Topshiriq
Bir kishi o’z tanishiga 5000 AQSH dollari miqdorida qarz berdi. Ikki oyda
qaytaraman deb olgan tanishi pulni ikki yilda ham qaytara olmadi. Bir kuni
yo’lda qarzdorning mashinasida kalit unutilib qoldirilganini ko’rib pul bergan
kishi uni so’ramasdan, qiyinchiliksiz haydab ketdi. To’g’ri mashina bozoriga
olib borib, 6500 AQSH dollariga pulladi. Pulini ajratib olib, 1500 dollarni
tanishiga olib keldi. Tanishi bu paytda IIBga mashinasi o’g’irlanganligi xabarini
bergan edi.
–
Vaziyatga huquqiy baho bering?
53
javobgarlik belgilangan. Shuningdek, 18 yoshga to’lganlar uchun voyaga
yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin
tovlash, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash, ekologiya sohasidagi, odil
sudlovga qarshi, harbiy sohadagi jinoyatlar va boshqalar uchun javobgarlik kelib
chiqadi. Qolgan barcha jinoyatlar uchun 16 yosh javobgarlik yoshi hisoblanadi.
6-rasm. Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi
Jinoyat huquqida jinoyatning maxsus sub’ekti tushunchasi ham mavjud.
Maxsus sub’ekt mansabdorlik jinoyati sodir etilishi, o’ta xavfli retsidivist
tomonidan jinoyat sodir etilishi hamda harbiy xizmatni o’tash tartibiga qarshi
qaratilgan jinoyatlarda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Maxsus sub’ekt tushunchasi
jazo tayinlashda ahamiyatga ega bo’ladi.
Jinoyatning sub’ektiv tomoni tushunchasi va belgilari
Jinoyatning sub’ektiv tomoni jinoyatning ruhiy tomonini ochib beradi.
Unda ayb, motiv, maqsad kabi tushunchalari ochib beriladi. Jinoyatning sub’ektiv
tomoni ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat yoki jinoyat emasligini hamda u jinoyat
sifatida e’tirof etilsa, harakat yoki harakatsizlikda aybning mavjud yoki mavjud
emasligini aniqlab beradi. Jinoyatning sub’ektiv tomoniga “shaxsning qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va oqibatiga nisbatan
ruhiy munosabati”, degan ta’rif beriladi.
13 yosh
• 97-modda II
qismi
14 yosh
• 97-modda I
qismi
• 98, 104-106,
118, 119, 137,
164-166,169,
• 173-modda II va
III qismlari
• 220, 222, 247,
252, 263, 271,
277-modda II va
III qismlari
16 yosh
• qolgan barcha
jinoyatlar uchun
18 yosh
• 122, 123, 125
1
,
127, 127
1
, 144,
146, 193-195,
205-210, 225,
226, 230-232,
234, 235, 279-
302-moddalar
54
Jinoyat tarkibining sub’ektiv tomoni uchun asosiy belgi ayb hisoblanadi.
Ayb tushunchasining o’zi shaxsning sodir etilgan jinoyatga nisbatan ruhiy
munosabati qay tariqa vujudga kelganligini har doim ham to’la ochib bera
olmaydi. Buning uchun fakul’tativ belgilar – jinoyatning motivi va maqsadini
tadqiq etish lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |