15
tranzistorlarning o'zaro joylashishi va bir-biri bilan bog'lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat
tomonidan eng qimmat qadam edi.
Oradan ikki yil o'tib, 1971 yil shu kompaniya 4004 markali birinchi mikrosxemaga joylangan
prosessorni ishlab chiqdi. Bu mikrosxemalar keyinchalik mikroprosessor deb atala boshlandi. Bu
mikrosxemaga ikki mingdan ortiq tranzistor joylangan bo'lib, u to'rt razryadli markaziy prosessor edi, ya'ni u
ikkilik sanoq sistemasidagi to'rt xonali sonlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara olar edi. Bu
mikroprosessor mikrokalkulyatorlar yasash uchun mo'ljallangan edi. Lekin ularni buyurtirgan yapon
firmalaridan biri buyurtmadan voz kechdi va bu mikroprosessorlar ochiq savdoga chiqarib yuborildi. Raqamli
elektronikaning bu yutug'i keng ommaga ma'lum bo'lib, katta shov-shuvga sabab bo'ldi.
Oradan bir yil o'tib, kompaniya 1972 yil navbatdagi mikroprosessorni, bu safar birinchi sakkiz razryadli
8008 rusumli mikroprosessorni sotuvga chiqardi. Bu bevosita kompyuterlarda qo'llash uchun mo'ljallangan
mikroprosessor edi. Bu mikroprosessor kompyuter arxitekturasi (uning tarkibiy tuzilishi va ichki tuzilmasi) ni
butkul o'zgarishiga olib keldi.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada yaratilgan. Bu shahsiy kompyuter elektron o‘yinchoq
sifatida qabul qilindi va 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan
mukammalashtirildi. Bunga dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshlandi.
Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy
vositasiga aylandi.
Kompyuter deganda, turli hajmdagi, har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni
ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushinish mumkin.
Kompyuter-inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar,
tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi.
Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki,
ko‘pchilikning tushunchasida go‘yoki faqat shaxsiy kompyuterlardan foydalanamiz. Buning ma’lum sabablari
bor albatta. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan
kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jixatidan ancha oshib ketganligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p
masalarni yechish bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidir.
Kompyuterlarning amalda turli: raqamli, analogli (uzluksiz) raqamli-analogli va maxsuslashtirilgan xillari
mavjud.
Ammo raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajariladigan amallarning universialligi, hisoblashlarning
aniqligi va boshqa ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lganligi uchun ulardan ko‘proq foydalanamiz.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda.
Kompyuterlar-xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad
to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab 5 guruhga bo‘linadi:
o super kompyuterlar (Super computer);
o katta kompyuterlar (Manframe computer);
o kichik kompyuterlar (Mini computer);
o shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal computer);
o bloknot kompyuterlar (Notebook).
Do'stlaringiz bilan baham: