Mavzu bo’yicha nazorat savollari
1.
Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni tavsiflang.
2.
O’zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar qaysilardan iborat?
3.
O’zgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatlarining xususiyatlarini
aniqlang.
4.
O’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lmagan jinoyatlar
turlariga qanday jinoyatlar kiradi?
5.
Iqtisodiyot sohasidagi boshqa jinoyatlarni tasniflang.
6.
Ko’p miqdordagi zarar, ancha zarar va juda ko’p miqdorni aniqlang.
7.
Bosqinchilik va talonchilikning farqli jihatlarini ko’rsating.
8.
Tovlamachilik va o’g’rilikning farqini toping.
9.
Bankrotlikka oid jinoyatlarga nimalar kiradi?
10.
Josuslik va xoinlik qilishning farqi nimada?
16 BOB. EKOLOGIYA, BOSHQARUV VA ODIL SUDLOVGA
QARSHI JINOYATLAR
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi
jinoyatlar
Ekologiya sohasi inson yashashi uchun zarur bo’lgan atrof tabiiy muhitni
avaylab-asrash bilan bog’liq munosabatlar tizimidan iborat. Mazkur sohasidagi
jinoiy tajovuzlar qaratilgan tartib-qoidalar Jinoyat kodeksida emas, balki boshqa
qonunlarda belgilangan. Yer kodeksi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi,
“Ekologik ekspertiza to’g’risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi,
260
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Hayvonot dunyosini
muhofaza qilish va unday foydalanish to’g’risida”gi, “O’rmon to’g’risida”gi va
boshqa qonunlar Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyatlar uchun blanket
dispozitsiyalarni taqdim etadi. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni
buzish (193-modda) jinoyati buni yaqqol isbotlaydi.
Ekologiya xavfsizligiga doir normalarni hamda talablarni buzish sanoat,
transport, energetika, kommunal xizmat va boshqa ko’rinishdagi ob’ektlarni
loyihalashtirish, qurish va ishga tushirish normalarini mansabdor shaxs tomonidan
buzilishi jinoyat ob’ektiv tomonining birinchi qismidan iboratdir. Bunday
ob’ektlarni davlat komissiyasi a’zolari tomonidan qonunlarni buzib qabul qilinishi
insonlar o’limi, ommaviy kasallanish, epidemiyalarning kuchayishi kabi og’ir
oqibatlar keltirib chiqarishi bilan bog’liq holat ikkinchi qismni tashkil etadi.
Jinoyatning sub’ektlari mansabdor shaxslar yoki bunday ob’ektlar uchun javobgar
bo’lgan shaxslardir.
JKning 194 va 195-moddalarida o’rnatilgan jinoyatlarni sodir etilishi ham
mansabdor shaxslar bilan bog’liq bo’ladi. Ushbu jinoyatlar atrof muhit ifloslanishi
haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko’rsatish hamda ifloslanish
oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko’rmaslikda ifodalanadi. Jinoyatlar aholi
salomatligining xavf ostida qolishi, odamlarning kasallanishi, hayvonlar, parranda
va baliqlarning qirilib ketishi kabi og’ir oqibatlar kelib chiqishiga olib kelishi
tufayli kelib chiqadi.
Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (196-modda) va yer, yerosti boyliklaridan
foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish (197-modda)
jinoyatlari ham yetkazilgan zarar tufayli og’ir oqibatlar kelib chiqishini ko’zda
tutadi. Farqli jihat qilmishni sodir etuvchi shaxsning mansabdor bo’lishi majburiy
shart emas.
Mamlakatimizning
sug’oriladigan
yer
zahiralari
cheklanganligi
sug’oriladigan yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olishga yo’l qo’ymaslik
bo’yicha choralar ko’rmaslik qilmishini jinoyat qonunchiligiga kiritilishiga
sababchi bo’lgan. Sug’oriladigan yerlar xalqimizning oziq-ovqatga bo’lgan talabini
261
qondirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois sug’oriladigan yerlarni ijaraga olgan,
undan fermer sifatida foydalanayotgan shaxslar tomonidan boshqalarning bunday
yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olishiga to’sqinlik qilmasligi ma’muriy jazo
qo’llanilganidan so’ng kelib chiqsa, jinoyat sifatida topiladi. Birinchi marta jinoyat
sodir etgan shaxs zararni bartaraf etsa, yer uchastkasi qaytarilishini ta’minlasa,
javobgarlikdan ozod qilinishi qonunchilikda rag’batlantiruvchi omil sifatida
o’rnatilgan.
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning aksariyati ehtiyotsizlik shaklida sodir
etiladi. Ulardan biri olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo’lishga bog’liq
bo’lib, shaxsning ehtiyotsizligi ekin maydonlari, o’rmon yoki daraxtlarga shikast
yetishiga yoki ularning nobud bo’lishiga olib keladi. Olov natijasida zarar ko’rgan
ob’ektlarning tiklanishi uzoq yillarga cho’zilishi mumkin. Bunday oqibat uchun
javobgarlik 198-moddaning sanktsiyasida belgilangan jazoning qo’llanilishiga
sababchi bo’ladi. Mazkur moddaning keyingi qismlarida nazarda tutilgan xatti-
harakatlar qasddan sodir etilib, ko’p miqdordagi zarar bilan aniqlanadi.
Qilmishning ijtimoiy xavfi yuqori bo’lganligi tufayli jazoning yengillashtirilishi
yetkazilgan zararning uch karra qoplanishiga bog’liq bo’ladi. Shunda ham aybdor
jazodan ozod qilinmaydi. Unga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish
bilan bog’liq bo’lmagan jazo tayinlanadi.
Yetkazilgan zararning uch karra qoplanishi tufayli yuqoridagi jazoning
yengillashuvi hayvonot yoki o’simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish
(202-modda) jinoyati uchun ham o’rnatilgan. Bunda ov qilish, baliq tutish, kamyob
va yo’qolib borayotgan hayvon turlarini ovlash, shuningdek yovvoyi holda
o’sadigan dorivor va boshqa o’simliklarni yig’ish yoki tayyorlash talablarini
buzish oqibatida ancha miqdorda zarar kelib chiqishi kerak. Mazkur moddada
belgilangan me’yor bo’yicha agar zarar O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga
kirgan kamyob va yo’qolib borayotgan hayvonot yoki o’simlik turiga yyetkazilsa,
aybdor moddiy zararni besh karra miqdorida qoplashi talab qilinadi.
Ekologiya sohasidagi boshqa jinoyatlar, jumladan 199, 200, 201, 203-
moddalarida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishlar og’ir oqibatlarni keltirib
262
chiqarishi jinoyat sodir etilishining zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Mazkur
jinoyatlar atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan turli qonun
hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarni buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimining buzilishi (204-modda)
holati og’ir oqibat keltirib chiqarishi yoki ko’p miqdorda zarar yetkazilishini
nazarda tutadi. Ko’p miqdordagi zararning qasddan qilingan harakat natijasida
kelib chiqishi ushbu jinoyat uchun qo’llaniladigan jazoning og’irlashuvini keltirib
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |