O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti


Oila a’zolarining individual xususiyatlari



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/47
Sana16.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#555782
TuriУчебник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
fayl 768 20210505

Oila a’zolarining individual xususiyatlari
Ularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining 
patologik odatlari kiradi va bolaning xarakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga 
munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy, psixologik rivojlanish darajasi; uning 
qiziqishlari va qobiliyatlari; u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o’qitish 
muvaffaqiyatlari; o’zini to’tishda chetlanishlar, patologik odatlari, nutqiy va psixik 
buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilish va funksional 
ko’rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikalarni tashkil etadi – oila 
mavqeini (lotincha status-holati, vaziyati).
O’smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari.
Deviatsiya tiplari
O’smirlik davrini o’tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh ko’rsatkichlari 
davrida o’tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu davrni yana shu sababli 
ham o’tish davri deb hisoblaydilarki, bu o’sish bosqichida inson bolalikdan kattalik 
davriga, bola xarakteridan, etuk inson bo’lib shakllanadigan bir, o’ziga xos 
jarayonlar davriga o’tiladi.
O’smirlik yoshida o’smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o’zgaradi va 
uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o’z tengdoshlari bilan o’zaro 
faoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O’smirning 
jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi, unga kattalar 
yuqoriroq talablar qo’ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy etilish faollashadi, 
biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada ijtimoiy-
psixologik muammolarni vujudga keltiradi.
O’smirlik yoshida bolada o’z-o’zini anglashga ehtiyoj paydo bo’ladi. “Men 
kimman?”- savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o’z-o’ziga 
qiziqish paydo bo’ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, mulohaza 
yuritish, o’z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik 
oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo’lib turadi. O’smir 


158 
shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib e’tibor maktab, 
oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo’ladi. Ko’pincha, o’smir haqiqiy rasmiy 
jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri afzal ekanligi 
to’g‘risidagi tanlov oldida turadi. O’smir o’zini erkin sezadigan, uni hurmat 
qiladigan insonlar bo’lgan guruh va muhitni ko’proq xush ko’radi.
Bunday muhit va jamoaga sport seksiyalari va texnikaga oid to’garaklar 
bo’lishi yoki o’smirlar yig‘ilib, muloqot qiladigan, chekadigan va ichadigan va h.k 
erto’lalar ham bo’lishi mumkin.
Bu yoshda ayrim o’smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan muammoli 
vaziyatda bo’ladilar. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go’dakka g‘amxo’rlik 
qilgandek, munosabatda bo’lishni davom ettiradilar. O’smir esa bu sharoitdan 
chiqib ketishga intiladi. SHu sababli kattalar bilan o’zaro munosabatda janjalli 
vaziyatlar ko’payadi. O’smirda kattalik hissi shakllanadi. Bu yoshda o’smir 
mustaqil, erkin harakat qiladi, kattalarning “o’rgatish”lariga qarshi e’tiroz paydo 
bo’ladi. O’smir bu yoshda kumir (havas qiladigan insoni), ya’ni film 39 
qahramonlari, kuchli katta yoshdagi inson, ko’rsatuv qahramoni, mashhur sportchi 
va boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o’xshashlik uchun 
harakat qilishi holatlari ko’p uchraydi. Tashqi qiyofa o’smir uchun katta ahamiyat 
kasb etadi. Ajoyib soch turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq jinsi, jidu 
yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o’smirga o’zini boshqalardan 
ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o’zini tan olishlariga 
harakat qiladi.
SHu tariqa, o’smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari haqida 
quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noetuklik o’z shaxsiy xulq atvorini etarli 
darajada nazorat qila olmaslik, o’z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va istaklarini 
taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o’zini tan olishlariga bo’lgan istaklari va 
kattalar kabi o’zini to’tish. O’smir – bu etarli darajada etilmagan va etuk aqlga ega 
bo’lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va o’spirinlikning chegarasidir.
Katta deb hisoblanishi uchun etarli darajada rivojlanmagan, biroq shu bilan 
bir vaqtda atrofdagilar bilan ongli ravishda muloqotga kirisha oladigan hamda o’z 


159 
xulq-atvori va harakatlari jamiyat me’yor va qoidalariga javob berishida katta 
e’tibor talab etadigan bosqich o’smir shaxsidir.
Qonun bu yoshdagi bolalarni voyaga etmagan, biroq o’z xulq-atvori va hatti-
harakatlariga axloqiy hamda huquqiy jihatdan mas’uliyatli bo’lishga layoqatli deb 
hisoblaydi. SHu sababli o’smirlar uchun o’z hatti-harakati va xulq-atvoriga 
cheklangan huquqiy javobgarlik o’rnatilgan.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish