MAVZUNING DOLZARBLIGI - O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim bolani uning individual xususiyatlarini hisobga olgan davlat va jamiyat ehtiyojlariga bog’liq holda har tomonlama sog’lom va yetuk shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
- Muhtaram prezidentimiz 2010 yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilishlari davlatimiz tomonidan ta’lim –tarbiya sohasiga bo’lgan katta e’tibordan dalolatdir.
- Maktabgacha ta’lim muassasasalarida pedagog tarbiyachi bola uchun doimo namunadir. Zero, maktabgacha tarbiya muassasasida xodimlar tarbiyalanuvchiga keng hamkor sifatida muloqot qilishlari, erkin firklashiga omil bo’ladigan jihatlarni hamisha e’tiborda tutishlari, bolaning “meni”ni inkor ‘etmasdan suhbat qurishlari mashg’ulotlarni bola qiziqishlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo’llagan holda faoliyat olib borishlari zamonaviy ta’lim tizimining bugungi talabidir.
- Bola shaxsiga qaratilgan faoliyat yangi ta’lim modeli sifatida maktabgacha ta’lim pedagogikasidan kirib kelgan. Bola mehribon, hayrixoh, dilkash, vijdonli, to’g’riso’zli, maqsadga intiluvchan, tashabbuskor, qat’iyatli, faol, mehnatsevar, mas’uliyatli, ziyrak, vazmin, dovyurak, mustaqil, ishchan, kuzatuvchan, bilimdon kabi sifatlarga ega bo’lishi bu ta’limining natijasi bo’lib hisoblanadi.
- Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch” asaridagi quyidagi so'zlarni maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyani tashkil etishning ilmiy metodologik asosi ekanligini unutmaslik kerak: “Yoshlarning ma'naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to'xtalib o'tish o'rinli, deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan boqib, undan o'zicha ma'no topishga intiladigan murg'ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo'g'irchoq va o'yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”.
- Tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi doimiy yaqin muloqotda bo’lishi har bir bola bilan har kuni alohida fikr almashib, uni eshitishi, murg’ak insonning shaxsiy qarash va munosabatlarini shakllantirib borishga katta zamin yaratadi hamda kichkintoyda himoyalanganlik tuyg’usini mustahkamlab, mustaqil shaxs sifatida shakllanishiga keng yo’l ochadi.
- Bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim modelining maqsadi – bola shaxs sifatida to’liq shakllanishiga xizmat qialdi. Uni belgilangan standart bo’yicha o’zgartirish emas, balki uni, qanday bo’lsa, shundayligcha qabul qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |