimlarni
jumladan ta’lim tizimini boshqarishda inson omilining va ijtimoiy fanlarning roli
oshib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda ta’lim tizimida bozor
munosabatlarini qo‘llanilishi maktabni boshqarish nazariyasining rivojlanishini
asosiy omili hisoblanadi. Mutaxassislar «boshqaruv» va «menejment» tushunchalari
orasida farq yo‘q deb hisoblasalarda, menejment tushunchasidan foydalanishni afzal
ko‘radilar.
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
Do'stlaringiz bilan baham: |