Amaliy va seminar mashg’ulotlari
252
bo’lmaydi. SHunday ekan, boshlang’ich sinfdan boshlab bolalar sharqona tarbiya
ta’siriga olmog’i, o’z qadriyatlarini bilmog’i lozim. Bu o’qituvchidan qolaversa sinf
rahbaridan chuqur bilimli bo’lishni talab etadi.
Ustozlik – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu
boylikning qadr-qiymati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib,
qalbini baxtga iloxiy nurga to’ldiradi.
«Ustoz» so’ziga berilgan ta’rifga e’tibor bering-a, uning mazmuni naqadar boy:
Ustoz – muayyan fan, bilim gohida botakror olim, pedagog mutaxassis, o’z yo’nalishi
bo’yicha barcha yangiliklardan boxabar, hayyotda o’z o’rnini topgan mavqei,
salohiyati va maktabiga ega; olim fuzalo, oqil komil o’rnak bo’ladigan, o’zining
ilg’or tajribasiga ega va kelajakni ilmiy tasavvur qiladigan; ilmiy, bilimli, hamma
tomondan tan olingan malaxatgo’y inson.
Dunyoda biron kimsa yo’qki, uning ustozi bo’lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk
allomami, vazir yoki iqtidorli shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki
qo’li gul kosibmi, qarangki barcha-barchaning o’z ustozi va hayot yo’lini charog’on
etib turuvchi yo’lboshchisi bo’ladi. Siz o’zingizni ustozlik baxt sohibi
hisoblasangiz, quyidagilarni unutmaslik kerak.
– «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» g’oyasi sizning har kungi faoliyatingiz uchun
dasturulamol bo’lsin va shu buyuk xalq va davlatga munosib shogirdlar
tayyorlang.
Ustozning eng buyuk burchi – xalqqa nafi tegadigan aql idrokli, qobiliyatli
o’quvchi shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogrd tayyorlash uchun eng
avvalo uning o’zi ma’naviy jihatdan barkamol, fikrlash tarzi noyob, dunyo
qarshi sog’lom, o’z yurti va xalqining g’oyasi va ilg’or mafkuraning baytrog’dori
bo’lishi kerak.
Direktor o’rinbosarining huquqlari
Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog’liq ravishda tegishli pedagogik
xodimlarga ko’rsatma beradi.
Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarni tashkil etish va yangi to’garaklarni ochish masalalarini hal qiladi.
– sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha erishgan yutuqlarini hisobga olib,
uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish;
– sinf rahbarlarining o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki suiiste’mol
qilinganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish;
– bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega.
Direktor o’rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak:
– sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |