2.2. MTMda bolalarga ta’lim tarbiya berishda didaktik o’yinlardan foydalanish - Bola tarbiyasi, uning barkamol voyaga yeti-shiga alohida e'tibor azaldan xalqimiz uchun dolzarb yumush sanalib kelgan. Bugun ham bolalarning rivojlanishi, har tomohlama barkamol bo'lib ulg'ayishlari uchun davlatimiz tomo-nidan ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2014-yil "Sog'lom bola yili"da shu ishlarning davomiyligi ta'minlanadi.
- Bularning zaminida oila, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan kichkintoylarning har tomonlama ma'naviy, fiziologik va psixologik rivojlanishi yotadi.
- MTM yoshidagi bolalarning psixologiyasida juda tez o'zgarishlar bo'lishini inobatga olgan holda, ularni 3 davrga: kichik maktabgacha (3-4yosh), o'rta maktabgacha (4-5yosh), katta maktabgacha (5-6yosh) yosh davrlariga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida narsa va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. U insoniyat qo'lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o'zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiri-ladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasi-dagi munosabatni egallab olishni, faoliyat motivlarning rivojlanishi, qobiliyatlami egallab olishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshiriladi. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bu davrda uning asosiy faoliyati o'yin hisoblanadi. Ular o'yinlar orqali o'z malakalaridan kelib chiqib har xil qiyofalarni aks ettiradilar, bu bola shaxsini rivojlantiradi.
- Bola atrofdagi narsalarni bilish jarayonida ular bilan amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki, u bilishga qiziquvchanligidan atrofdagi narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan, o'zining kuchi yetmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishni xohlaydi. Masalan, bola avtomashina yoki tramvayni o'zi hay-dagisi, otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo'lgisi keladi. Tabiiyki, bola o'zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham qondira olmaydi. Bolaning bu istagi faqatgina o'yin faoliyati orqaligina amalga oshadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin:
- - birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qa-ratilgan faoliyat emas. Shuning uchun kichkintoylarni o'yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija emas, balki shu o'yin jarayo-nidagi turli harakatlarning mazmuniga bog'-liqdir;
- - ikkinchidan, ular o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faohyatda bo'ladilar. Kichkintoylarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va ruhiy jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |