O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar
Ijtimoiy hayotda ko’p uchraydigan bunday toifadagi jinoyatlar ma’naviy-
axloqiy jihatlarga ham ta’sir qiladi. Har bir olingan shaxsning jismoniy erkinlikka 
egaligi 
uning 
jinsiy 
ehtiyojni 
qondirish 
erkinligini 
ham 
belgilaydi. 
Jabrlanuvchining jinsiy ehtiyojni qondirish erkinligiga bog’liq ijtimoiy 
munosabatlarga zarar yetkazilishi shunday jinoyatlarni keltirib chiqaradi.
Jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan qilmishlar nomusga tegish (118-modda), 
jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish (119-modda), 
besoqolbozlik (120-modda) va ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur qilish (121-
modda) jinoyatlarini o’z ichiga oladi.
Nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirish va ayolni 
jinsiy aloqaga majburlash jinoyatlari nisbatan bir-biriga o’xshab ketadi. Ularning 
umumiylik jihatlari jinsiy ekinlikka tajovuz qilinishida namoyon bo’ladi. 
Shuningdek, ushbu jinoyatlar uchun moddalarning birinchi qismida bayon etilgan 
tajovuzlar uchun jinoiy ish JPKning 325-moddasi bo’yicha jabrlanuvchining 
arizasi asosida qo’zg’atilishi ko’zda tutilgan
Nomusga tegish jinoyati ayol kishining jinsiy erkinligiga tajovuz qilishda 
zo’rlik ishlatilishi, qo’rqitish va jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish jihatlari 
ko’zga tashlanadi. Tajovuzning ushbu shakllari vositasida ayolning jinsiy a’zosiga 
erkakning jinsiy a’zosining kiritilishi nomusga tegish jinoyatining ob’ektiv 
tomonini tashkil etadi. Zo’rlik ishlatish, qo’rqitish yoki jabrlanuvchining 


229 
ojizligidan foydalanish shakllaridan bittasining mavjudligi jinoyatning nomusga 
tegish deb kvalifikatsiya qilinishiga asos yaratadi.
Zo’rlik ishlatish jabrlanuvchining xohish-istagiga qarshi borib o’z 
maqsadiga erishishdan iborat. Zo’rlik ishlatilishi faol qarshilik bilan 
uyg’unlashmasa, ya’ni jabrlanuvchining zo’rlik ishlatishiga soxta yoki samimiy 
qarshilik ko’rsatsa yoxud zo’rlik ishlatuvchini hirsini kuchaytirish maqsadlarini 
ko’zlab harakat qilsa, jinoyatning tarkibi vujudga kelmaydi. Ayolning jinsiy 
erkinligiga qilingan tajovuzdan rohat olish belgilari ham tajovuzchini 
javobgarlikdan ozod qiladi.
Nomusga tegish jinoyati sifatida tajovuzchining harakatini tasdiqlashda faol 
qarshilik belgilari uning tanasida tishlash, tirnalish, shilinishlar, qontalashlar, 
ko’karib chiqishlar izlarining qolishi asos bo’ladi. Jinsiy tajovuzning bunday izlari 
nomusga tegish jinoyatini kvalifikatsiyalashda muhim rol o’ynaydi. 
Zo’rlik ishlatish faol harakat va kuch ishlatish belgilariga ega bo’lsa, 
qo’rqitish ruhiy tazyiq o’tkazish shaklida bo’ladi. Bu ko’proq sharmanda qiluvchi 
ma’lumotlar, pornografik tasvirlarni tarqatish bilan qo’rqitish ko’rinishida yuz 
beradi.
Jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish jismoniy ojizlik va vaziyatni idrok 
qila olmaslik sharoitida amalga oshirilishi bilan bog’liq. Jismoniy ojizlik qarshilik 
ko’rsatish imkoniyatining yo’qligi, nogironligi, keksaligi, kasalligi holatlaridan 
kelib chiqadi. Vaziyatni idrok qila olmaslik mastlik, xotiraning pastligi kabi 
omillar bilan izohlanadi.
Nomusga tegish jinoyati sodir etilishi uchun ayolning bokiraligi yoki 
fohishaligining ahamiyati bo’lmaydi. Masalan, yengil hayot kechiruvchi ayolning 
yoniga uch kishi kelib, ikkitasi bilan jinsiy yaqinlik qilganidan keyin uchinchisi 
bilan yaqinlikka rozi bo’lmasa va uchinchi shaxs kuch ishlatib o’z maqsadiga 
erishsa, bu uchinchi shaxsning harakatini nomusga tegish jinoyati deb topilishiga 
olib keladi. Avvalgi ikkitasining harakati ayolning roziligi bilan yuz berganligi 
uchun ularning harakatida jinoyat tarkibi yo’q deb topiladi.


230 
Amaliyotda xotin o’z erining harakatini nomusga tegish deb topishni 
so’ragan va bu qanoatlantirilgan holatlar ham juda ko’p uchraydi. Chunki xotini 
rozi bo’lmasa, uning qonuniy eri ham jinsiy erkinligiga tajovuz qilishi mumkin 
emas. 
Jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish jinoyati 
mohiyati bo’yicha nomusga tegish jinoyati bilan yaqin. Ularning farqli jihati 
ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirish erkak jinsiy a’zosining ayolni jinsiy aloqa 
qiladigan a’zosidan boshqa joylariga kiritilishida aks etadi. Nomusga tegish 
jinoyatida bu ish ayolni jinsiy aloqa qiladigan a’zosiga kiritilishi bilan namoyon 
bo’ladi.
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda 
qondirish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish bo’yicha muammolar O’zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010 yil 29 oktyabrdagi 13-sonli “Nomusga 
tegish va jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo’yicha sud 
amaliyoti to’g’risida”gi qarori asosida hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining 121-moddasidan ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur 
qilish jinoyati o’rin olgan. Jinoyatning ob’ektiv tomoni aybdorga xizmat, moddiy 
yoki boshqa jihatlardan qaram bo’lgan ayolni jinsiy erkinligiga qarshi borishda 
ifodalanadi. Aybdor bunday ayolni jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni 
g’ayritabiiy usulda qondirishga majbur etadi. Ishdan bo’shatish, imtiyozlardan 
mahrum etish kabi qo’rqitish usullaridan foydalanish ayolning ojizligi hisobiga 
jinoiy maqsadga erishish imkonini berishi jinoyatning tugallanishini keltirib 
chiqaradi.
Jinsiy 
erkinlikka 
qarshi 
jinoyatlar 
ichida 
besoqolbozlik 
jinoyati 
boshqalaridan farqlanib turadi. Ushbu jinoyatda jinsiy erkinlikka faol tajovuz sodir 
etilmaydi. Agar yuqoridagi jinoyatlar aybdorning faol harakati bilan tajovuz 
shaklida sodir etilsa, ushbu jinoyatda bir jins vakillarining ixtiyoriy asosda jinsiy 
ehtiyojlarini qondirishi amalga oshiriladi.
Mazkur jinoyatning ob’ekti jinsiy aloqalarning qaror topgan tartibi bo’lib, bu 
tartibning buzilishi ma’naviy-axloqiy munosabatlarga jiddiy salbiy ta’sir 


231 
ko’rsatadi. Xorijiy mamlakatlarning aksariyatida ushbu qilmish jinoyat sifatida 
e’tirof etilmaydi. Ulardagi mavjud mentalitet va boshqa omillar besoqolbozlikni 
jinoyat deb topish uchun mustahkam ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega emas. 
Ulardagi dunyoqarash va turmush tarzi ma’naviyatning ahamiyatini inobatga 
olmaydi.
Mazkur jinoyatlarning jabrlanuvchisi har doim ayollar bo’lmasligi mumkin. 
Xususan nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni g’ayritabiiy usulda qondirish, jinsiy 
aloqa qilishga majbur qilish faqat erkaklar emas, balki ayollar tomonidan, 
besoqolbozlik xotin-qizlar orasida ham uchraydi. Qarama-qarshi jins vakillarining 
ushbu harakatlarni sodir etishi javobgarlikni rad qila olmaydi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish