Pedagogik tajriba-sinov jarayonlarida o‘qituvchi mahoratini oshiruvchi



Download 152,07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi152,07 Kb.
#260534
Bog'liq
М.Шодмонова. maqola 2021 ziyonetga



 

Pedagogik tajriba-sinov jarayonlarida o‘qituvchi mahoratini oshiruvchi 



omillar 

 

Shodmonova Munira Burxonovna.  



Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti 

universiteti, O`zbek tili kafedrasi katta o`qituvchisi, pedagogika 

fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) 

Munira100@mail.ru

muniraburxonovna@jmail.com



 

Telefon: 97 412 09 74 

Ilmiy  rahbar:  pedagogika  fanlari  doktori,  professor:  Yo`ldoshev 

Qozoqboy Boybekovich

 

 

Kalit so‘zlar:  Pedagogik tajriba-sinov, o‘qituvchi mahorati, pedagogik  texnologiya, innovatsiya, sifat 



va samaradorlik. 

 

Tezis annotatsiyasi:  



Mazkur maqolada ona tili va adabiyot o`qituvchisining oziga xos jihatlari, xususan, kadrlar tayyorlash 

sifatini  ta'minlashning  asosiy  bo‘g‘ini,  o‘qituvchi  kadrlarni  innovatsion  faoliyatga  tayyorlash  zamonaviy 

pedagogning kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan asosiy omillarga e’tibor qaratilgan.  

Shuningdek, tajriba sinov ishlarini maqsadli tashkil etgan holda uni hal etishga qaratilga masalalar 

xususida to`xtalingan. 

 

Bugungi 



kunda 

mamlakatimizning 

barcha 

sohalarida 

amalga 

oshirilayotgan  takomillashtirish  va  modernizatsiyalashtirish  jarayonlari  har  bir 

jabhada innovatsion faoliyatlarni yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Ayniqsa, kadrlar 

tayyorlash  sifatini  ta'minlashning  asosiy  bo‘g‘ini,  o‘qituvchi  kadrlarni 

innovatsion  faoliyatga  tayyorlash  zamonaviy  pedagogning  kasbiy  sifatlariga 

qo‘yiladigan asosiy omillardan sanaladi. Hozirgi kunda ta'lim tizimiga pedagogik  

texnologiya  va innovatsiyalar tezkorlik bilan kirib kelmoqda. Lekin o‘qituvchilar 

bu innovatsiyalarni  aksariyat hollarda o‘z  faoliyatida qo‘llay olmayapti. Chunki 

o‘qituvchilarning asosiy qismi ta'limdagi innovatsion  jarayonlarga tayyor emas. 

Shu  sababli  o‘qituvchilarni  metodik    xizmatni  yangicha  tashkil  kilish    ta'lim 

tizimining  amaliy ehtiyojini ta'minlovchi  asosiy vositaga aylanmoqda.  

Ma'lumki, XXI asr keskin o‘zgarishlar, axborotlar asri ekanligini hayot 

ko‘rsatmoqda.  Bu  o‘zgarishlar  tabiiy  ravishda  ta'lim  sifatini  o‘zgartirishning 

yangicha yondashuvlarini izlab topishni taqozo etmoqda. 

Demak,  o‘quvchilarga  jahon  andozalariga  mos  bilim  berish  va  ta'lim 

beruvchini  o‘z  ortidan  ergashtira  olishi  uchun  bugungi  kun  ustoziga  qanday 

yordam  berish  mumkin,  degan  savol  bo‘lishi  tabiiydir.  Bu  savolning  javobini 

quydagicha  izohlash  mumkin:  binobarin,  o‘qituvchilik    kasbining  o‘ziga  xos 

kasbiy  tarbiyasi    mavjud.  O‘qituvchi  o‘z  kasbining  ma'no-mazmuni  ijtimoiy 

maqomi,  ta'limiy  taraqqiyotidagi  o‘rnini  anglab  yetmog‘i  uchun,  albatta,  ustoz 




 

ko‘rgan bo‘lishi, nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirib olib borishi shart va 



zarur. 

Pedagogik  ta'lim  jarayonida  o‘qituvchi  shaxsining  kasbiy  tarbiyasi 

uzluksiz  ta'limning  tarkibiy  qismi  hisoblangan  uzluksiz  pedagogik  ta'lim 

mohiyatidan  kelib  chiqib,  shu  mutaxassislarni  o‘qituvchilik  kasbiga  ongli  va 

asosli ravishda  yo‘naltiriladi.  

Ta'lim  jarayoniga  qaratilgan  muhim  islohotlar    tarbiyaning  mohiyatiga 

ham  jiddiy  ta'sirini  ko‘rsatmasdan  qo‘ymadi.  Bugun  maktablarimizni  bitirib 

chiqqan yoshlar ko‘p jihatdan zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga 

javob  berishi,  ob'ektiv  adolatli  tizim  va  tartib  orqali  zamonaviy  imkoniyatlarni 

ishga  solishi  lozim.  Ta'lim-tarbiya  sohasida  belgilangan  islohotlarning 

bosqichma-bosqich  amalga  oshirilishi  darslarning  ham  mazmunan  sifat 

o‘zgarishlariga olib kelmoqda. Maktab ta'lim va tarbiya o‘chog‘i ekan, biz o‘z 

qadriyatlarimizga  sodiqlikni  ana  shu  maskanda  egallaymiz.  Bu  borada  mavjud 

ishlar bilan maqtanishga hali yetarlicha asosimiz bor emas. Lekin shuning bilan 

birgalikda  ta'limda uzluksiz olib borilgan ishlarning natijasi o‘laroq maktablarda: 

−  fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari o‘sishi; 

−  maktabda ijodkor o‘qituvchilarning ish faoliyatini o‘rganish va tatbiq etish; 

−  maktabda  innovatsiyalar  va  axborot  texnologiyalaridan  samarali 

foydalanish; 

−  hamkasb o‘qituvchilarning reytingining ortishi darajasi va boshqalar bunga 

yaqqol misol bo‘la oladi. 

Yurtboshimiz  “XXI  asr  intelektual  boylik  hukmronlik  qiladigan  asr” 

ekanligini  alohida  e'tirof  etgan.  Ilg‘or  ish  tajribasiga  ega  ustoz  murabbiylar 

shogirdlarni  o‘quvchi  yoshlarni  fan  olimpiadalari  va  turli  ko‘rik-tanlovlarda 

samarali  ishtirok  ettirish  usul  va  vositalaridan  xabardor  qilib  borishlari  lozim. 

Bunda fanga oid yangi bilim va metodlarni o‘zlashtirib olgan o‘qituvchilarni tez 

erishtira  olish  mumkinligi,  albatta,  tushunarli  holat.  Ta'lim-tarbiya  jarayonida 

o‘quvchilar  psixologik  xususiyatlarning  o‘ziga  xosligiga  e'tibor  berish  bu 

yutuqlarga erishishning bir yo‘lidir.  



 

Hozirgi  kunda  ta'lim  jarayonida  sifat  va  samaradorlikka  erishish 



imkoniyatini ta'minlaydigan shart-sharoitlardan biri yosh  va metodik yordamga 

muhtoj o‘qituvchilarga o‘z vaqtida tegishli yordamni ko‘rsatishdir. 

Ma'lumki  yosh  kadrlar  ish  faoliyatining  dastlabki  davrida  nazariy 

ma'lumotlarni amaliyotga tatbiq etishda qiyinchilik his qiladilar. “O‘qituvchi o‘z 

bilim  malakasini  oshirish  usullarini  puxta  egallamog‘i,  mustaqil  ishlashini 

o‘rganmog‘i lozim” – degan edi A. Jomiy. 

O‘z  bilimlarini  mustaqil  oshirish  uchun  quyidagi  bo‘limlardan  iborat 

individual reja tuzib olishlari tavsiya etiladi. 

1.   G‘oyaviy-siyosiy saviyani oshirish. 

2.   Ilmiy-nazariy bilimni oshirish. 

3.   Metodik bilim va mahoratni oshirish. 

4.   Pedagogik va psixologik nazariyani yanada puxta o‘rganish. 

O‘qituvchining  pedagogik  mahoratini  doimiy  oshirib  borish  va  uni 

rivojlantirishda  maktabdagi  metod  birlashmalarning  xizmati  katta.  Metod 

birlashmalarda  o‘qituvchilar  fikr  almashadilar:  o‘zaro  kuzatilgan  darslar, 

yangiliklarni joriy etish usullari kabilar muhokama qilinadi. Yosh o‘qituvchilarga 

maslahatlar    uyushtiriladi,   ilg‘or tajribalarni keng ommalashtiradilar. 

Bu ishlarni amalga oshirish o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi, albatta. Buning 

uchun, avvalo, tajriba sinov ishlarini maqsadli tashkil etgan holda uni  quyidagi 

masalalarni hal etishga qaratish lozim bo‘ladi: 

−  O‘qituvchiga tegishli maslahat, yo‘nalish berish; 

−  Tajriba jarayonida uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida tahlil qilib, 

yechimini topish; 

−  Taklif etilgan yangi usullarni sharoitga mos tarzda fanga  moslashtirib 

qo‘llashni tashkil qilish; 

−  Didaktik materiallar tayyorlash; 

−  Hujjatlarni tartibli yuritish va hisobotlarni tayyorlashni izga solish; 

−  O‘quvchilarning  o‘ziga  xos  psixologik  xususiyatlarini  inobatga  olib 

yondashishni yo‘lga solish; 



 

−  Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish va jarayonga 



tatbiq etish. 

−  Faoliyatda turli yo‘nalishlardagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 

−  Tanlovlarda ishtirok etish va uni amalga oshirishda yordam berish; 

−  O‘quvchilarning  bilimini  nazorat  qilish,  baholash,  monitoringni 

amalga oshirish; 

−  Ish tajribani ommalashtirish; 

Olib  borilayotgan  tajriba  ishlari  ta'lim  beruvchining  shaxsiy  va  kasbiy 

sifatlarini  ro‘yobga  chiqarish  va  rivojlantirish,  shuningdek,  ta'lim  oluvchilarda 

shaxslik  sifatlarini  qaror  toptirish,  ularni  faollashtirish,  ijodkorlikka  undash, 

muammoning  amaliy  yechimlarini  aniqlash  hamda  amalga  oshirishda  katta 

ahamiyatga egadir. 

Pedagogik jarayonda tashabbusni o‘rganuvchiga berish vaqti yetdi. Ular 

ehtiyojlar,  maqsadlar,  talablar,  me'yorlarga  mos  bo‘lishi  kerak.  Maqsad  aniq 

bo‘lsa,  shaxsning  kelajakda  yanada  rivojlanishi  takomillashadi.  Hozirgi 

pedagoglar  faqat  dars  beruvchilar  emas,  o‘quvchi  qanday  o‘zlashtirayotganini 

tushunadigan, ular qalbini his etadigan shaxs bo‘lmog‘i kerak. Pedagog bolalarga 

faqat  odob-  axloq  me'yorlarini  o‘rgatadigan  o‘qituvchi  emas,  o‘quvchilarni 

sezuvchi,  qalban  his  qiluvchi,  ularning  hayotini  o‘z  hayoti  deb  biladigan, 

o‘rganuvchilarning ichki dunyosini, ma'naviy-axloqiy, umummadaniy o‘sishiga 

yordam  beradigan,  o‘quvchilar  va  kattalar  bilan  ijodiy  hamkorlik  qila  olish 

qobiliyatiga ega bo‘lgan mahoratli pedagog bo‘lishi zarur. 

Shunday  ekan,  o‘qituvchi  mahorati  –  u  bevosita  pedagogik  faoliyatni 

boshqarishning  ustasi  hisoblanadi.  Mahoratli  o‘qituvchi  o‘quvchilarning 

fanlardan  tez  o‘zlashtirish,  dunyoviy  bilimlarni  chuqur  egallash  va  bu  borada 

samarali natijaga erishishni o‘zidan talab etadi. Pedagogik mahoratning maqsadi 

shundaki, o‘qituvchi maqsadi o‘quvchi maqsadiga aylanishi kerak – bu esa juda 

muhim. 

1.  X.Ibragimov,Sh.Abdullayeva-Pedagogika nazariyasi.Toshkent.2008-yil 



2.  O`zbek pedagogikasi antologoyasi (Ikkinchi jild) Toshkent.1999-yil. 

 

Download 152,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish