Ma’ruza mashg’ulotlari
107
Barcha bolalarni, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, tili va boshqa
xususiyatlaridan qat’iy nazar o‘qishga qabul qilinishlari lozimligi haqidagi xalqaro
qonuniy hujjatlarda ta’kidlanishicha:
-Har bir bola ta’lim olish va o‘ziga muvofiq darajada bilimga erishish huquqiga ega:
-Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xil xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan
holda tuzilib, shu ishga yo‘naltirilsin. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun oddiy
maktablarga borish imkoniyati yaratilsin;
-Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish faoliyati
doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali
vositasi bo‘la oladi:
-Ajratib qo‘yish illatiga qarshi kurash;
-Do‘stona insonparvar jamoalarni yaratish, o‘z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo‘lgan
shaxslarni olgan jamiyatni qurish;
-Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish.
Maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to‘laqonli va teng huquqli a’zosi ekanligi
e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha yondashuv Integrasion hamda Inklyuziv
ta’lim tizimi yuzaga keldi.
“Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “integrative”-qo‘shiluvchi,
birlashuvchi,
integration-qo‘shilish,
birlashish-degan
ma’nolarni
bildiradi.
Integratsiya ta’limga jahon miqyosida turlicha yondashishlar mavjud. Shuni qayd etib
o‘tish kerakki, deb yozadi Ture Yonsan-integratsiyaning yolg‘iz o‘zi maqsad emas,
nogiron bolani umumta’lim sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan
birinchi qadamdir. Ammo bu ta’lim tizimi bolani o‘rganish orqali aniqlangan
ehtiyojlarni to‘la qondirishni talab etuvchi aniq resurslar va olib boriladigan ishlardan
iborat aniq reja asosida amalga oshiriladi.2 L.M.Shipsina integrasiyani ikkita turga
ajratgan: ijtimoiy va pedagogik integrasiya. Ijtimoiy integratsiya turida ijtimoiy
munosabatlarni imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim tizimiga moslashtirishni
nazarda tutadi. Pedagogik integratsiyada bolaning qobiliyatlarini o‘quv rejaga
moslashtirish nazarda tutiladi.
Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat
qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi
inklyuziv ta’lim deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda
umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan,
ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki
2 Ture Yonsan ―Inklyuziv ta’lim-Toshkent-YUNESKO-2003 yil. 99-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |