O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi


  Yer  po’stining  geologik  tarixini  o’rganish  usullari



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/87
Sana07.12.2020
Hajmi0,59 Mb.
#53067
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
geologiya 1-qism. umumiy geologiya

6.1.  Yer  po’stining  geologik  tarixini  o’rganish  usullari.  Yer 

po’sti  hosil  bo’lgan  vaqtidan  boshlab  uning  rivojlanish  tarixi  va 

qonuniyatlarini  tarixiy  geologiya  fani  o’rganadi.  Yer  po’stining 

rivojlanish  tarixini  o’rganish  quruvchilar  uchun  nihoyatda  muhim 

bo’lgan  tog’  jinslarining  xossalarini,  ularning  yotish  va  tarqalish 

sharoitlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi. 

Tarixiy geologiya fanining asosiy vazifalaridan biri tog’ jinslarini, 

hosil 


bo’lish vaqti bo’yicha tartibga keltirib geologik hodisalarning sodir 

bo’lish  tartibini  o’rnatish  (geoxronologiya)  dan  iboratdir. 

Geoxronologiya nisbiy va mutlaq turlarga bo’linadi. 

Nisbiy geoxronologiya tog’ jinslari hosil bo’lishining va geologik 

hodisalarning  nisbiy  uzluksizligini,  mutlaq  geoxronologiya  esa,  u  yoki 

bu  geologik  hodisalar  va  tog’  jinslari  qachon  hosil  bo’lganligini 

aniqlashga va vaqt birligida ifodalashga imkon beradi. 

Tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun jinslarning tarkibi

tuzilishi,  qatlamlanish  tartibi,  yotish  sharoiti,  qatlam  yig’indilarining 

xususiyatlari,  o’ziga  xosligi,  fizik  xossalari,  hayvon  va  o’simlik 

qoldiqlarini o’rganishga asoslanadi. 

Shunga muvofiq tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlashning bir 

necha usullari mavjud. 

Stratigrafiya usuli tog’ jinslarining nisbiy yoshini aniqlash uchun 

Organizm  va  o’simlik  qoldiqlarini  o’rganish  va  tarixiy 

geologiyaning  boshqa  usullari  asosida  Yer  qobig’ida  hozir  mavjud 

bo’lgan  yotqiziqlar  qator  yirik  stratigrafik  birliklar  –  jins  guruhlariga 

bo’linadi. 

Guruhlar 

–  tizimlarga,  tizimlar  –  bo’limlarga,  bo’limlar  –

kavatlarga, kavatlar esa mintaqalarga bo’linadi. 

Har  bir  bo’lingan  stratigrafik  birlik  hosil  bo’lish  vaqti  bilan 

birikriladi. Shunda guruhga-era, tizimga-

davr, bo’limga –epoxa, kavatga 

–asr, mintaqaga-vaqt to’g’ri keladi. 

Arxey  va  proterozoy  eralarining  davom  etgan  muddati  2,5 

– 3,0 

milliard  yilni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  eralarning  yoshi  shunchalik  ulkan 



bo’lishiga  qaramay  ularning  yotqiziqlari  yer  yuzasida  kichik 

maydonlarni egallaydi, chunki shu eralarga mansub bo’lgan jinslar o’ta 

kuchli  buzilgan  (yorilib,  parchalanib  ketgan)  yoki  katta  chuqurliklarga 

joylashgan.  Kembriy  davrigacha  hosil 

bo’lgan  tog’  jinslari  hamma 

qi

t‘alarning tekislik hamda tog’lik hududlarida uchraydi. 



Hozirgi  qit‘alarning  geologik  tuzilishiga  e‘tibor  berilsa  tog’ 

jinslari 

qatlamlari 

dislokatsiyaga 

uchragan, 

burmalangan, 

metamorfizatsiyaga  uchragan  yirik  tog’  o’lkalarini  hamda  qirqimining 

yuqori qismi deyarli gorizontal va metamorfizatsiyaga uchramagan katta 

tekisliklarni ajratish mumkin. Gorizontal yotuvchi jins qatlamlari ostida 

murakkab dislokatsiyaga va metamorfizatsiyaga uchragan yer poydevori 

joylashgan. 

Shunday qilib, Yer qobig’ining kontinental qismida dislokatsiyaga 

va  metamorfizatsiyaga  uchragan jinslar  yer  qobig’ini  tashkil  qilgan  va 

bunday jinslar katta chuqurlikda joylashgan hududlarni ajratish mumkin. 

Bunday  holat,  burmalanish  dislokatsiyalari  utmishda  hamma 

yerda  so’ngra  esa  ayrim-bukiluvchan  jins  qatlamlari  mavjud  bo’lgan 

maydonlarda sodir bo’lgan. 

Shunday qilib, yer qobig’ining dastlabki rivojlanish bosqichlarida 

yer  qobig’i  egiluvchan  jinslardan  tashkil  topgan  kuchli  harakatchan 

mintaqadan  iborat  bo’lgan.  Bunday  mintaqa  geosinklinal  mintaqa  deb 

yuritila boshlagan. 

A.D.Arxangelskiyning  fikricha  geosinklinal  viloyat  deb,  odatda 

dengiz bilan qoplangan, kuchli va turli yo’nalishda harakatlanadigan va 

uzoq  muddat  bukilib  katta  qalinlikda  cho’kindi  hosil  qilinishi  mumkin 

bo’lgan  yer  maydonlariga  aytiladi.  Geosinklinal  havzasining  tagida 

joylashgan  yupqa,  bukiluvchan  sial  qatlamining  bukilishi  tik  qirqimda 

katta  qalinlikdagi  cho’kindi  jinslarning  hosil  bo’lishiga  olib  keladi  va 

bukilish natijasida relefda hosil 

bo’lgan notekislik o’rnini tekislaydi. 

Geosinklinal  viloyatlaridagi  tik-tebranma  harakatlar  katta  tezlik 

69 

72 



  

ularning  qatlamlanish  tartibining  ketma-

ket,  uzluksiz  sodir  bo’lishiga 

asoslanadi,  ya‘ni  har  bir  ostki  qatlam  undan  yuqorida  joylashgan 

qatlamga  nisbatan  qadimiy  hisoblanadi.  Bu  usul  qatlamlarning  yotish 

sharoiti o’zgarmagan holda bo’lgan maydonlarda qo’llanilishi mumkin. 

Tektonik 

harakatlar  faol  rivojlangan  hududlarda,  ya‘ni  jins 

qatlamlari  burmalangan,  uzilgan,  surilgan  yerlarda  bu  usuldan 

foydalanish murakkablashadi. 

Petrografik  usul  tog’  jinslarining  mineral  tarkibini  o’rganishga 

asoslanadi.  Agar  geologik  kesimlarda  bir  xil  mineral  tarkibga, 

strukturaga,  teksturaga,  hosil 

bo’lish  sharoitiga  ega  bo’lgan  jinslar 

kuzatilsa,  (maslan,  ohaktosh  yuqorisida  gillar,  gillar  ustida  alevrolitlar 

va h. k.) bu tog’ jinslarini bir vaqtda (bir tarixiy davrda) hosil bo’lgan 

deb  hisoblash  mumkin.  Bu  usul  bir-biriga  yaqin  joylashgan  kesimlarda 

yaxshi  natija  beradi.  Uzoq  masofada  joylashgan  kesimlarda  teng 

yoshdagi jinslar hosil 

bo’lish sharoitiga ko’ra turlicha xususiyatlarga ega 

bo’lishi  mumkin.  Bundan  tashqari  turli  yoshdagi  tog’  jinslari  bir  xil 

petrografik  tarkibga  ega  bo’lishlari  mumkin,  chunki  Yer  yuzida  turli 

davrlarda  o’xshash  sharoitlar  qaytarilishi  mumkin.  Oqibatda  esa  tog’ 

jinslarida o’xshash belgilar hosil bo’lishi mumkin. Bu usuldan magmatik 

va metamorfik jinslarining nisbiy yoshini aniqlashda ham foydalaniladi. 

Tektonik  usulning  asosida  tektonik  harakatlar  katta  maydonlarda  bir 

vaqtda sodir bo’ladi degan tushuncha yotadi. 

Katta qalinlikdagi jins qatlamlari orasida bir-birlaridan nomuvofiq 

yotish burchaklari bilan farq qiladigan kichik qatlamchalar ajratiladi. 

So’ngra  turli  kesimlarda,  teng  yoshli,  yotish  burchaklari 

nomuvofiq  qalin  qatlamlar  orasida  kichik  qatlamchalar  ajratilishi  (24, 

25-rasmlar) mumkin. Bular teng yoshdagi jinslar deb hisoblanadi. Lekin 

oxirgi  ma‘lumotlarga  ko’ra  tektonik  harakatlar  bir  vaqtda  sodir 

bo’lmasligi va turlicha tezlikka ega ekanligi aniqlangan. 

Natijada jins qatlamlari yer yuziga turli joylarda va turli vaqtlarda 

chiqadi,  turli  darajada  yuviladi,  so’ngra  esa  bu  yerlarning  bukilishi 

natijasida  turli  yoshdagi  c

ho’kindi  jinslar  yotqiziladi,  ya‘ni  cho’kindi 

yotqizish  yuzasi  hamma  yerda  teng  yoshda  bo’lmaydi.  Yerlarning 

qaytadan bukilishi katta maydonlarda bir vaqtda sodir bo’lmaydi, ya‘ni 

cho’kindi  yotqizish  ham  har  xil  vaqtda  boshlanadi.  Bu  usulning 

kamchiligi shundan iborat va shuning uchun undan boshqa usullar bilan 

birgalikda foydalaniladi. 

Paleontologik  usul.  Bu  usul  Yerning  geologik  tarixi  organik 

hayotning  rivojlanishi  bilan  parallel  rivojlangan  degan  ilmiy 

tushunchaga  asoslanadi.  Shuning  uchun  tog’  jinslari  tarkibida  organik 

hayotning izi turli toshga aylanib qolgan hayvon va o’simlik qoldiqlari 

ko’rinishida saqlanib qoladi. 

Geofizik  usullar  tog’  jinslari  har  xil  fizik  xossalarga  (zichlikka, 

elektr  qarshiligiga,  radioaktivlikka)  ega  ekanligiga  asoslanadi. 

Jinslarning  yoshini  aniqlash  uchun  elektro  karotaj  va  gimma  karotaj 

usullaridan foydalaniladi. 

Elektrokarotaj  usulida  tog’  jinslarining  elektr  tokiga  bo’lgan 

solishtirma qarshiligi, gamma karotajda tabiiy radioaktivligi o’lchanadi. 

O’lchovlar  parmalash  quduqlarida  avtomatik  ishlaydigan  maxsus 

qurilmalar  yordamida  olib  boriladi.  Natijada  karotaj  diagrammalari 

chiziladi  va  uni  o’rganish  va  taqqoslash  asosida  bir  xil  jins  qatlamlari 

aniqlanadi va ularni teng yoshda deb qabul qilinadi. 

Yerning  geologik  tarixidagi  har  bir  davr,  shu  davr  uchun  xos 

bo’lgan  turli  organizm  turlari  bilan  xarakterlanadi.  Bunda  har  bir  davr 

o’tgan  davrga  nisbatan  yuqori  rivojlangan  yangi  organizm  guruhlari 

bilan farq qiladi. Shuning uchun tog’ jinslarida, kesimlar bir-birlaridan 

uzoq  maso

falarda  joylashgan  bo’lsa  ham,  bir  xil  organizm  qoldiqlari 

mavjud  bo’lsa,  ularni  bir  vaqtda  hosil  bo’lgan  deb  hisoblash  mumkin. 

Agar organik qoldiqlar har xil bo’lsa, demak tog’ jinslari turli sharoitda 

hosil 

bo’lgan.  Bu  masala  faqat  tog’  jinslarining  hosil  bo’lish  sharoiti 



aniqlangandan so’ng hal qilinishi mumkin. 

Barcha  toshga  aylanib  qolgan  hayvon  yoki  o’simlik  qoldiqlari 

(fauna va flora) orasida jinslarning yoshini aniqlashga faqat bir gorizont 

va  qatlamda  uchraydigan,  tik  kesimda  oz  va  gorizontal  yuzalarda  keng 

tarqalgan hamda yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlar katta ahamiyatga ega. 

Magmatik tog’ jinslarining nisbiy yoshi, ular bilan cho’kindi tog’ 

jinslari orasidagi munosabatga qarab aniqlanadi. 

Agar  magmatik  jins  intruziyalari  cho’kindi  jinslarni  kesib  o’tsa 

shu  cho’kindi  jinsga  nisbatan  yosh  va  uning  yuvilgan  yuzasiga 

yotqizilgan cho’kindi jinslarga nisbatan esa keksa hisoblanadi. 

Tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash ya‘ni uning yoshini vaqt 

birligi  ichida  ifodalash  uchun  hozirgi  vaqtda  radiologik  usullar  keng 

qo’llaniladi. Radiologik usullarga uran-qo’rg’oshinli, uran-geliyli kaliy-

argonli, rubidiy-strontsiyli, uglerodli va uran-ioniyli usullar kiradi. 

Bu  usullarning  asosiga,  elementlarning  radioaktiv  parchalanishi 

doimiy  tezlikda  sodir  bo’lishi  va  bu  jarayon  hech  bir  ta‘sir  natijasida 

o’zgarmasligi  asos  qilib  olingan.  Turli  kimyoviy  elementlar  uchun  bu 

tezlik  turlichadir  va  tadqiqot  yordamida  aniqlanadi.  Odatda  radioaktiv 

elementning yarim qismi parchalanib turg’un izotop hosil qilgan -yarim 

parchalanish davri, vaqti aniqlanadi. 

Hozirgi vaqtda tog’ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda kaliy-

argonli usuldan keng foydalanilayapti. 

70 

71 



                                             

                                           

 


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish