O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi



Download 0,67 Mb.
bet12/27
Sana27.04.2023
Hajmi0,67 Mb.
#932362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 26 04 Каф LOTIN

O’quvchilarda tayanch-harakatlanish tizimining morfofunksional xususiyatlari. O`smirlarning jismoniy rivojlanishi mobaynida bir qator o`zgarishlar yuz beradi. Xususan tayanch-harakatlanish tizimida morfofunksional qayta qurilishlar bo`lib, ular quyidagilardan iborat: 15 yoshdan keyin kichik mushaklar intensiv rivojlanadi, mayda harakatlar koordinasiyasi va aniqligi shakllanadi. Mushak sistemasi bola ulg'aygan sari rivojlanib boradi. Chunonchi, chaqaloqda barcha mushaklar vazni tana vaznining 23% ini, 8 yashar bolada 27% ini tashkil etadigan bo'lsa, 17-18 yoshda 43-44% ini tashkil etadi. Mushaklar vazni ortib, shunga yarasha kuch ham ko`payadi, natijada organizmning uzoq muddat ishlay olish qobiliyati ortadi. Muskul vazni va muskul kuchlarining ortishi jinsiy balog'atga yetishning oxirlarida nisbatan jadalroq amalga oshadi. Bunda o'g'il bolalarda muskullarning rivojlanishi erkaklarga xos tipda, qiz bolalarning yumshoq to`qimalari esa ayollarnikiga xos tipda amalga oshadi. Bu jarayonlarning nihoyasiga yetishi esa o`smirlik davridan keyin amalga oshadi.
Muskul kuchlarining ortishi o`smir jismoniy imkoniyatlarini kengaytiradi. Buni bolalar juda yaxshi anglaydilar va ularning har biri uchun bu juda muhim ahamiyatga ega. Biroq o`smir muskullari kattalarnikiga qaraganda tez toliquvchan bo'ladi va davomli kuchlanishlarga dosh berolmaydigan boladi. Shuning uchun va jismoniy mehnat bilan shug`ullanishda buni inobatga olish lozim. Shuningdek, 15 yoshda ko`krak qafasi ko'ndalang diametri kattalashadi. Keyinroq gavdaning o`sishi ko'krak qafasining o'sishidan tezlashadi. 12 va 13 yoshlarda ko'krak qafasining shakli katta odamnikiga o'xshab qoladi, lekin o'lchamlari kichikroq bo'ladi. Ko'krak qafasi jinsiy jihatdan 15 yoshdan farq qila boshlaydi, sagital hajmi tez ortadi. Nafas olganda o'g'il bolalarda ko`krak qafasida pastki qovurg'alar, qizlarda esa yuqorigi qovurg'alar ko'tariladi. Ko'krak qafasi aylanasida ham jinsiy farq bo'ladi. O'g'il bolalarda 8 yoshdan 10 yoshgacha ko'krak qafasining aylanasi bir yilda 1-2 sm, 11 yoshdan boshlab 2-5 sm ga ortadi. 11 yashar o'g'il bolalarda ko'krak qafasining o'sishi qiz bolalarnikiga qaraganda sekinlashadi. Jinsiy voyaga yetish davrida, yoz va kuz oylarida ko'krak qafasining aylanasi tez o'sadi. Ko'krak qafasining rivojlanishi skelet muskullarining rivojlanishiga ham bog'liq [2.41; 2.56].
Ma’lumki, 10-12 yoshlarda suyakning g'ovak moddasi jadal o'zgaradi. Bolaning yoshi qancha kichik bo'lsa, suyak ust pardasi suyakning zich qavatiga shuncha yopishadi, 7 yoshda suyak ust pardasi zich qavatdan ajralib turadi. 7 dan 10 yoshgacha naysimon suyaklarning ilik qismi o'sishi sekinlashadi, 11-12 yoshdan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to'la shakllanib bo'ladi. O`smirlik yoshida umurtqa pog`onasining o`sishi bo`yning o`sish tempidan orqada qoladi. Chunki 14 yoshgacha umurtqa pog`onalari o`rtasidagi oraliqlar tog'aylar bilan to`lgan bo`ladi, bu esa ortiqcha jismoniy zo`riqish, tana holatining noto`g`ri turishi tufayli umurtqa pog'onasining noto`g`ri rivojlanishga moyilligini bildiradi. Umurtqa rivojlanishini buzilishining eng ko`p holati 11-15 yoshlarga to'g'ri keladi va ayni shu yoshlarda ro`y berishi mumkin bo`lgan defektlarni ham bartaraf etish ham oson kechadi. 20-21 yoshlarga yetib tos suyaklarining o`sishi yakunlanadi (shu davrda qizlarning jinsiy organlari ham yetiladi). Jinsiy balog'atga yetish davrida o'sish tezligi yana ortadi, har yili o'sish 5-10 sm ni tashkil etadi. Tana o'sishining eng ko'p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o'g'il bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo'yning o'sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o'g'il bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4,5-5 kg dan 14-15 yoshda har yili 5-8 kg ortadi. O'g'il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi, 15 yoshdan boshlab esa ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi. Lekin, faol o'sish davrlari jadal differensiyalashuv davrlari bilan mos kelmasligi mumkin. Tananing bo'yi va eni o'rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo`lishining uchta bosqichini ajratish mumkin: 4 yoshdan 6 yoshgacha, 6 dan 15 yoshgacha va 15 dan to voyaga yetgunga qadar. Agar, pubertatoldi davrida umumiy bo'y oyoqlarining o'sishi hisobiga ortsa, pubertat davrida esa tananing o'sishi hisobiga (suyaklarning qalinlashishi va mushak to'qimalarining o'sishi) ortadi [2.41; 2,56].
1.1-чизмада ўғил болалар ва қизларда бўй узунлигининг ёшга қараб ортиб бориши кўрсатилган [2.47].

1.1-chizma. O‘g‘il bolalar (1) va qizlarda (2) bo‘y uzunligining yoshga qarab o‘zgarishi (Физическое развитие детей и подростков на рубеже тысячилетий. М, 2008)
Juda ko‘plab to‘qimalarga nisbatan mushak to‘qimalari tug‘ilishgacha to‘liq darajada yetishmaydi, shu sababli yoshga nisbatan ilgariroq tempda o‘sadi. Tug‘ilgan mudatdan, to yetilishning boshlanishiga qadar uning massasi 37 bor ortsa, tananing umumiy massasi bor yo‘g‘i 21 marta oshadi. Tananing umumiy massasidagi mushakli komponentlarning ulushi bolalik yillarida sust o‘sadi, pubertat davrida esa tez o‘sadi. Rivojlanishning akseleratsiyasiga bog‘liq holda hozirgi davrda o‘g‘il bolalarda pubertat davr ancha ilgari, ya’ni 12 dan 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlarda siljiydi va umumiy tana massasidagi mushak komponentlarining foizi bir tekisda o‘sadigan bo‘ladi [2.34].
Quyidagi chizmada (1.2-chizma) 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda tanasidagi mushak komponentlarining mutlaq (kg) va nisbiy (%) o‘lchamlarining yoshga oid dinamikasi keltirilgan [2.34].



1.2-chizma. O‘g‘il bolalar tanasidagi mushak komponentlarining
mutlaq (kg) va nisbiy (%) o‘lchamlarining yoshga oid dinamikasi
Manba: Нуриддинов Э.Н. ва б. / Ўқув қўлланма. Самарқанд – 2011.



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish