O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘qon davlat pedagogika instituti



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/410
Sana11.01.2022
Hajmi6,02 Mb.
#339949
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   410
Bog'liq
УМК мактаб менежменти асослари 3 курс

Ma’ruza mashg’ulotlari 

 

56 



 

Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. 

Abdulla  Avloniy  o‘z  asarlarida  «vatan»  tushunchasiga  ta’rif  berib,  uning  ravnaqi 

uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: 

«Har  bir  kishining  tug‘ulub  o‘sgan  shahar  va  mamlakatini  shul  kishining  vatani 

deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on erini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi  – 

tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z 

yeridagi kabi rohatda yashamas. ...  

Biz  turkustonliklar  o‘z  vatanimizni  jonimizdan  ortiq  suydig‘imiz  kabi.  Arablar 

Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va 

muzlik    yerlarini  boshqa  yerlardan  ziyod  suyarlar.  Agar  suymasalar  edi,  havosi 

yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi»1. 

Inson  o‘zi  tug‘ilib  o‘sgan  vatanda  orzu-umidlari,  niyatlari,  hayotiy  intilishlari  bilan 

o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi ko‘nikkan turmush tarzi bo‘yicha 

kun  kechiradi,  bolalikdan  o‘zi  ko‘nikkan  ijtimoiy  munosabatlar  jarayonida  ishtirok 

etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini 

erkin  his  qiladi.  Begona  yurtlarda  u  o‘ziga  tanish  bo‘lgan,  o‘zi  ko‘nikkan  muhitni 

topa  olmaydi.  Shu  bois  garchi  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatga  safar 

uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda sog‘inadi.  

Baynalminallik  («inter»  –  orasida,  o‘rtasida,  aro,  «natio»  –  xalq)  o‘zga  millat  va 

elatlarning  haq-huquqlari,  erki,  urf-odatlari,  an’analari,  turmush  tarzi,  tili  hamda 

vijdon  erkinligini  hurmat  qilish,  ularning  manfaatlariga  ziyon  yetkazmaslikni  ifoda 

etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir. 

O‘quvchilar  o‘rtasida  vatanparvarlik  va  baynalminallik  tarbiyasi  ularga  oid 

mavzularda  suhbat,  davra  suhbati,  matbuot  konferansiyasi,  viktorina,  uchrashuv, 

ko‘rik-tanlov,  bahs-munozaralar  tashkil  etish  kabi  shakllarda  amalga  oshirilishi 

mumkin.  Shuningdek,  muzeylarga  ekskursiyalar  uyushtirish,  vatanparvarlik  va 

baynalminallik  mavzularida  yaratilgan  asarlar  mazmunini  birgalikda  o‘rganish, 

kinofilmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi. 

O‘quvchilarda baynalminallik tuyg‘usini shakllantirishda ta’lim muassasalari qoshida 

faoliyat  yurituvchi  «Do‘stlik  klubi»ning  ta’siri  kattadir.  Binobarin,  turli  millatlarga 

mansub  bolalar  o‘rtasida  do‘stlik  aloqalarining  bog‘lanishi  ularda  bir-birlariga 

nisbatan  hurmatni  qaror  toptiribgina  qolmay,  o‘zga  millat  yoki  elatlarning  urf-

odatlari,  an’analari,  tili,  madaniyati  va  qadriyatlarini  puxta  o‘rganishga 

ko‘maklashadi.  Bu  boradagi  bilimlar  esa  ularda  shovinistik  (millatchilik) 

kayfiyatining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarni Respublika 

Baynalminal  markazi  yoki  joylardagi  milliy-madaniy  markazlarning  faoliyati  bilan 

yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini 

 

1 Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi, 1992, - 230-bet. 





Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish