59
b)
ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko’ra bilish;
c)
ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishini istash.
Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda ham o’ziga
xos xususiyatlar
mavjud. Egri va to’g’ri qasdning sodir etilishida tafakkuriy holatning o’xshashligi
mavjuddir. Jumladan, shaxsning sodir etilayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik
xususiyatini anglashi, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko’ra bilishi egri
qasdni to’g’ri qasd bilan yaqinlashtiradi. Egri qasdning
irodaviy holati bilan farq
vujudga keladi. Egri qasdda shaxs oqibatning yuz berishiga ongli ravishda yo’l
qo’yadi.
Egri qasd holatida shaxs oqibatga nisbatan befarq munosabatda bo’ladi.
O’zini o’zi o’ldirish darajasiga yetkazish hamda sog’liqqa qarshi jinoyatlarning
aksariyati egri qasd oqibatida sodir etiladi. Kishilar o’rtasidagi janjallar ko’pincha
qasddan badanga yengil, o’rtacha og’ir va og’ir shikast
yetkazilishiga sabab
bo’ladi. Janjal davomida bir shaxs ikkinchisiga musht yoki biror jism bilan tajovuz
qiladi, bu badanga shikast yetkazishini ham biladi. Uning harakati badanga qanday
darajada shikast yetkazishini bilmaydi, ammo bunga ongli ravishda yo’l qo’yadi.
Egri qasd natijasida sodir etilgan qilmish oqibatga qarab kvalifikatsiya qilinadi.
Huquq nazariyasida qasdning boshqa turlari ham tahlil qilinadi. Ular
qasdning shakllanish holatiga ko’ra hamda qasdning yo’nalishi va mazmuniga
ko’ra tasniflanadi.
Qasdning shakllanish holatiga ko’ra avvaldan o’ylagan qasd va to’satdan
paydo bo’lgan qasd turlari mavjuddir. Avvaldan o’ylangan
qasd jinoyat sodir
etilishidan oldinroq paydo bo’ladi va u jinoiy oqibatga erishish yo’llari hamda
usullarini rejalashtirib olish, jinoyatga puxta tayyorgarlik ko’rish
xususiyatlariga
egadir.
To’satdan paydo bo’lgan qasd jinoyatning bajarilishi oldidan paydo bo’ladi.
Bunda oldindan reja tuzish, jinoyat sodir etish vositalari, qurollarini tayyorlab olish
kabi holatlar uchun vaqt bo’lmaydi. To’satdan paydo bo’ladigan qasdning
affektlangan qasd shakli ham mavjud bo’lib, jinoyat sodir etilishidan oldin
60
bajaruvchi kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo’ladi.
Bunga aksariyat hollarda
jabrlanuvchi tomonidan ruhiy yoki jismoniy zo’rlik qo’llanilishi sabab bo’ladi.
Qasdning yo’nalishi va mazmuniga ko’ra mutloq-muayyan qasd, muqobil
qasd va noaniq qasd turlariga bo’linadi.
Mutloq-muayyan qasd turida shaxs ijtimoiy
munosabatning qaysi turiga
qanchalik zarar yetkazishini aniq biladi. Jinoyat oqibati to’g’risida ham shunday
deyish mumkin. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-
modda) jinoyatini misol qilishimiz mumkin.
Muqobil qasd shaxsning bir necha maqsadlardan biriga erishishga qaratilgan
xatti-harakati bilan bog’liq bo’ladi. Aytaylik, bir
shaxs boshqaning mulkini
egallashni niyat qilsa, uni bosqinchilik (164-modda), tovlamachilik (165-modda),
talonchilik (166-modda), firibgarlik (168-modda) yoki o’g’rilik (169-modda) yo’li
bilan qo’lga kiritish yo’llarining biridan foydalanadi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish
oqibatga qarab belgilanadi.
Noaniq qasdda shaxs o’zining xatti-harakati qanday oqibat keltirib chiqarishi
to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lsada, zararning aniq darajasini bilmaydi.
Bu sog’liqqa qarshi jinoyatlar sodir etilishida ko’zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: