Ma’ruza mashg’ulotlari
86
to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, Xalq tahlimi vazirligining Tahlim standartlarini
takomillashtirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘limi — Davlat
tahlim standartlarini takomillashtirish va tahlim sifati monitoringi boshqarmasiga
aylantirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq tahlimi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar
xalq tahlimi boshqarmalaridagi Davlat tahlim standartlari monitoringi bo‘limlari Xalq
tahlimi vazirligi nomenklaturasiga o‘tkazilib, Tahlim sifati monitoringi bo‘limlariga,
tuman(shahar) xalq tahlimi bo‘limlarida Davlat tahlim standartlariga rioya etish
monitoringini metodik tahminlash kichik guruhlari ham viloyat nomenklaturasiga
o‘tkazilib, Tahlim sifati monitoringi bo‘limlariga aylantirildi.
O‘z navbatida, o‘quv-metodik jarayonni rivojlantirish, o‘quvchilar bilimining DTS
talablariga muvofiqligini tahlil qilish, tahlim muassasalari reyti¬ngini aniqlash,
xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va tatbiq etish choralarini ko‘rish, xalqaro
baholash tizimiga integratsiyalash kabi qator vazifalar belgilandi.
Ta’lim sifati monitoringi orqali DTSda belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarning
o‘zlashtirilish dinamikasini tizimli kuzatish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar va
ularning kelib chiqish omillarini aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlari
rejalashtiriladi. Monitoring uch bosqichda o‘tkazilib, birinchi (baholash) bosqichi
DTS talablarining bajarilishini, ularga tahsir etgan omillarni kuzatish, aniqlash,
natijalarni qayd etish imkonini beradi. Ikkinchi (tahlil) bosqichda kuzatuv va
baholash natijalarini umumlashtirish va mavjud holat bo‘yicha tahliliy mahlumot
tayyorlash, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Uchinchi (korrektsiyalash, tuzatish) bosqichda hamkorlik pedagogikasi asosida turli
metod va mashg‘ulotlardan foydalangan holda aniqlangan bo‘shliqlar hamda tahlim
sifatiga tahsir etgan omillar ustida ishlanadi. Monitoringning eng muhim jihati, uning
korrektsion (tuzatuvchi, rivojlantiruvchi) xususiyatga egaligidir.
Nazorat savollari:
Boshqarish deb nimaga aytiladi?
Ta’lim muassasasini boshqarish va menejment tushunchalarini izohlang.
Boshqaruv funktsiyasi deganda nima tushuniladi?
Boshqaruvning qanday funktsiyalari mavjud?
Boshqaruv metodlari deganda nima tushuniladi?
Boshqaruv metodlariga izoh bering.
Boshqaruv uslublarini tahlil qiling.
Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |