121
Quduqlarni kompressor gazlift usulida ishlatishda qatlamdagi yuqori bosimli
gazning energiyasidan foydalaniladi va kompressor stansiyasini qurish talab
qilinmaydi. Lekin kompressor gazlift kam qo‘llaniladi.
Kompressorli gazlift usulidagi quduqlarni ishlatish guruhidagi jihozlarning
jamlanmasi juda murakkab bo‘lib, u kompressor stansiyasidan, gaz taqsimlash
tizimidan va gazni yig‘ish tarmog‘idan, gazni tayyorlash tizimidan va quduq gazlift
jihozlaridan tashkil topgan.
Gazliftli ishlatishda kompressor stansiyasiga kompressor agregatlari bilan
birgalikda mashina zali, ta’mirlash uchun ko‘taruvchi qurilmalar , agregatlarni va
ularning tugunlarini montaj va demontaj qilish maydoni, suvni sovituvchi suv
nasoslari, gradirnyu (suv sovitish minorasi), issiq suvni yig‘ish va zaxira suv sig‘imi,
gaz ajratgichlar bilan texnologik apparaturalar, yog‘ni ajratgichlar, yog‘lovchi
moylarni regeneratorlari, taqsimlovchi qurilma va transformatorlar, quvur
uzatmaning bog‘lanmasi, qabul qiluvchi va tashuvchi kollektorlar, gazlar, suvlar,
havolar magistrali va yog‘ uzatmalar. Bundan tashqari stansiyaning tarkibiga
ta’mirlash gazomotorning F.I.K 35% dan va kompressorning F.I.K esa 75% dan
oshmasligi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib
ГК
koeffitsent 25% dan yuqori emas.
Shuning ustaxonasi, zaxira qismlar omborxonasi va xodimlar binosi kiradi.
Gazliftli ishlatishda ko‘pincha gaz dvigatelining (gazomotokompressorlar)
porshenli kompressori yoki elektr uzatmasi, gaz turbinali yoki elektr uzatmali
markazdan qochma kompressorlar qo‘llaniladi.
Gazomotokompressorlarda uchun F.I.Kining ko‘rsatkichiga quvvatdan
foydalanish ko‘rsatkichi, agregatlarning holati va ish rejimi, surish harorati salbiy
ta’sir ko‘rsatadi, odatda haqiqiy F.I.K
gk
<25% bo‘ladi.
Umumiy ifodada
5
,
0
.
qud
ch
gr
t
g
shuning uchun umumiy majmuani F.I.K
10 % dan oshmaydi. Neft quduqlari bunday usulda ishlatilganda eng katta energiya
hajmidan tejamsiz foydalaniladi.
Bu usulning yutug‘i quyidagicha. Gazliftli usulda ishlatishda quduq ichi
jihozlarining ta’mirlash ishlarining davr oralig‘i boshqa usullarga nisbatan bir necha
barobar katta, bu degani eng og‘ir va ko‘p mehnat talab qiladigan quduqlarni joriy
ta’mirlash ishlarining hajmi keskin qisqaradi.
Gazlift usulida ishlatishning samaradorligi quduqlardan suyuqlikni olish va
qatlam energiyasini kuchayishi hamda gaz omilining oshishi hisobiga kuchayadi.
Suvning miqdorini oshishi va qatlam energiyasini pasayishi gaz omilini kamayishga
olib keladi. Shuning uchun gazliftli usulda quduqlarni ishlatish avvalam bor konlarda
ko‘p debitli quduqlarning gaz omili katta bo‘lganda, yuqori qatlam energiyasida, past
suvlanganlik uzoq muddat saqlanib turganda foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: