1-jadval.
5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tashqi
nafas ko‘rsatkichlarining dinamikasi
Манба: Нуриддинов Э.Н. ва б. / Ўқув қўлланма. Самарқанд – 2011.
Yosh
|
Ko‘rsatkichlar
|
Nafas chastotasi (sikl/daqiqa)
|
Nafas chuqurligi (ml)
|
Nafasning daqiqalik hajmi (ml)
|
O‘pkaning tiriklik sig‘imi (sm3)
|
O‘g‘il bolalarda
|
Qizlarda
|
5 yosh
|
24
|
151
|
3500
|
1200
|
1200
|
6 yosh
|
24
|
156
|
3500
|
1250
|
1250
|
7 yosh
|
23
|
136
|
3650
|
1440
|
1250
|
8 yosh
|
22
|
170
|
3800
|
1600
|
1300
|
9 yosh
|
21
|
230
|
4100
|
1700
|
1450
|
10 yosh
|
20
|
230
|
4300
|
1800
|
1650
|
11 yosh
|
19
|
254
|
4600
|
2100
|
1800
|
12 yosh
|
18
|
260
|
4700
|
2200
|
2000
|
13 yosh
|
18
|
280
|
4800
|
2300
|
2100
|
14 yosh
|
17
|
300
|
4900
|
2700
|
2400
|
15 yosh
|
17
|
375
|
5400
|
3200
|
2700
|
16 yosh
|
16
|
400
|
5600
|
4000
|
2800
|
17 yosh
|
17
|
420
|
6200
|
4200
|
3000
|
Hayotning birinchi oyida nafas chastotasi daqiqasiga 48 sikldan iborat bo‘ladi va asta-sekin kamaya boradi, faqat 14-15 yoshga kelib voyaga yetgan odamlarnikiga tenglashadi. Nafas olish chuqurligi va nafas olishning daqiqalik hajmi ortadi. Nafas olishning daqiqalik hajmining mutlaq o‘lchami 8 yoshgacha o‘g‘il va qiz bolalarda deyarlik teng, 8 yoshdan keyin esa o‘g‘il bolalarda nafas olishning chuqurligi hisobiga 6-8% yuqori bo‘ladi. Bunday holatning yuz berishiga asosiy sabab nafas olish tiplarining pubertat oldi davrining boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tabaqalanishidir, ya’ni o‘g‘il bolalarda qorin tipidagi va qiz bolalarda esa ko‘krak tipidagi nafas olishlarning ustun bo‘lishidir.
Nafas olishning daqiqalik hajmining mutlaq uning nisbiy o‘lchami bolalarda voyaga yetganlarnikidan yuqoridir. 14 yoshli o‘smirlarning 1 kg tirik massasiga, nafasning daqiqalik hajmi o‘rtacha 125 ml ni tashkil etadi, voyaga yetganlarda bor-yo‘g‘i 80 ml ga teng. Bolalarda nafas olish bir muncha samarasiz. 2 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kisloroddan foydalanish foizi sekin-asta ko‘tarila boshlaydi va faqatgina 3,0 dan 3,6% gacha va faqat 17 yoshga voyaga yetgan odamlar ko‘rsatkichlariga yetib boradi (4,3-4,5%). Nafasning daqiqalik hajmi 25-30 l dan bolalarni organizmi 1 l kislorod ajratib oladi, o‘smirlarda – esa 32-34 l. va voyaga yetgan odamlarda 24-25 l dan oshadi. Bir nafas olish siklda o‘smirlar 14 ml kislorod iste’mol qiladi, voyaga yetganlar esa – 21 ml. Shunday qilib, bolalar nafas apparatlarining kuchlanishini faoliyati tufayli nisbatan ko‘p kislorod iste’mol qiladi [2.34; 2.41; 2.54].
O’quvchilarda hazm tizimi faoliyatining o’zgarishi. O'smirlarning hazm tizimida ham yoshga bog`liq bir qator morfofunksional o`zgarishlar kuzatiladi. Xususan, me’da massasi 14-20 yoshda 127 g ga teng bo`lib, me’da mexanik tasirlanganda ajralgan shiraning miqdori katta odamnikidan 2 marta kam. Shuningdek, ingichka ichakda so`rilish jarayonlari ham bolalar va o`smirlarda jadal amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, bolalarning o`sish va rivojlanish jarayonlarida ozuqa mahsulotlarining biologik qiymati muhimdir. Masalan, bolalar va o`smirlarda oqsil yetishmasligi jismoniy rivojlanishda funksional o`zgarishlarga olib keladi
Kunlik ratsiondagi yog` miqdorining energetik qiymati maktab yoshidagilarda 30% ni tashkil qilishi lozim. Yog` miqdorining ovqatda ko`payib ketishi moddalar almashinuvini izdan chiqarib, o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bir kunda sarflangan energiyaning yarmidan kо`pi uglevodlar hisobiga qoplanadi. Organizm uglevodlarga, ayniqsa muskul ishi paytida ehtiyoj sezadi. Uglevodlar tana, yurak muskuli, shuningdek samarali aqliy mehnat uchun zarur boladi. Ovqatlanish to`g`ri tashkil qilinganda sutka mobaynida o`smir 438-500 gramm uglevod olishi kerak. O'smirning ovqatlanishi vitaminlar jihatidan ham sifatli bo`lmog`i kerak. Vitaminlar organizmning normal o'sishi, rivojlanishi va hayot faoliyati uchun zarur: ular almashinuv jarayonlarini rag'batlantiruvchi va boshqaruvchilar sifatida, ayniqsa assimilyatsiya jarayonida katta ahamiyatga ega.
Ta’kidlash joizki, vitaminlar mehnat qobiliyatini va organizmning turli kasalliklarga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamini oshiradi. Organizm uchun ayniqsa A, B1, B2, PP, B6, C, D vitaminlarining ahamiyati juda muhim. O'smirlik yoshidagi organizmning mineral tuzlarga bo'lgan ehtiyoji katta yoshlilarga nisbatan katta. Bunga organizmning tez o`sishi va shakllanishi, shuningdek, moddalar almashinuvining juda jadal kechishi imkon beradi. Organizmga zarur bo`ladigan mineral tuzlarga natriy, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, marganets va boshqalar kiradi. Shuningdek, o`quvchi yoshlar vujudi, bir tomondan, jadal o`sish va rivojlanish bilan xarakterlansa, ikkinchi tomondan, o`qish va jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug`ullanishi tufayli beriladigan ruhiy-hissiy va jismoniy yuklamalar ular organizmidagi ko`pgina fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga kattalarnikiga qaraganda kuchli ta’sir ko`rsatadi [2.54; 2.56].
Do'stlaringiz bilan baham: |