madaniy hayot yuksak bo’lganligini moddiy ashyolar tasdiqlaydi. Bu yerning yodgorliklari
arablar istilosi arafasida tushkunlik bo’lganini ko’rsatadi.
VІ-VІІ asrlarda yangi ko’rinishdagi qishloqlar katta-katta oilalar yashaydigan
mustahkamlangan qasr-qo’rg’onlar paydo bo’la boshladi. Bunday qasr-qo’rg’onlar
Xorazmda yaxshi o’rganilgan.
Dehqonchilik bilan shug’ullangan erkin aholi mustahkamlangan mayda
qo’rg’onchalarda yashaganlar. Xorazmda ana shunday qo’rg’onlarning 200 dan
ortig’i topildi. Ular bir-biridan 200 m masofada joylashgan va 34 km kv maydonni
egallagan. Har bir qo’rg’onning atrofi devor bilan o’rab olingan. Arab tarixchisi Al-
Makdisiyning ma‘lumotiga ko’ra Mizdakhon atrofida X asrda 12 mingta qo’rg’onlar
bo’lgan.
Ilk o’rta asrlarda haykaltaroshlik san’ati keng qo’llanilgan. U dumaloq va
bo’rtma tasvir shaklida me’morchilik komplekslarida ishlatilgan. Bu haykallarda
diniy va afsonaviy obrazlar bilan bir qatorda real hayotni aks ettiruvchi obrazlar ham
uchraydiy. Haykallar maxsus tayyorlangan loydan, yog’och, albaster va toshdan
ishlangan.
Amaliy xaykaltaroshlik san’atining yorqin namunalari IV-V asrlarga oid
Toharistonning Kuyovqo’rg’on qal’aqo’rg’onidan topiladi. Kuyovqo’rg’on haykallari
ziynatli bezaklarga boy yengil kiyimlardagi erkak va ayol personajlaridan iborat
bo’lgan.
Ma’lumki, ilk o’rta asrlarda ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi ya’ni
feodallashish jarayonining rivojlanishi me’morchilikning xarakteri va mazmuniga
ta’sir etadi. Bu hol dastlab qo’rg’on-qasrlar, ko’shklar qurilishida ko’zga tashlanadi.
Keyinchalik podsholarning saroylari, shaharlardan tashqaridagi hashamatli va
ulug’vor qarorgohlari keng tarqaladi. Bu binolar ko’p hollarda sun’iy tepaliklar
ustiga qurilib, ularning me’moriy echimlari mahobatli bo’lishiga katta e’tibor beradi.
Binolar ham g’ishtdan va paxsadan qurilgan. Devorlari ganch bilan pardozlangan,
xona devorlari devoriy surat va naqshlar bilan bezatilgan.
Ilk o’rta asrlar davri monumental memorchiligida noyob ganch naqshinkorligi
keng qo’llanilgan. Darhaqiqat, ilk o’rta asrlarda ganch o’ymakorlik san’ati o’zining
yuqori darajasiga ko’tarilgan edi. Uning hatto dastlabki namunalarida o’z
zamonasiga
xos yangi uslubiy yo’nalish shakllangan edi. Buni Afrasiyob, Varaxsha va
Dumaloqtepa qasr bezaklarida uchratish mumkin.
Ilk o’rta asrlarda amaliy san’atning barcha yo’nalishlari rivojlanadi. Ular
shaharlarning o’sishi va shahar hunarmandchiligining taraqqiyoti bilan uzviy
bog’langan edi. Oltin va kumushdan har xil idishlar yasash ko’lami kengayadi.
Ayniqsa, bu masalada Xorazm va So’g’dda katta yutuqlarga erishiladi.
O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlar davrida yagona din bo’lmagan. Arablar istilosi
bilan bog’liq holda islom dini keng tarqalgani ma’lum. Farg’ona vodiysida ya’ni
Quvadan topilgan ibodatxona xarobasi buddaviylik dini bilan bog’liq bo’lib, u 2
xonali, old xonasi ayvon shaklida qurilgan. Xorazmda ham ko’mish marosimlari
bilan bog’liq bo’lgan ossuariylar yoki ostadon deb nomlangan to’rtburchak
shaklidagi tobutchalar otashparastlik e’tiqodi bilan bog’liq bo’lgan. Ostadonlar
So’g’d, Shosh hududlaridan ham topilgan. Zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan
ibodatxonalar
tepalikka qurilib, old tomoni esa quyosh chiqish tomonga qaratilgan.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda so’g’d, xorazm, eftalit, turk bitiklari paydo bo’ldi.
Mazkur yozuvlar tarixiy manba bo’lishi bilan birga noyob ilmiy manba hisoblanadi.
Aholining diniy e‘tiqodi turlicha bo’lgan: Tohariston va Sharqiy Turkiston aholisi
buddizm, So’g’d va Xorazm aholisi otashparastlik diniga e‘tiqod qilganlar. Shu davrla O’rta
Osiyoga moniylik va nestarian-xristian dini ham tarqala boshlagan. Urgut yaqinida topilgan
xristian dini ibodatxonasi shu o’tmishni tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: