O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi


Bolalar va o‘smirlarda jismoniy rivojlanish darajasining



Download 0,67 Mb.
bet15/27
Sana27.04.2023
Hajmi0,67 Mb.
#932362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
ХФ ДИСС 26 04 Каф LOTIN

1.2. Bolalar va o‘smirlarda jismoniy rivojlanish darajasining
ilmiy tahlili

Ma’lumki, turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari qadim zamonlardan beri olimlarni qiziqtirib kelgan eng muhim masalalardan biridir. Bu boradagi ishlarning ilmiy tus olishi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ayni shu davrda fransuz olimi P.Brok hamda Belgiyalik tadqiqotchi L.A.Ketlening ishlari jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini turli darajada o‘rganishga bag‘ishlangan edi [2.7].


Rossiya Federatsiyasida ushbu sohaga bag‘ishlangan ishlar XIX asrning 90-yillarida yuzaga keldi. Jumladan, 1879 yilda F.F.Erisman tomonidan Moskva viloyatida o‘tkazilgan tadqiqotlar ancha qiziqarli natijalarni namoyon qildi. Aynan uning rahbarligi ostida turli yoshdagi o‘quvchilar va talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi va tahlil qilindi. F.F.Erisman maktab o‘quvchilarining jismniy rivojlanish darajasida ma’lum qonuniyatlar borligini payqadi va ko‘plab izlanishlar natijasida tegishli qonuniyatni aniqladi va uni Erisman indeksi deb atashni ma’qul topdi.
Dastlabki yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar sodda va oddiy usullarga asoslangan bo‘lib, ayrim ko‘rsatkichlarnigina o‘z ichiga olgan. Bunda natijalar oddiy arifmetik qoidalar asosida hisoblangan. Keyinchalik ko‘rsatkichlar soni oshib borgan sari ularni ifodalashda, o‘zaro taqqoslashda, tegishli meyorlar ishlab chiqib, natijalarni solishtirishda matematik usullar keng qo‘llanila boshlandi. Birinchi marta matematik statistika usulidan samarali foydalangan tadqiqotchi V.V.Bunak o‘sish va rivojlanishda ko‘plab qonuniyatlar borligini isbotlab berdi. Keyinchalik (1930 yillarga kelib) nafaqat antropometrik yoki somatometrik ko‘rsatkichlar, balki fiziometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish ham keng avj oldi. Bunda organizmning fiziologik imkoniyatlarini o‘rganish ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirishi tabiiy hol [2.7].
Hozirgi paytda jismoniy rivojlanishning barcha ko‘rsatkichlarini uch guruhga ajratib o‘rganish qabul qilingan. Bular somatometrik, fiziometrik va somatoskopik ko‘rsatkichlardir. Odam organizmida somatometrik hamda fiziometrik ko‘rsatkichlardan tashqari teri osti yog‘ qavati qalinligi, ko‘krak qafasi, orqa va elka, oyoqlar va tovon shakli, qad-qomatning shakllanishi kabilar ham o‘rganiladi. Bular jismoniy rivojlanishning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari bo‘lib, somatoskopik ko‘rsatkichlar deyiladi. Samotoskopik ko‘rsatkichlarga yuqoridagilardan tashqari terining holati, tayanch harakat tizimi, skelet, muskullar, umurtqa pog‘onasi, qaddi-qomat, ko‘krak qafasi, qorin, oyoq qo‘llarning holati, tuzilishi, xususiyatlari, shuningdek, tishlar, tanadagi yog‘ qatlami darajasi, balog‘at belgilari va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar o‘rganiladi [2.14; 2.22; 2.25; 2.32].
Bolalarning jismoniy rivojlanishi – ularning salomatligini belgilashning eng muhim mezonlaridan biridir. U jismoniy qobiliyatni belgilab beruvchi ko‘rsatkich sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda, jismoniy rivojlanish darajasi organizmning funksional imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda kompleks morfofuksional belgilarni ifodalaydi.
Yosh ortib borgan sari jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari va darajasi ham proporsional (ayrim hollarda noproporsional) ravishda o‘zgarib boradi. O‘smirlik yoshi organizmning tizimlarida murakkab morfofunksional qayta qurilishlar yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi.
O‘sish tezligi biologik qonunlarga bo‘ysunadi, ammo bu jarayon tashqi muhit omillariga ham bog‘liq. Bu omillarning ba’zilari o‘sishni rag‘batlantirsa, boshqalari unga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, bolalarning jismoniy rivojlanishi baholanganda, irsiyat omillaridan tashqari, ular o‘sayotgan ijtimoiy-gigiyenik sharoitlarni ham e’tiborga olish kerak. Jismoniy rivojlanish aholi salomatligini ifodalovchi juda aniq ko‘rsatkichlardan biri. Unga asoslanib davlat va jamiyatning sotsiologik holati haqida ham fikr yuritish mumkin [2.29; 2.38; 2.39; 2.45].
O‘sish va rivojlanish salomatlik hamda odam organizmining meyoriy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ekanligi barcha mualliflar tomonidan e’tirof etilgan. Terminologik lug‘atda o‘sish va rivojlanishga quyidagicha ta’rif berilgani ham fikrimizning yaqqol isbotidir. “Bolalar hamda o‘smirlarning jismoniy o‘sish va rivojlanishi bu – ularning salomatlik holatini, biologik rivojlanish darajasini va meyoriy rivojlanishini o‘z ichiga olgan muhim mezondir” [2.42].
Dunyo miqyosida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli yoshdagi bolalar, o‘quvchilar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanish darajasi meyor ko‘rsatkichlaridan u yoki bu darajada farq qiladi. Adabiyotlarda keltirilishicha, dunyoning ko‘plab mamalakatlarida semirib ketgan bolalar va o‘smirlar sonining barqaror o‘sishi qayd etilmoqda. O‘smirlik davrida yuzaga keladigan ko‘plab kasalliklar, jumladan, arterial gipertenziya, yurak va qon tomir tizimining turli kasalliklari, bronxial astma, endokrin va ruhiy kasalliklar semirib ketish bilan bog‘liqligi aniqlandi [2.12; 2.29; 2.60].
Ma’lumotlarga qaraganda, iqtisodiyoti jadal rivojlangan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha tana vaznining uchrashi so‘nggi yillarda 4 martaga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa 1,5-2 martaga ortgan [2.57; 3.1].
Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan tadqiqotlar ham bir qator qiziqarli holatlarni namoyon etdi. Rostov-Don shahridagi o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasi o‘rganilib, unda ma’lum bo‘lishicha, 2007-2008-yillarda olingan natijalarga ko‘ra tekshiriluvchilarning somatometrik ko‘rsatkichlari, jumladan, bo‘y uzunligi, tana vazni, tana vazni indeksi va ko‘krak qafasi aylanasi 1997-1998-yillarda olingan ma’lumotlar bilan solishtirilganda yuqori ekanligi aniqlangan. Bunday natijalar barcha yosh-jins guruhlari uchun talluqli. Aksincha, fiziometrik ko‘rsatkichlar, xususan o‘pkaning tiriklik sig‘imi, muskullar kuchi solishtirilganda, 1997-1998-yillarga nisbatan 2007-2008-yillarga kelib pasayganligi ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bugungi kundagi o‘quvchilar organizmining funksional imkoniyatlari so‘nggi 10 yil ichida yomonlashgan. Fiziometrik ko‘rsatkichlarning pasayish holatlari Kirov, Nijegorod viloyatlaridagi o‘quvchilarda, Moskva shahri hamda Moskva viloyatining maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida, Moskva shahrida talabalarda, Abxaziya mintaqasi aholisining barcha yoshli guruhlarida kuzatilgan [2.8; 2.10; 2.55].
Irkutsk viloyatida o‘tkazilgan tadqiqotlarda jismoniy rivojlanishni baholash borasida tekshiriluvchilar yashab turgan hududni e’tiborga olish muhimligi qayd etilgan. Chunki shahar va qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, tabiat va iqlimning ta’siri bir xil emas. Shu sababli qishloq joylarida doimiy yashovchi bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari shaharda istiqomat qiluvchi bolalarnikidan farq qiladi [2.13].
O‘quvchilar va o‘smirlar orasida eng ko‘p tarqalgan holat tana massasining kam yoki ko‘pligi bilan bog‘liq. Xususan, Tyumen viloyatida shahar maktabi o‘quvchilarida 24,9%, qishloq maktabi o‘quvchilarida esa 15,3% holatda ortiqcha tana vazni kuzatilgan. Shuningdek, iqtisodiyoti jadal rivojlangan AQShda keyingi o‘n yillikda bolalar va o‘smirlar orasida ortiqcha tana vazni 4 martaga, Yevropa hududidagi mamlakatlarda esa 1,5-2 martaga ortgan. Masalaning muhim jihati shundaki, o‘smirlik davrida yuzaga keladigan arterial gipertenziya, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, bronxial astma, endokrin va ruhiy kasalliklar semirib ketish bilan bog‘liq ekani isbotlangan [2.51].
Ayrim tadqiqotlarda esa o‘smirlarda (15-18 yoshlilarda) tana massasining yetishmasligi qayd qilingan. Ta’kidlanishicha, tana vaznining yetishmasligi ko‘p qirrali muammo bo‘lib, uning yuzaga kelishiga ko‘plab omillar (muhit sharoitlari, psixologik omillar va ruhiy kasalliklar, oshqozon-ichak trakti patologiyasi va b.) sabab bo‘ladi [2.43].
Yuqoridagi kabi salbiy holatlar Respublikamizda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham kuzatilgan. Xususan, 15-19 yoshli o‘smir qizlarda ortiqcha vazn 10,7%, tana vaznining yetishmasligi esa 11,9% holatda uchraydi [2.21; 2.23].
O‘tkazilgan kuzatuv va tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, mamlakatimizda bolalarning jismoniy rivojlanganlik darajasi ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari gigiyenik muhitga, ota-onalarning umumiy bilim darajasi, tekshiriluvchilarning kun tartibi, ovqatlanish xususiyatlariga, qolaversa, tibbiy xizmat samaradorligiga chambarchas bog‘liq [2.11].
A.A.Baranov va b. tomonidan 1960; 1980 hamda 2000 yillarda 8-15 yoshli o‘quvchilar o‘tkazilgan tadqiqotlarda shu narsa ayon bo‘ladiki, tekshiriluvchilarning bir qator jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari ortib borgan. Muhimi, bu ortish sinxron ravishda kuzatilgan. Shuningdek, ўқувчиларда оёқларнинг узунлиги, тери ости ёғ қаватларининг қалинлиги ортиб борган. Aksincha, muskul kuchi esa 1960 yilda keyingi yillarga qaraganla yuqoriroq bo‘lgan [2.7].
L.L.Lipanova va boshqalarning o‘tkazgan tadqiqotlari 1894-2017 yillarda somatometrik hamda fiziometrik ko‘rsatkichlar haqida yetarlicha ma’lumot beradi (Rossiya Federatsiyasining ayrim viloyatlarida). Ma’lum bo‘lishicha, 8-16 yoshli o‘quvchilarda 1894-1966 yillarda hamda 2001-2007 yillarda barcha ko‘rsatkichlar oshib borgan. 1966-2000 yillarda esa ko‘rsatkichlar turlicha ko‘rinishga ega bo‘lgan. 1985-2017 yillarda esa fiziometrik ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatilgan. O‘rtacha olganda 12-15 yoshli o‘g‘il va qizlarda jinsga nisbatan sezilardi farqlar ham qayd etilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, aytib o‘tilgan davrlarda somatometrik ko‘rsatkichlarda ortib borish, fiziometrik ko‘rsatkichlarda esa ko‘pchilik hollarda pasayish tendensiyasi kuzatiladi [2.28].
M.A.Bezatyan, A.A.Vinogradovlar XX hamda XXI asrlardagi jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, shuni qayd etishganki, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida antropometrik ko‘rsatkichlar XXI asrda XX asrdagiga nisbatan ham o‘g‘il bolalarda, ham qizlarda yuqori bo‘lgan. Bunda jinsga nisbatan farq kuzatiladi, ya’ni o‘g‘il bolalardagi ko‘rsatkichlar qizlarnikidan yuqoriroq darajaga ega. Jumladan, XXI asrda 13 yoshli o‘g‘il bolalarning tana massasi XX asrdagiga qaraganda 1,37±0,29 marta ortiq bo‘lgan. Xuddi shu ko‘rsatkich 14-yoshli o‘g‘il bolalarda 1,41±0,27 marta, 15-yoshli o‘g‘il bolalarda esa 1,37±0,22 marta ortiq bo‘lgan. Xuddi shu kabi holatlarni boshqa ko‘rsatkichlar misolida ham kuzatish mumkin [2.8].
Tadqiqotchi A.N.Tokarev va boshqalar tomonidan antropometrik va fiziometrik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsion bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida aniqlanishicha, 10-12 yoshli o‘g‘il bolalarda jismoniy ish qobiliyati va muskul kuchi ularning tana massasiga bog‘liq bo‘lar ekan. Bunday holat qizlar misolida ham aniqlangan bo‘lib, ularda bu bog‘liqlik 1 yosh ertachiroq kuzatiladi [2.44].
V.K.Polyakovning tadqiqotlarida qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida istiqomat qiladigan maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari XX asrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori. Bu borada olingan ma’lumotlar akseleratsiya jarayoni davom etayotganidan darak beradi. Tadqiqotlarda Saratov shahridagi maktab o‘quvchilarining o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarida mahalliy o‘ziga xosliklar kuzatilgan. Jumladan, qizlarda bo‘y uzunligi Rossiya Federatsiyasida olingan o‘rtacha natijalardan 3-4 sm yuqori. Tana massasi esa qizlarda ham, o‘g‘il bolalarda ham Rossiyadagi umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqoriroq. Bir vaqtning o‘zida bu ko‘rsatkichlar Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti hamda Yevropa standartlaridan (xususan Germaniya) pastroq ekani ham qayd etilgan [2.38].
O.A.Chernovaning ta’kidlashicha, qishloq maktabi o‘quvchilarida antropometrik ko‘rsatkichlar shahardagi o‘quvchilarga qaraganda yuqoriroq. Umumiy ravishda qishloq va shahar maktabi o‘quvchilarining o‘sish-rivojlanish darajasi meyor darajasida. Fiziometrik ko‘rsatkichlardan o‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘rsatkichlari yosh ortib borgan sari ortib boradi. Tana massasi bo‘yicha tekshirilgan ma’lum yosh orasida juda katta farqlar kuzatilgan. Masalan, 8 yoshli o‘quvchi qizlarda 29,5 kg dan 52,5 kg gacha, shu yoshdagi o‘g‘il bolalarda esa 32,0 kg dan 66,5 kg gacha. Yurak qisqarishlari sonida esa bunday jiddiy farqlar kuzatilmaydi [2.50].
V.M.Krupnova va E.I.Naumenko tomonidan Mordva Respublikasi maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasi va salomatlik holati tahlil qilingan. Bunda maktab o‘quvchilarining 10,9% ida jismoniy rivojlanishida chetga og‘ishlar aniqlangan. Unga ko‘ra, tekshiriluvchilarning 2,3%da bo‘y uzunligi yetishmasligi, 5%da ortiqcha vazn, 3,6%da tana vazni yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar aniqlangan [2.56].
V.S.Masyuk hamda I.M.Shabalinalarning ishlarida qishloq va shahar sharoitida hamda janub va shimol sharoitida yashovchi bolalar va o‘smirlarning juda katta qismida o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rganilgan (Rossiya Federatsiyasidagi Kareliya respublikasi). Natijalarga binoan, tekshiriluvchilarning aksariyat kismida o‘sish va rivojlanishning jadallashuvi kuzatilgan. Biroq bir qator hollarda, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida qator negativ holatlar ham namoyon bo‘lgan. Jumladan, o‘sish va rivojlanishdagi astenizatsiya va disgarmonizatsiya, ayniqsa tana massasining meyor ko‘rsatkichlaridan kamayishi bilan bog‘liq holatlar ko‘p marta qayd etilgan [2.30].
Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini umumlashtirish juda muhim va qiziqarli xulosalarga olib keladi. Quyidagi 2-chizmada 1977-2013 yillar davomida olingan natijalarning umumiy xulosalari keltirilgan.
2-chizma.
Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlarida 1977-2013 yillarda
16 yoshli o‘g‘il bolalarning bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari.
Манба: Физическое развитие детей. / Н.А. Скоблина и др. – М., 2018.


Qora rangdagi ustunlarda – 1977 yil holati.
Oq rangdagi ustunlarda – 2013 yil holati.

O‘zbekistonlik tadqiqotchilardan R.T.Kamilova o‘z ishlarida maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishini o‘rgangan hamda bir vaqtning o‘zida bolalarning kasallanish darajasini tahlil qilgan. Tekshiruvlarda ishtirok etgan bolalar orasida jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar soni ko‘p ekanligi, bu esa o‘z navbatida ularning kasallanish darajasi bilan bog‘liq bo‘lishi tadqiqotlarda o‘z aksini topgan [2.23; 2.24].


Tadqiotchi Sh.T.Iskandarova Toshkent shahrida olib borgan keng ko‘lamli tadqiqotlarida maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasini o‘rgangan hamda olingan natijalar va kasallanishlar orasida uzviy bog‘lanishlar mavjudligini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, aynan jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan maktab o‘quvchilari orasida oshqozon-ichak, surunkali gastrit va revmatizm kasalliklari ancha ko‘p tarqalgan ekan [2.20]. Shuningdek, O.T.To‘xtayevaning ishlarida ham maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasi o‘rganilgan. Bunda jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklar o‘rta yoshli maktab o‘quvchilarida, xususan, 7-sinf o‘quvchilarida ko‘p uchrashi qayd etilgan. Jinsga nisbatan olinadigan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar orasida jismoniy rivojlanish bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘p uchraydi [2.56].
I.I.Olimjonov va hammualliflar (2010) tomonidan yurak qon tomir kasalliklari mavjud bo‘lgan bolalarning jismoniy rivojlanganlik darajasi Pine, Brugsha va Ketle indekslari yordamida o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, 11-14 yoshli bolalarda ko‘krak qafasi aylanasi bo‘y uzunligiga nisbatan kattalashgan (Brugsha indeksi), shuningdek, tana vazni bo‘y o‘sishidan ortda qolganligi (Ketle indeksi) aniqlangan [2.56].
Respublikamizda aholi guruhlarining jismoniy rivojlanish darajasi hamda ovqatlanish xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarning xulosalariga ko‘ra, 15-19 yoshli o‘smir qizlarning tana vazni bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: normal tana vazni 77,4%, ortiqcha vazn 10,7% va tana vaznining yetishmasligi 11,9% holatda uchrashi aniqlangan. Shuningdek, Respublikamiz miqyosida shu yoshdagi o‘smir qizlarda anemiya, ya’ni kamqonlik har olti nafardan bittasida uchraydi. Qon tarkibida temir yetishmovchiligi esa 49,0%, temir yetishmovchilik anemiyasi esa 11,7% holatda aniqlangan [2.20; 2.21].


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish