Interfaol usullarni qo`llashga doir uslubiy tavsiyalar- xor.
O'tilgan qo'shiqlarni takrorlash.
Bitta o'quvchi sinfdan tashqariga chiqib ketadi. Qolganlar kelishib biror qo'shiqni tanlaydilar. So'ng hammalari o'zlariga bittadan so'zni tanlab oladilar. Hamma tayyor bo'lganidan so'ng tashqaridagi o'quvchi taklif qilinadi. U kirgach, hamma baravariga o'zining so'zini ayta boshlaydi. Bola ushbu qo'shiqning nomini topishi kerak. O'quvchi qo'shiq nomini topgandan so'ng qarsaklar bilan olqishlanadi. O'yin tugagandan so'ng, bolalarning taassuroti so'raladi.
«Hamkorlik» usuli.
Qo'shiq kuylash uchun.
Sinf uch guruhga bo'linadi. O'tilgan qo'shiq matni bo'laklarga bo'lingan holda o'qituvchi tomonidan konvertga solib beriladi. O'quvchilar konvertdagi qo'shiq matnini yig'adilar. So'ng o'quvchilar qo'shiq matnini kuylab beradilar. Qo'shiqni yaxshi kuylab bergan guruh rag'batlantiriladi.
«Jumboq ko'chasi» usuli.
Musiqa savodi uchun:
Bu yerda guruhlar e'tiboriga musiqiy rebus yechimini topish vazifasi yuklatiladi:
- rosat -ishtir
«Tarozi» usuli.
Mazkur usulda o'tgan mavzulardan ko'proq dalillar keltirish asosida qisqa va lo'nda ifodalab berish, boshqa guruh ishtirokchilarini ishontirgan guruh javobi tarozida vazmin kelib g'olib chiqadi.
O'quvchilarga uch xil kartochka tarqatiladi. Bu kartochkalarda o'quvchilar bilgan qo'shiqlar nomi yozilgan bo'ladi. Har bir qo'shiqdan parcha tinglab, ushbu sur'atga mos kuylarni yoki qo'shiqlarni eslab, uning ta'rifi va mazmuni ochib beriladi. Qaysi guruh tez va chaqqon dalillar keltirsa, davomini kuylab bersa, shu guruh g'olib hisoblanadi.
Musiqa ta’limida musiqa o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari asosida, 2-sinf musiqa madaniyati darslarida «Klaster» usulini qo'llab,“ Kuyda nimalar ifodalanadi?” mavzusida 3– chorak 24-dars ishlanmasi namunasini keltiramiz
Yil mavzusi: «IjrochiIik turlari. Musiqaning ifoda vositalari*
Chorak mavzu: Ansambl turlari. Kuy ninia? Kuyda nimalar ifodalanadi?
Darsning maqsadi:
-
Kuy haqida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini mustahkamlash.
-
Kuy haqida o'quvchilarning o'z fikrlarini erkin bayon eta olishlariga erishish.
-
O'quvchilarda tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish.
-
Darsning metodi: suhbat, klaster metodi.
-
Darsning jihozi: 2-sinf musiqa darsligi; fortepiano, cholg'u asboblari;
musiqa savodiga doir tasviriy-illustrativ ko'rgazmalar; texnik vositalar.
Darsning blok-chizmasi
-
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
Uy vazlfalarini tekshirish
|
5 minut
|
3
|
O'tilganlarni takrorlash
|
10 minut
|
4
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
20 minut
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 minut
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi.
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar. Tashkiliy qism. Uyga berilgan vazifalarni tekshirish.
Musiqa tinglash. Bahor faslini tarannum etuvchi kuylarni tinglash (audio yoki CD disk yozuvidan foydalaniladi) va Navro'z bayrami haqida (Klaster metodidan foydalanib) suhbat o'tkazish:
Tayanch so'zlari ishlatiladi — bahor, kuylar, qo'shiqlar, bayram, sumalak, raqslar, xursandchilik, gul ochiladi, gul terish va h.k.
O'qituvchi yordamida o'quvchilar guruhlarga bo'linib, guruh vakillari doskaga chiqib Navro'z to'g'risidagi so'zlarni yozadilar.
Eng ko'p so'zlarni topgan guruh rangli kartochkalar bilan rag'batlantiriladi.
Ovoz sozlash mashqi o'tkaziladi.
Jamoa bo'lib kuylash. Ikrom Akbarovning «Gul teramiz» qo'shig'i takrorlanadi. O'quvchilar o'qituvchi ijrosidagi qo'shiqning kirish qismini tinglab, nomi, kompozitori va shoirini aytib, keyin ifodali, guruhlar bo'yicha yoki solist va xor bo'lib band, naqoratini ijro etadilar.
N.Norxo'jayevning «Navro'zim — sho'x sozim» qo'shig'i o'rganiladi. O'qituvchi qo'shiq mavzusi, kompozitori va shoiri to'g'risida gapirib, qo'shiqni ijro etadi. O'quvchilar tinglangan qo'shiqni ifodalab, tahlil qilib beradilar va jumlalab o'rganadilar.
Ijodiy faoliyat. O'rganilgan qo'shiq musiqasiga o'quvchilar ritmik harakatlarni bajarib, jo'r bo'ladilar.
Musiqa savodi. «Tinglang, kuzating, toping» — darslikda berilgan topshiriq ustida ishlash. Bu topshiriqni o'quvchilar guruhlarga bo'linib bajaradilar. Topshiriqni to'g'ri bajargan o'quvchilarga rangli rag'batlantiruvchi kartochkalar beriladi.
Dars yakuni. O'qituvchi dars davomida o'tilganlarniyakunlab, o'quvchilar bajargan faoliyatlarni rangli kartochkalar bilan baholab beradi.
Uyga vazifa. MSNIga tayyorlanib kelish. Darslikda berilgan savollarni o'rganib kelish.
Biz o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo`llab 2-sinfda musiqa madaniyati darslarida «Klaster» usuli asosida o`tilgan“Kuyda nimalar ifodalanadi” mavzusida 3– chorak 24-dars bo‘yicha taqsimlangan ikkita sinfda sinov tajriba ishlarini olib bordik. 2-“a” va 2-“b” ni tajriba-sinov sinf qilib oldik. 2-“a” sinfda chorak bo‘yicha berilgan mavzularni tushuntirib, doimiy holda dars o‘tdik, lekin 2-“b” sinfda xuddi shu o‘tilgan mavzular bo‘yicha chuqur bilim berildi, ya’ni o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, “Kuyda nimalar ifodalanadi” mavzusi yuzasidan o‘qituvchi tomonidan savol tashlandi. Guruhga bo‘lingan o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishdi, to‘g‘ri javob tanlab olindi, g‘olib guruh rag‘batlantirildi. Guruhga bo‘lingan o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishdi. Berilgan bilimlarni dars yakunida ijro yo‘llari bo‘yicha savol-javob qilinib, ikki sinfdan ijodiy tarzida olindi. Olingan natijalar quyidagi ko‘rsatkichda ekanligini ko‘rsatdi.
Yuqori daraja.Kuy haqida o'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalarga ega ekanligi, o'z fikrlarini erkin bayon eta olishlari, kuyda nimalar ifodalanishi haqida tassavurga ega ekanliklari
O‘rta daraja. Yuqorida bayon qilingan mavzularda to‘liq xabardor bo‘lmasada, ma’lum tushunchalarga ega bo‘lgan o‘quvchilar.
Past daraja. Yuqorida bayon qilingan mavzularda to‘liq tushunchaga ega bo‘lmasada, ma’lum tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar.
Anketa savollariga olingan javoblarning qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov sinf va nazorat sinfi o‘quvchilarining bergan javoblarini quyidagi jadval asosida aniqladik.
1-jadval
№
|
Sinflar yo‘nalishi
|
O‘quvchi-
lar soni
|
Javob daraja-
lari
|
Anketa savollariga javoblar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
Sinov tajriba sinf
|
25
|
Yuqori
|
19
|
19
|
17
|
18
|
18
|
17
|
19
|
18
|
|
|
|
O‘rtacha
|
3
|
4
|
6
|
5
|
5
|
5
|
4
|
4
|
|
|
|
Past
|
3
|
2
|
2
|
2
|
2
|
3
|
2
|
3
|
|
|
|
Jami
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
2
|
Nazorat sinf
|
25
|
Yuqori
|
11
|
13
|
13
|
11
|
11
|
12
|
13
|
13
|
|
|
|
O‘rtacha
|
8
|
5
|
4
|
5
|
6
|
4
|
4
|
5
|
|
|
|
Past
|
6
|
7
|
8
|
9
|
8
|
9
|
8
|
7
|
|
|
|
Jami
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
25
|
Mazkur jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biz ish olib borgan tajriba-sinov sinfda o‘quvchilarning mavzu va musiqiy faoliyatlarni bajarishlari, tushuncha va ko‘nikmalari nazorat sinfiga nisbatan anchagina yuqori.
Hususan, tajriba-sinov guruhi va nazorat sinflarini yuqori darajada javob berganlarni bir-birlariga solishtirib ko‘rganimizda, bu ikki sinf o‘quvchilarining darslarni o`zlashtirishdagi sifat ko`rsatgichlari orasidagi tafovvut yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Dars jarayonida o‘quvchilar fikrini ma’lum mavzu yo‘nalishiga qaratish va turli shakl va uslublardan foydalanish yaxshi natija beradi.
2-жадвал
№
|
Sinflar
|
O‘quvchilar soni
|
Javob darajalari
|
Anketa savollariga javoblar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
1
|
Tajriba-sinov
|
25
|
Yuqori
|
19
|
19
|
17
|
18
|
18
|
17
|
19
|
18
|
2
|
Nazorat sinf
|
25
|
Yuqori
|
11
|
13
|
13
|
11
|
11
|
12
|
13
|
13
|
3
|
Oradagi farq
|
25
|
Yuqori
|
8
|
6
|
4
|
7
|
7
|
5
|
6
|
5
|
Tajriba-sinov sinfda yuqori darajada javob bergan o‘quvchilar soni 18 tadan 20 tagacha bo‘lgani holda, nazorat sinfidagi bu ko‘rsatkich 12 tadan 15 tagacha bo‘lgan. Taqqoslash natijasida tajriba -sinov sinfda yuqori darajadagi o‘quvchilar soni 4 tadan 8 tagacha farq qilishi aniqlandi. Shundan kelib chiqqan holda, olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarimiz nazorat sinfiga nisbatan unumliroq bo‘ldi.
Darslar jarayonida o‘quvchilar fikrini ma’lum mavzu yo‘nalishiga qaratish va turli shakl va usullardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Tadqiqot nihoyasida tajriba-sinov guruhi o‘quvchilari bilan nazorat savollari bo‘yicha anketa o‘tkazilganda, ularning dunyoqarashlari, musiqa haqidagi qarashlari ijobiy tomonga o‘zgarganligiga guvoh bo‘ldik. Mahsus dars o‘tish metodikasi va uning mazmunidan kelib chiqib, tajriba –sinov ishlarida qatnashgan o‘quvchilarning Vatan haqidagi qo‘shiqlardan foydalanish ko‘nikmasi, ijro uslubi va mahorati, hamda shular vositasida yangi pedagogik texnalogiyalarni qo‘llanilishi orqali, ularning estetik tarbiyalanganlik darajalarini asoslovchi tajriba jarayonida ular tomonidan qayd qilingan ko‘rsatkichlarga nisbatan ijobiy o‘sish ro‘y berganligi aniqlandi. Bu boradagi holat tadqiqot nihoyasida tajriba – sinov ishlarining muvoffaqiyatli kechganligi tadqiqot ishining pedagogik va ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligi va samarali bo‘lganligidan dalolat beradi.
Pedagogik tajriba – sinov natijalarini tahlil etishda o‘quvchilarni estetik sifatlarini o‘sish dinamikasi va pedagogik texnalogiyalarni tadbiq etilgan natijalarini bilish uchun matematik – statistika metodi qo‘llanildi. O‘quvchilarni tajribadan keyingi o‘zlashtirishlari quyidagi jadvalda aks etgan.
3-jadval
O‘quvchilarning tajribadan keyingi o‘zlashtirish darajalari.
Sinflar
|
O‘quvchilar soni
|
O‘zlashtirish darajalari
|
Yuqori
|
O‘rta
|
Past
|
Tajriba
|
25
|
19
|
3
|
3
|
Nazorat
|
25
|
11
|
8
|
6
|
Olingan natijalardan, o‘qitish samaradorligini baholash mezonida tajriba guruh nazorat guruhining o‘zlashtirish darajasidan yuqoriligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki, tajriba sinfidagi o‘zlashtirish sifat ko`rsatgichi nazorat sinfidagi o‘zlashtirish sifat ko`rsatgichidan yuqori ekan. Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining musiqa ta’limida musiqa o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari asosida mavzularni o`zlashtirishlari hamda musiqiy faoliyatlarini bajarishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba – sinov ishlarining samaradorligi o`qituvchining musiqiy-pedagogik mahoratiga bog`liqligi aniqlandi.
UMUMIY XULOSA.
Biz o`z bitiruv malakaviy ishimizda o‘qituvchisining musiqiy - pedagogik mahoratini hozirgi kunda musiqa o’qituvchisi oldiga qo`yilgan zamonaviy talablar asosida yoritib berishga harakat qildik. Tatqiqotimizning nazariy va amaliy tajriba- sinov qismida olib borgan kuzatishlarimiz va ilmiy manbalardan keltirgan ma`lumotlarni tahlil qilish natijalariga tayanib musiqa madaniyati fani o`qituvchisining pedagog mahoratini takomillashtirish maqsadida olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Shaxs ma'naviyatini shakllantirish, ongini o'stirish va tafakkurini kengaytirishda musiqa o'qituvchisining pedagogik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi, chunki erkin va mustaqil fikrlaydigan, o'zligini anglay oladigan, ya'ni har xil zararli oqimlarga qo'shilib ketavermaydigan, intellektual salohiyatli, siyosiy ongli yoshlarimizni tarbiyalashda Vatanimiz va jamiyat uchun mustaqil, ijodiy fikrlay oladigan va o`z sohasining bilimdoni bo`lgan mutaxassislar zarur.
2. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati va uning asosiy tarkibiy qismlari orqali ta'lim va tarbiya jarayoni ta'sirchanligini yanada yuksak bo`lishi o`qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro`siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy istе'dodiga, ta'lim sohasidagi tajriba va mahorati, hamda o`quvchi yoki ta'lim oluvchilar bilan o`rnatilgan do`stona munosabatiga bog`liqligi aniqlandi.
3. Ma'lumki musiqa va qo'shiq, musiqiy ohanglar kishilar ongiga, kayfiyatiga va tarbiyasiga juda kuchli ta'sir etadi. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati o`quvchilarning axloqiy tarbiyalashning asosiy omili sifatida maktab o'quvchilari ongiga milliy istiqlol mafkurasi g'oyalarini singdirishda musiqa madaniyati fanining imkoniyatlari ham juda kengdir. Bu vazifani talab darajasida amalga oshirish albatta ushbu fandan dars beradigan o'qituvchining siyosiy ongi va bilimiga, hamda uning pedagogik mahoratiga bog'liq. Demak hozirgi davr musiqa madaniyati fani o'qituvchisi nafaqat kasbiy ijrochi, etuk nazariyotchi bo'lishi, balki siyosiy va pedagogik jihatdan ham ilg'or mutaxassis bo'lishi talab etiladi.
4. Musiqa madaniyati darslarida kuylash malakalarini takomillashtirishda kuylash faoliyatidan kengroq foydalanishning imkoniyatlari, shakl tuzilishi, hamda uning mazmuni yoritib berildi. O‘quvchilarga musiqa darslarida vokal-xor ishlaridan foydalanish orqali qo‘shiqlarni sifatli o‘rgatish musiqa madaniyati fani o`qituvchisining pedagogik mahoratiga bog`liqlugi aniqlandi:
5. Maktablardagi musiqa tarbiyasi ishlarini zamonaviylashtirish va takomillashtirish maqsadida kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali еchimi, birinchi navbatda, hozirgi kun talablariga javob bеra oladigan psixologiya, pеdagogika, iqtisodiyot, ekologik madaniyat, huquqshunoslik va shunga o`xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan profеssional malakaga ega bo`lgan har tomonlama chuqur bilimga ega bo`lgan o`qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog`liqdir.
6. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini o`quvchilar va o`qituvchilar faoliyatining o`zaro aloqasini ilhomlantiruvchi bo`lib xizmat qilishi bilan birga ma'lum ma'noda bilim, tarbiya bеrishi va umumiy maqsadlarga erishishda ularning do`sti sifatida qatnashishi zarur. Bu esa mahoratli o`qituvchilar oldida doimo o`zlarining pеdagogik-psixologik bilimlarni rivojlantirib borishlarini va ulardan pеdagogik amaliyotlarida samarali foydalanishga intilishlarini yuzaga kеltirdi.
7. O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati, avvalo, o`z fanini o`qitish, mеtod, usul va vositalarini mukammal o`zlashtirib olishi, o`qituvchi-murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligidir. Musiqa o’qituvchisi har qanday vaziyatda pedagogik ta’sir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega bo’lmog’i, muloqot ustasi, ilg’or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo’lishi lozim. Musiqa o’qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishi, o`z o`quvchilariga hurmat va muhabbat ifoda eta olishi, ularni hayotga qiziqtirishi, ruhiy holatlarni bilishi, bosiqlik bilan o`z his-tuyg`ularini boshqara olishi darkor. Shu bilan birga, tashqi ko`rinishi va kiyinish madaniyati bo`yicha ibrat bo`lishi kerak. Mahoratli pedagog yangi usullarni doimiy ravishda o`zlashtirishi, musiqa ta’lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi muxim. Uning omma o`rtasida ilmiy-ma'rifiy va ma'naviy-madaniy ishlar targ`ibotchisi bo`lishi kerakligi haqida umumiy xulosalarga keldik.
TAVSIYALAR
Olib borilgan tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda quyidagi ilmiy-mеtodik tavsiyalarni bеramiz:
-
O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini takomillashtirishning yaxlit tizimini yaratish;
-
O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini yanada takomillashtirishga doir o`quv qo`llanmalari va mеtodik tavsiyanomalar yaratish;
-
O‘qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratini takomillashtirishda milliy va umumbashariy qadriyatlar, hamda ular mazmunida ilgari surilgan g`oyalardan foydalanish va hokazo.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonuni. –T.: O’zbekiston 1997
2. Karimov I. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. O’zbekiston, 1997
3. Abu Lays – as-Samarqandiy. Bo’ston ul-orifin. –T.: Sharq nashr. matbaa kontserni. 1992.
4. Abu Nasr Farobiy Fozil odamlar shahri. Tanlangan asarlar. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.
5. Azarov Yu.I. Bolalarni sevish san‘ati. –T.: O’qituvchi 1992.
6. Amir Temur o’gitlari. B.Ahmedov, A.Aminov nashrga tayyorlagan. –T.: Navro’z, 1992.
7. Kaykovus. Qobusnoma. –T.: O’qituvchi 1992.
8. Navoiy A. Mahbub ul-qulub asarlar 15-tom.
9. Rajabov S. Mutaxassislikka kirish. –T.: O’qituvchi 1991.
10. Tarbiyaviy ish metodikasi. L.I.Ruvinskiy tahriri ostida. –T.: O’qituvchi 1991.
11. Tuxliev B. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari. –T.: Yuldo`zcha 1991.
12. Shomaqsudov, Shorahmedov Sh. Hikmatnoma. –T.: 1990.
13. O’qituvchi ixtisosiga kirish kursiga metodik kursatmalar. To`zuvchilar. M.Zaharina, S.X.Timurova, V.G.SHarova.-T.
14. O. Fayziyeva. O‘quvchilarda musiqiy nafosat tarbiyasini shaqllantirishi yo‘llari. Toshkent 1992 yil.
15. Maktabda musiqa metodikasidan ma’ro`zalar matni. 1990 yil.
16. H.Nurmatov. N. Norxo‘jayev, A. Mirrahimov “Musiqa” 3-sinf uchun darslik G‘. G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent 2001 yil.
17. N.G. Dmitriyeva. O. Chersivanenko. Metodika mo`zikalnogo vospitaniya v shkola. Moskva. 1990 goda.
18. M. Ochilov “Muallim qalb me’mori” Saylanma. Toshkent. O‘qituvchi 2000 yil.
19. Raxmatjon Tursunov. “Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti” “Ma’rifat-Madadkor” nashriyoti Toshkent 2002yil.
20. “Musiqa ijodiyoti masalalalari” O`zbekiston bastskorlar uyushmasi “Katortol-Kamolot”nashriyoti. Toshkent 1997 yil.
21. Ergash Ochilov. “Shoda-shoda marvarid” O`zbek xalq qo`shiqlari. “Shark” nashriyoti. Toshkent 2006 yil.
22. Urozali Toshmatov “Folklor qo`shqlari” A. Qodiriy nomli xalq me’rosi nashriyoti Toshkent 2009 yil
23.“O`zbekiston musika san’ati ustalari” Axmad Odilov. Toshkent-2001 yil.
24. A. Mansurov, D. Karimova. “ 5-sinf musika darsligi”. Toshkent 2004 yil.
25. O. Ibroximov, J. Sadirov.“ 7-sinf musika darsligi” Toshkent 2001 yil.
26. Shimanovskiy K. Tanlangan maqola va xatlar. L., 1963, 80–bet.
27. Asafev B. V. “Zamonaviy rus musiqashunoslik va uning tarixiy vazifalari”.— De Musica, 1–son. L., 1926, 17–bet.
28. Internet ma’lumotlari
-WWW.Ziyonet.
-Pedagog.o`z.
Do'stlaringiz bilan baham: |