O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Tovush platalari. 
Tovush  platalari  (sound  blaster)  turli  tovushli  signallar  (musiqa,  gap,  shovqinli  effektlar)ni  yaratish, 
yozish va qayta tiklash uchun ishlatiladi (1 – rasm). Tovushni yaratish rejimida plata musiqa instrumenti kabi 
ishlaydi. Tovush platasi yordamida yaratilgan tovush “sintezlashtirilgan” deb ataladi. 
 
Tovush kartasining blok sxemasi. 
Tovushni  yozish  rejimida  plata  tovushli  signalni  raqamga  o'zgartiradi.  Keyinchalik  raqamlashtirilgan 
signal kompyuterning xotirasiga yoziladi. 
 Tovushni qayta tiklash rejimida plata raqamli audiopleyer kabi ishlaydi. Bunda xotiradan olib o'qilgan 
raqamli signallar analog signallariga o'zgartiriladi.   
Funksional nuqtai nazaridan plata quyidagi qurilmalardan iborat: 

 
tovushni  yozish va qayta tiklash qurilmasi;  

 
tovushni sintezlashtirish qurilmasi;  

 
interfeyslar qurilmasi. 
Tovushni    yozish  va  qayta  tiklash  qurilmasida      analog  –  raqamli  o'zgartkich(ASP)  (2  –  rasm)lardan 
foydalaniladi,  ya'ni  bunda  tovush  analog  ko'rinishdan  raqamli  ko'rinishga  o'zgartiriladi.  Teskari  jarayon 
uchun esa raqam – analogli o'zgartkichlari (SAP) (3 – rasm) qurilmalari ishlatiladi. Tovushning sifatiga ikkala 
jarayonda o'zgartkichlarning razryadligi ta'sir ko'rsatadi. 
Axborot qanday qilib analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga o'zgartirilishini ko'rib chiqamiz. Analog 
tovushli  signal  ASP  da  aniq  vaqt  oralig'i  davomida  o'lchanadi.  Bu  vaqt  oralig'i  (interval  diskretizasii) 
diskretlash  oralig'i  deb  ataladi.  Signal  amplitudasining  o'lchangan  qiymatlari  satx  (uroven)  bo'yicha 
kvantlanadi (ya'ni signalning eng yaqin diskret qiymatlari bilan almashtiriladi) va mos ravishda ikkilangan 
kodlar yordamida ifodalanadi. ASP ning ruxsat berish qobiliyati  o'zgartkichning razryadliliga bog'liq. Chunki 
qanchalik kodning razryadligi katta bo'lsa, shuncha signalning diskret qiymatlarining soni ko'payadi, va mos 
ravishda, analog signalning kichikroq oraliqlarini mana shu kod bilan ifodalab bo'ladi.  


 
91 
 
Analog – raqamli o'zgartkich 
Demak, osifrovka, ya'ni raqamlashtirish sifati, xosil bo'lgan tovush sifatining o'zgartirgich razryadliliga 
va diskretlash chatotasiga bog'liq: 
 
razryadlik signalning dinamik diapazonini belgilaydi; 
 
diskretlash chastotasi esa – tovushli signal chastota diapazonining yuqori chegarasini belgilaydi. 
 
Raqamli – analogli o'zgartkich 
Raqamlashtirilgan signal (uning ikkilangan kodi) kompyuterning xotirasiga yoziladi. Raqamlashtirilgan 
signal qayta ishlanganda ikkilangan kodlar ularga mos diskret qiymatlar bilan almashtiriladi va keyinchalik 
akustik sistemasiga uzatiladi.  
O'zgartirgichlarning razryadi (demak tovush platalarning xam) turli bo'ladi,  eng  ko'p ishlatiladigani 8 
va 16 razryadlik. 8 razryadlik platalar oddiy kassetali magnitofonlardagi tovush sifatini ta'minlaydi, 16 xonalik 
platalar esa kompakt diskli audiosistemalardagi tovush sifatini ta'minlaydi. 
Zamonaviy  tovush  kartalari  (yoki  tizim  platalariga  integrallangan  audiovositalar),  bir  necha 
qurilmalarning birlashgan ko'rinishida bo'ladi. Tovush kartalarining oldingi modellari soddaroq ko'rinishda 
bo'lar edi: tarkibida sintezator bo'lsa, audiokodek (Ad Lib) bo'lmas edi va teskarisi, MIDI porti bo'lmaydi yoki 
faqat  MlDI-interfeys  (MPU-401)  rolini  bajaradi.  Tovush  kartalarini  ommaviy  ishlab  chiqarish  bo'yicha 
Creative Labs firmasi 1–o'rinda turadi. Uning ISA shinasi uchun chiqargan birinchi tovush kartasi juda sodda 
edi. Unda audiosignalar ustidagi asosiy amallar analog ko'rinishda bajarilib, nisbatan mukammal bo'lmagan 
FM  –  sintezatorlar  ishlatilar  edi,  WT-sintezatorlar  qimmatbaho  kengaytma  sifatida  qaralar  edi.  WT-
sintezator  faqat  AWE  kartalarida  ommaviy  chiqarila  boshladi.  AWE  kartalaridan  oldin  Gravis  Ultrasound 
firmasi  o'zining  mashhur  “g'oz”ini  —  WT  –  sintezatorlik  GUS  kartasini  (lekin    FM–  sintezatorsiz)  ishlab 
chiqardi. GUS kartasining birinchi modellari faqat 8 – bitlik ASP (lekin SAP 16 – bitlik)ga ega edi, effektlar 
prosessori yo'q edi, tovushlar OZU ga yuklanar edi. Karta boshqa oila qurilmalari bilan mos (ne sovmestima) 
tushmagani uchun nomusiqaviy qo'llanishini mukammallashtirar edi. So'ng R & R ni qo'llaydigan effektlar 
prosessori 16 – razryadlik kartalar ishlab chiqarildi. Zamonaviy kartalarning hammasi  RnR texnologiyasida 
ishlaydi va   PCI, PC Card shinalari uchun yoki tizimli plataga o'rnatilgan bo'ladi. Creative Labs firmasining 
Sound Blaster platasidagi audiovositalar to'plami standart bo'lib xizmat qildi. Tovush kartalarida an'anaga 
ko'ra birinchi ShKlardan qolgan interfeysni saqlagan holda analog djoystikning porti (4 – rasm) o'rnatiladi.  


 
92 
 
Analog kirish kanali. 
Bu  interfeys  analog  raqamli  o'zgartirilgan  signallarni  prosessorning  resursidan  foydalangan  holda 
rezistiv datchiklardan  dasturiy ko'rinishda ishlatadi. Bir xil tovush kartalarida o'zgartirish apparat (djoystik 
bilan interfeys saqlanadi)darajasida bajariladi, ammo dastur ko'rsatkichlarni boshqa usul bilan olish kerak.   
Zamonaviy  tovush  kartalari  o'tkazish  qobiliyati  yuqori  bo'lgan  PCI  shinalarini  ishlatadi.  Unda  shinani 
to'g'ridan—to'g'ri boshqarish qo'llaniladi, ayniqsa kompyuter o'yinlarida 3–o'lchamli tovushni eshittirishda 
prosessorni yuklamasini kamaytiradi. Tovush kartalarini  PCI shinalariga o'tkazish bir qancha qiyinchiliklarni 
tug'dirdi, chunki  bir  qancha vaqtgacha  raqamlar oqimini yuborish 8237A DMA  (Direct Memory Access  — 
xotiraga to'g'ridan to'g'ri kirish) nazoratchisining kanali orqali amalga oshiriladigan SB16ning moslashuvini 
ta'minlash kerak edi. PCI shinada xar qanday kartalar xotira bilan almashuv nazoratchisi bo'lishi mumkin.  PCI 
kartalari bilan  SB16ni moslashuvi uchun ikkita mexanizmdan bittasi qo'llanishi mumkin: PC/PCI yoki DDMA. 
PC/PCI mexanizmi  Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, PCI shinasi bo'ylab qo'shimcha ulanadigan 
ISA  slotlarini  ishlatadigan  bloknot  ShK  larni  ishlatish  imkoniyatini  yaratib  beradi.    Alternativ  echim  esa  — 
DDMA  (Distributed  Direct  Memory  Access  —  raspredelenny  pryamoy  dostup  k  pamyati)mexanizmidir. 
Ma'lumki,  DMA  nazoratchilari  ISA  shinasi  uchun  tizimli  platalarda  joylashadi  va  bir  necha  kanallarni 
boshqarish bir xil registrlar orqali amalga oshiriladi. DDMA standart nazoratchilarni bo'lib tashlaydi va uning 
alohida kanallari PCI kartasi vositalari bilan boshqarishni ta'minlaydi. Bu ikkala mexanizm ham birlamchi PCI 
shinasi ko'prigining bir qismi sifatida qaraladi, shuning uchun  ham uning qo'llanilishi tizimli platada amalga 
oshiriladi  va  CMOS  Setup  tomonidan  ruxsat  beriladi.  PCI  tovush  kartasi  SB16  bilan  moslashuv  rejimidan 
tashqari  shinaning  hamma  imkoniyatlaridan  foydalangan  holda  shinaga  xos  bo'lgan  rejimdan  ham 
foydalaniladi. Microsoft kompaniyasi  RS'99  spesifikasiyasida audiovositalarga quyidagi talablarni qo'ydi:  
SAP/ASP o'zgartirgichlarning razryadligi: 16 – bit; 
Impuls – kodli modulyasiya (RSM) uchun axborot razryadligi: 8 va 16 bit. 
Diskretlash chastotasi: 8, 11,025, 22,050 va 44,1 kGs bo'lishi shart; 16, 32 i 48 kGs (Advanced audio) 
rekomendovat qilinadi; 
MIDI  ni eshittirish: 16 – tovushli polifoniya, 6 tembrli (24 – tovushli  16 – tembrli  sintezator Advanced 
Audio uchun); 
Chastota yo'lagi: 20 Gs – 20 kGs; 
Nochiziq o'zgarishlar(nelineyne iskajeniya): <0,02 %; 
Signal/shovqin  nisbati:  75  dB  (Advanced  Audio  uchun  kirish  kanalida  signal/shovqin  nisbati  85  dB, 
miksherning analog qismi uchun  — 90 dB bo'lishi kerak). 
Zamonaviy kartalar raqamli qayta ishlashga qo'yilgan bundan ham yuqori talablarni qoniqtirishadi.   

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish