Ma’ruza mashg’ulotlari
57
birlashtiruvchi 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritayotgani to‘g‘risida
ma’lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o‘quvchilarni faol
jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik
tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika «Yoshlar ittifoqi» yoshlar
ijtimoiy harakati rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi
«Vatanparvar» o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni ijtimoiy-g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy
hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish ular tomonidan vatanni himoya
qilishdek muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga
tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, mazkur jarayonda quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
o‘quvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini bo‘yicha dastlabki
nazariy bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
o‘quvchilarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining davlat qurilishi
hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning oldini olishga
tayyorlash;
o‘quvchilarda g‘oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida ularda terrorizm va diniy
ekstremistik g‘oyalarga qarshi nafrat tuyg‘usini tarbiyalash;
o‘quvchilarning vatan himoyasini ta’minlash borasidagi harbiy-texnik tayyorgarlikka
ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
o‘quvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko‘ra olish,
shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish;
ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o‘qitilishi
yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga
ega. O‘quvchilar o‘rtasida BHT (boshlang‘ich harbiy ta’lim o‘quv fani) bo‘yicha
o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi
musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. O‘qituvchi
rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham
o‘quvchilarda harbiy–vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga
Do'stlaringiz bilan baham: |