Ma’ruza mashg’ulotlari
200
talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;
individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va
tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir.
Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlaiga ko‘ra o‘qitishni
individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual
yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi. O‘qitishni individuallashtirish
quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:
Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;
A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnalogiyasi;
•V.D.Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish texnalogiyasi.
Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya
hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning
maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning
mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy
o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi
asosida nashr yetilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil
yetish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga
ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi
uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil yetishidir:
Birinchi qism – barchani o‘qitish;
Ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va
o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan
sxemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o‘qituvchi bo‘lib ishlash,
moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga ye’tibor berishga, barchaning
kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan,
o‘quv
jarayonini
tashkil
yetishga
imkon
beradi.
Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy
tamoyillar mavjud:
individuallashtirish o‘qitish jarayoni strategiyasidir;
individuallashtirish – individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan foydalanishning
mumkinligi;
individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
individual suratda, uslubda o‘rganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiyxususiyatlariga quyidagilar kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |