Tajriba qism
1-tajriba. Saxarozaning inversiyasi. Saxaroza qaytaruvchi xossaga ega emas, chunki u glyukoza bilan fruktoza trigaloza tipida bir kishidan hosil bo’lgan. Saxaroza kislotali muhitda gidrolizlanib, inversiyalangan qand (teng miqdordagi glyukoza bilan fruktoza aralashmasini) hosil qiladi.
Probirkaga saxarozaning 1 % li eritmasidan 3-4 ml quyiladi va unga sulfat kislotaning 10 % li eritmasidan 1 ml qo’shiladi. Aralashma 1-2 minut davomida qaynatiladi. Gidrolizatdan 0,5 ml olib quyiladi. Qolgan qismiga natriy bikarbonat kukuni qoshib neytrallanadi (lakmus bilan sinang). So’ngra gidrolizat bilan Trommer reaksiyasi o’tkaziladi.
Olib qo’yilgan (0,5 ml) gidrolizat bilan Selivanov reaksiyasini qilib ko’ring. Tajriba natijalari saxarozaning inversiyaligini va qaytarish xossalariga ega bo’lgan monosaxaridlarga parchalangaligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |