37
Nopredikativ bog’lanma doim ikki a‘zodan tarkib topadi, ulardan biri tobe,
ikkinchisi esa hokim bo’ladi. Predikativ bog’lanmada uning hokim a‘zosi odatda oldin,
tobe a‘zosi keyin joylashadi, nopredikativ bog’lanmada, aksincha, tobe a‘zo ko’pincha
oldin, hokim a‘zo esa keyin joylashadi. Muhim farq shuki, predikativ bog’lanmada uning
har ikki a‘zosi so’zshakl bilan ifodalanadi, shunga ko’ra har ikkisi sintaktik bo’lak (ega,
kesim) sifatida shakllanadi. Nopredikativ bog’lanmalarda esa uning tobe a‘zosi ko’pincha
so’zshakl bilan ifodalanadi, shunga ko’ra shu a‘zogina sintaktik bo’lak (masalan,
to’ldiruvchi) sifatida shakllaiadi.
Nopredikativ bog’lanmalar (bular birikma deb ham yuritiladi) turlicha tasnif
qilinadi, shulardan biri tobe a‘zosining sintaktik mohiyati asosida tasniflash bo’lib, bunda
sifatlovchili birikma, to’ldiruvchili birikma, holli birikma kabi bog’lanmalar ajratidadi.
Birikmalarning tobe a‘zosi (sifatlovchi, to’ldiruvchi, hol) gapning ikkinchi
darajali bo’lagi deb yuritilar edi, keyingi yillarda yoyuvchi bo’lak deb talqin qilinmoqda.
Bunday yondashuvga ko’ra avval predikativ bog’lanma (gap) tuziladi, keyin kesimga,
egaga doir yoyuvchi bo’lak qo’shiladi (kiritiladi), o’z navbatida bu yoyuvchi bo’lak ham
yoyilishi mumkin. Agar bu fikrga qo’shilsak, sintaktik bo’lak uchun qurilish ashyosi
bo’lib so’zshakldan yirik sintaktik birlikning (birikmaning, gapning) kela olishini inkor
etgan bo’lamiz. Aslida sintaktik bo’lakning yoyilishida emas, balki sintaktik bo’lakning,
so’zshakldan tashqari, turli-tuman bog’lanmalar bilan ifodalanishi haqida gapirish o’rinli.
Gap qurilishida biror bo’lakning boshqa bir bo’lakka gapga bir butun holda taalluqli
bo’lishi alohida masala bo’lib, bu masalani hal etishda yoyuvchi bo’lak tushunchasiga
zaruriyat yo’q.
To’ldiruvchili birikmalar rus va o’zbek tillarida mohiyat jihatidan bir xil.
To’ldiruvchi to’ldirilmishiga boshqaruv usuli bilan bog’lanadi: to’ldirilmish bo’lib kelgan
leksemaning ma‘nosi bog’lanadigan to’ldiruvchi qaysi sintaktik shaklda kelishini
belgilaydi. To’ldiruvchining ikki turi ajratiladi: vositasiz to’ldiruvchi (pryamoe
dopolnenie) va vositali to’ldiruvchi (kosvennoe dopolnenie).
Holli birikmalar ham rus va o’zbek tillarida mohiyat jihatidan bir xil. Hol bilan
hollanmish orasidagi sintaktik aloqa ikki xil: 1) Hol vazifasida shakl o’o’zgarishi yo’q
birlik (ravish, ravishdosh; o’zbek tilida sifat ham) kelsa, hollanmishiga bitishuv usuli
bilan bog’lanadi: uzoq II yaxshi 11 miriqib dam olmoq; stoyat dolgo 11 obo’lokotivshis
na perila kabi; 2) so’zumso’z vazifasida ma‘lum kelishikda yoki ko’makchi (rus tilida
predlog) bilan shakllangan so’zshakl kelsa, hollanmishiga boshqaruv usuli bilan
bog’lanadi: U universitetga ketdi.— On ushel v universitet. By yil bahorda
yog’ingarchilik ko’p bo’ldi. V etom godu vesnoy osadkov bo’lo mnogo kabi.
Sifatlovchili birikmalar rus va o’zbek tillarida keskin farq qiladi. Rus tilida
sifatlovchilar moslashadigan va moslashmaydigan sifatlovchi deb ikkiga ajratiladi.
Asli tom ma‘nodagi, ya‘ni ham grammatik, ham semantik jixatdan sifatlovchi deb
qarashga loyiq sifatlovchi — moslashadigan sifatlovchi. Chunki bunday sifatlovchi
vazifasida predmetning belgisini anglatadigan turkum leksemasi keladi va u sifatlanmish
otning grammatik shakliga mos holda grammatik ko’rsatkich oladi hamda moslashib
o’zgaradi: chistaya bumaga,ch istuyu bumagu kabi.
Rus tilida sifatlovchili birikmaning tobe a‘zosi (sifatlovchi) hajm a‘zosiga
(sifatlanmishiga) qarab grammatik ko’rsatkich oladi, grammatik ko’rsatkichlar orasida
mutanosib o’zgarish yuz beradi. Lekin birikma doirasida na hokim a‘zoning, na tobe
a‘zoning grammatik shakli aniq bo’lmaydi, bunday birikmaning a‘zolari nutqda aniq bir
grammatik shakl kasb etadi. To’g’ri, sifatlovchili birikmani alohida birlik sifatida talaffuz
etish zarur bo’lsa, uni ma‘lum rod, birlik, bosh kelishik shaklida aytamiz, chunki shunday
grammatik shakl sifatlovchili birikma uchun bosh shakl deb qabul qilingan: cherny
karandash, bolshaya lampochka, sinee nebo kabi. Bunday bog’lanmada tugallanmalarni
38
to’rtburchakka olsak, qolgan qism birikmaning asosiga teng bo’ladi: cherny, karandash,
bolshaya, lampochka, sinee, nebo. Tilda bunday, sifatlovchili birikmaning andozasi bor:
(asos + tugallanma) x (asos – tugallanma), bu andozada qaysi tugallanmalar (o’z-o’zidan,
qaysi leksemalar ham) qatnashuvi nutqdagina aniq bo’ladi. Demak, rus tilida sifatlovchili
birikmaning tobe a‘zosi birikma doirasida grammatik shakllanib yetmaydi; bunday
birikmaning hokim a‘zosi ham (asli birikmaning o’zi ham) nutqda tugal grammatik
shakllanadi.
O’zbek tilida barcha sonlar sifatlanmishiga bitishuv usul bilan
bog’lanaveradi. Yana bir farq shuki, rus tilida dva va undan yirik son sifatlovchi bo’lib
kelganida sifatlanmish ot asosan ko’plik ,shaklida ishlatiladi: dva studenta, lekin dvux
studentov; pyat stydenmov kabi; o’zbek tilida, sifatlovchi qaysi son bilan ifodalanishidan
qat‘i nazar, sifatlanmish ot birlik shaklida ishlatiladi: ikki student, o’n student kabi. rus
tilidan farqli holda o’zbek tilida sifatlovchi bo’lib ba‘zan ravish ham keladi: ko’p gap, oz
gap, tez odam kabi. Ko’rinadiki, bu vazifada sifat tur ravishlargina kela oladi. Rus tilida
ravish sifatlovchi bo’lib kelmaydi. O’zbek tilida sifatlovchi ot bilan ham ifodalanadi:
oltin soam, g’isht devor kabi. Bunday vazifada asosan jism otlari keladi. Sifatlovchi
vazifasida kelgan bunday ot grammatik shakli jihatidan sifatga tenglashadi: son va
kelishik shakllariga ega bo’lmaydi.
Rus tilida sifatlovchining moslashmaydigan turi ham ajratiladi. Bunday
sifatlovchi asosan sifatlanmishidan keyin joylashadi.
O’zbek tilining rus tilidan farqli hodisalaridan biri — qaratuvchili birikma:
dushmanning xujumi, qovunning urug’i,shaharning chekasi kabi. Bunday birikma rus
tilidagi nastupiv vraga, semena dni, okraina goroda kabi birikmalarga eng yaqin
turadi, lekin teng emas.
Tasvirlanayotgan birikmaning tobe a‘zosi qaratuvchi deb hokim a‘zosi qaralmish
deb yuritiladi. hozirgacha qaratuvchi bilan qaralmishning sintaktik aloqasi moslashuv deb
kelinadi. Aslida esa tom ma‘nodagi moslashuv emasligi allaxachon ta‘kidlangan edi-yu,
lekin uzil-kesil yangi talqin berilmadi. haqiqatda, qaratuvchili birikmada hokim a‘zo tobe
a‘zoning grammatik shakliga to’liq moslashmaydi. Hokim a‘zoga qo’shiladigan
nisbatlovchi tobe a‘zoga mutanosib holda tanlab qo’shiladi, lekin bunday mutanosibo’lik
bu a‘zolarning grammatik shakllari orasidagina voqe bo’lmaydi. Masalan, shaxs ma‘nosi
tobe a‘zo vazifasidagi so’zshaklning asosidan anglashiladi, hokim a‘zoda esa 6o’
ma‘noni gramatik ko’rsatkich (nisbatlovchi) ifodalaydi. Faqat qaratuvchi o’z so’zi bilan,
hama kabi omosh bilan ikki kabi son bilan ifodalanadigan birikmalarda moslashuv voqe
bo’ladi: o’zimning uyim,hammamizning uyimiz, ikkimizning uyimiz kabi. Ko’rinadiki,
bunday qaratuvchi bilan qaralmish tarkibida ayni bir nisbatlovchi qatnashadi. Agar
bunday ko’rilma asli uch a‘zoli ekanini hisobga olsak (mening o’zimning uyim kabi),
unda tushiriladigan a‘zo asl qaratuvchi ekanini, qatnashadigan a‘zo esa ta‘kidlovchi
ekanini sezish qiyin emas. Demak, bunday qurilmalarda ham asli qaralmish tarkibidagi
nisbatlovchi shaxs jixatidan qaratuvchi vazifasidagi so’zshaklning asosiga mutanosib
qo’shiladi. Modomiki mutanosibo’lik grammatik ko’rsatkichlar orasida emas, endi
bunday sintaktik aloqani moslashuv deb bo’lmaydi.
Demak, qaratuvchili birikmaning ayrim ko’rinishlarida son jihatidan moslashuv
voqe bo’ladi yoki son jihatidan mutanosibo’lik yo’qoladi, qolgan ko’rinishlarida esa son
jihatidan muvofiqlashuv sodir bo’ladi.
O’zbek tilida rus tilidagidaek muntazam moslashuv qonunlari yo’q. Odatda
o’zbek tilida (boshqa turkiy tillarda bo’lganidek) kesim ega bilan shaxs va sonda
moslashadi deb xisobo’lanadi. Biroq bu xil moslashuvda tobe bo’lak hokim bo’lakka
nisbatan grammatik jihatdan erkinroq bo’ladi, binobarin, hokim bo’lak tushib qolganda
ham, tobe bo’lak o’zining oldingi formasini saqlab qola oladi. Masalan, Men oldim
gapida ega (men olmoshi) qo’llanmagan taqdirda ham, kesim (oldim so’z formasi)
birinchi shaxs, birlik ko’rsatkichi bilan qo’llana oladi.
39
Rus tilida moslashuv, asosan, ikki xil birikmada bo’ladi: birinchisi — kesimning
ega bilan rod, son va shaxsda moslashuvi, ikkinchisi — aniqlovchining aniqlanmish ot
bilan rod, son va kelishikda moslashuvidir. Rus tilida moslashuvning to’liq va to’liqsiz
formalari ham mavjud.
Rus tilidagi boshqaruvda esa hokim so’z (ko’pincha fe‘l) tobe so’zning ma‘lum
bir kelishikda, predlogsiz yoki predlogli ergashib kelishini talab qiladi. Bundan tashqari,
rus tilida predloglarning ayrim guruhlari otlarning ma‘lum bir vositali kelishikda
bo’lishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: