Qo’shma gap rus tilida ham, o’zbek tilida ham tuzilishi va mazmuniga ko’ra o’ta
murakkab bo’lib, har bir tilning uz imkoniyatlari doirasida namoyon bo’ladi. Tuzilish
jihatidan alohida ta‘kidlashga loyiq hodisa shuki, o’zbek tilida, rus tilidan farqli holda,
ergashgan qo’shma gaplarning ma‘lum turida ergash gapning kesimi shaxsli
(tuslangan) fe‘l bilan omas, balki ravishdosh bilan ifodalanadi; Etik ochilib
Cho’lponoyning onasi ko’rindi (P. Qodirov). Rus tilida esa qo’shma gap
tarkibidagi har bir predikativ qismning kesimi shaxsli (tuslangan) fe‘l bilan ifodalanadi:
Bo’lagodarya tomu chto m strogo sobo’lyudaem grafik dvijenii poezdov, kolichestvo
perevozok znachitelno uvelichivaetsya (Gazetadan).
Rus tilida ergashgan qo’shma gaplar “slojnopodchinenne predlojeniya
neraschlenennoy struktur” va “slojnopodchinenne predlojeniya raschlenennoy struktur”
deb ikkiga ajratiladi. Birinchi tur qo’shma gapda ergash gap bosh gapdagi ot bilan
ifodalangan bo’lakka bevosita taalluqli bo’ladi, shu bo’lakni aniqlaydi (sifatlaydi);
boshqa tur sifatlovchilardan farqi shuki, tarkibida ega bo’lak qatnashadi, demak, tuzilishi
jixatidan gapga teng bo’ladi. Qiyos qiling: On vzyal knigi, kotore nujn yemu.—On vzyal
knigi, nujne yemu. Birinchi misol aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga, ikkinchi misol
esa sifatdosh oborotli sodda gapga teng.
Ko’rinadiki, bu qismlar sintaktik aloqa nuqtai nazaridan bir xil; birini gap,
ikkinchisini bo’lak deb belgilashda ularning ichki sintaktik surilishidan kelib chiqiladi.
Bunday ergash gapli qo’shma gapda asli ikki predikativ bog’lanmashshg teng mavqedagi
aloqasi sodir bo’lmaydi, ergash gap boshqa bir gapga emas, balki o’sha gap tarkibidagi
ma‘lum bir so’zshaklga taalluqli bo’ladi. Faqat predikativlik belgilarga to’liq ega ekanligi
(to’liq shakllangan ega va kesimning mavjudligi) tufayli uni gap deb tan olish lozim
bo’ladi.
O’zbek tilida sifatlovchi odatda sifatlanmishidan oldin joylashadi, bunday holat
sifatlovchi yakka so’zshakl bilan ifodalanganda ham, birikma bilan ifodalanganda ham
birdek voqe bo’ladi: U kerakli kitobo’larni oldi.— U o’ziga kerakli kitobo’larpi oldi kabi.
O’zbek tilida, rus tilidan farqli holda, predikativ bog’lanma ham sifatlovchi bo’lib kela
oldi: U qarilikdan... chetlari qizargan ko’zlarini Gulnorga allaqanday hirs bilan tikdi
(Oybek). Predikativ bog’lanma sifatlovchi bo’lib kelishi uchun ma‘lum o’o’zgarishlar
yuz beradi, albatta. Masalan, Men yoqtirdim predikativ bog’lanmasi sifatlovchi bo’lib
kelishi uchun tuslovchi tashlanishi, zamon yasovchisi esa sifatdosh yasovchisiga
almashtirilishi lozim, Natijada predikativ bog’lanma gaplik holatini yuqotib, sifatlovchi
bo’lakka xos shakl oladi. Bunday o’zgarishlardan keyin predikativ bog’lanmani
gap deb bo’lmaydi: Men yoqtirgan kuyni chaling kabi.
Rus tilida qo’shma gap bilan ifodalangan mazmun o’zbek tilida ham ko’pincha
gap bilan ifodalanadi: Выпал обильный снег, поэтому стало ходить трудно.— Qor
juda qalin yog’di, shu sababli yurish qiyinlashdi kabi. Bundan qat‘i nazar, rus tilida
qo’shma gap bilan ifodalanadigan mazmunni o’zbek tilida sodda gap bilan ifodalash ham
anchagina uchraydi, bunda rus tilida gap bilan ifodalangan mazmun o’zbek tilida oborot
bilan ifodalanadi: Я знаю, что ты сегодня работаешь.— Men sening bugun
ishlashingni bilaman. Он благодарен тебе за то, что ты оказал помощь его
матери.—U sendan onasiga yordam berib turganing uchun minnatdor kabi. Bu
mazmunni o’zbek tilida qo’shma gap bilan ham ifodalash mumkin: U sendan minnatdor,
chunki sen uning onasiga yordam berib turding kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |