2-tajriba. Sellyulozaning erishi. Sellyuloza suvda va boshqa erituvchilarda erimaydi. Sellyuloza uchun eng yaxshi erituvchi Shveytser reaktivi (mis-ammiakli eritma) dir. Bu reaktiv yangi hosil qilingan va sulfat ionlardan yuvib tozalangan mis (II)-gidroksidni konsentrlangan ammiakda eritib tayyorlanadi.
Probirkaga 5 ml Shveytser reaktividan quyiladi va gigroskopik paxtadan kichik bir bo’lagi botiriladi. Paxta erib ketguncha shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turiladi. To’q ko’k rangli tiniq va qovushqoq eritma hosil bo’ladi. Uni 2-3 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shilgan 100 ml issiq suvga jildiratib quyiladi. Bunda sellyuloza pag’a-pag’a bo’lib (yoki ip shaklida) ajraladi. Sellyulozaning Shveytser reaktivida erish xususiyatidan sanoatda mis ammiakli sun’iy tola ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |