O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

25.3. Quduqlarni alohida ishlatish jihozlari va ularning hisoblari 
 
Favvorali qatlamlarni alohida ishlatishda uchlik turidagi juft favvora 
armaturasidan foydalaniladi (25.3-rasm). 
Tizma boshchasini ustiga quvur boshchasi о‘rnatiladi, u chorbarmoqdan (9) 
tashkil topgan bо‘ladi, unga yon oraliq orqali zulfin (10) biriktirilgan. Zulfinning
yuqoridagi konussimon yо‘nilmasiga ikkita konussimon quvur tutqich (9,8) 
joylashtirilgan bо‘ladi va ularga parallel quvurlar tizmasi osiladi. Chorbarmoqning 
ustiga ikkita о‘tish teshigi bor uzgartma (6) о‘rnatilgan. Yuqoridagi flanetsga qо‘shma 
tо‘g‘ri oqimli zulfin (5) о‘rnatilgan. Qatlamning ish rejimi quduq ustidagi otma chiziqqa 
о‘rnatilgan shtuserlar yordamida (1;4) boshqariladi. 
Armaturaning yuqori qismiga tо‘g‘ri oqimli markaziy zulfinga (3) librikator (2) 
о‘rnatiladi. Yuqorida keltirilgan jihozning haqiqiy tuguni chorbarmoq (9) hisoblanadi 
va u konussimon quvur tutqichli bо‘ladi, qolgan tugunlari va detallarni favvora 
armaturasi egallaydi. 
Jihozlar konstruksiyasi yordamida ketma-ket tartibda nasos-kompressor quvurlar 
tushiriladi, ponali tutqichlar va elevatorlar bilan ishlanadi, preventordan foydalanish 
hamda quduqni tо‘g‘ri va teskari yuvish amalga oshiriladi. 
Quduq usti jihozlari yuqoridagi quvurga buralgan konduktor flanetsiga о‘rnatiladi 
va boltlar vositasida mahkamlanadi. Chorbarmoqning yuqori flanetsiga tayanch flanets 
mahkamlanadi va unga teshikli tayanch shayba joylashtiriladi va u orqali saqlab 
turuvchi NKQning tizmasi о‘tkaziladi. 
Preventorni joylashtirish uchun tayanch flanetsdan yuqoriga burilgan kalta 
quvurchali flanets joylashtiriladi. 
Quduq nasoslari bilan qatlamlarni ishlatishda tizma boshchasining flanetsiga 
shpilka yordamida mahkamlangan planshaybalardan foydalaniladi. Planshaybada ikki 
pog‘onali yо‘nilma mavjud va unga ikki mufta kirgizilgan. 
Muftalar va planshaybalar oralig‘idagi tirqish masofa halqali zichlama yordamida 
germetiklangan. Muftaning pastki qismidagi rezbaga nasos-kompressor quvurlar, yuqori 
qismidagi rezbaga esa quduq usti sal’niklari biriktiriladi. Quduq usti sal’nikining har bir 
korpusining yonida flanetsli olib chiquvchi chiziq mavjud bо‘lib, qatlam mahsulotlarini 
tashish uchun xizmat qiladi, yuqori qismi esa zichlama bilan ta’minlangan bо‘ladi va 
rostlovchi gayka bilan tortiladi. 
Qatlamga haydaladigan belgilangan suv sarfini ta’minlash uchun sarf 
rostlagichlar qо‘llaniladi, qatlamni ishlatish sharoitiga bog‘liq holda haydaladigan 
suyuqlikni sarfi yoki bosimini doimiy saqlab turadi. 
Sarf о‘lchagichlarda suyuqlikni oluvchi rostlagichlar qо‘llaniladi, ular quduqqa 
simlar yordamida tushiriladi va о‘rnatiladi. Sarf rostlagich qatlamdan suyuqlikning 
olinishini doimiy ta’minlaydi va bosim pasayganda yoki NKQning ichida, bosim 
oshganda ham qatlamga qarshi oqimni paydo bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaydi. 


191 
Quduq ichidagi jihozlarda uchrashuvchi oqimlarni hosil qiluvchi, suyuqlik 
oqimini yо‘naltiradigan nasos-kompressor quvurlar orqali quvur orqa halqasi yoki 
teskarisiga ketuvchi oqimlarni kesuvchi tugunlar qо‘llaniladi xuddi, shunday mufta 
pakerning ustiga ham о‘rnatiladi. Bunday holatda NKQ tizmasiga uzatiladigan suyuqlik 
halqa fazosiga chiqadi, tizma quvurlar orqali pastga ketuvchi suyuqlik esa halqa fazosi 
orqali yо‘naltiriladi. 
Paker uzoq muddat quvur tizmasini ichki bо‘shlig‘ini ajratish uchun xizmat 
qiladi hamda zichlamali qurilmalarni va quduq ichidagi jihozlarning har xil 
elementlarini qо‘zg‘almasdan turishini ta’minlaydi. 
Paker katta zо‘riqish, bosim va harorat ostidagi murakkab sharoitda ishlaydi 
xamda atrofdagi yemiruvchi muhit ham ta’sir qilishi mumkin. 
Alohida ishlatish uchun murakkab qurilmalarda markazdan qochma elektr botma 
nasoslardan (MQEBN) foydalaniladi (25.4-rasm). Yer osti jihozlari ikki qatlamning 
oralig‘iga о‘rnatiladigan pakerdan, markazdan qochma nasosdan tashkil topgan, elektr 
dvigatelning va nasosning gidravlik himoyalash qurilmasining ustidagi suyuqlikni 
pastki qatlamdagi pakerning tagidan MQEBN qabul tо‘riga uzatish uchun maxsus kojux 
(3) kiydiriladi; ajratgich (4) plunjer yordamida (5) quduqning quvurlar oralig‘i fazosini 
NKQning ichki bо‘shlig‘i bilan tutashtirish imkoniyatini beradi. Suyuqlik pastki 
qatlamdan paker orqali halqali zazor bо‘ylab kojux (3) va nasos (2) oralig‘idan 
kо‘tariladi, elektr dvigatelni sovutadi va uzgarmadagi kanal bо‘ylab uzgartmadan 
yuqorida joylashgan kojuxning markazdan qochma nasosning qabuliga beriladi. 
Keyin teskari klapan va ajratgich (4) almashtiriladi, suyuqlik pastki qatlamdan 
NKQga tushadi. Yuqoridagi favvora qatlamidan suyuqlik halqali oraliq bо‘ylab 
mustahkamlash va MQEBNning kojuxi oralig‘idan о‘tadi, ajratgichga yetib keladi 
hamda ajratgich va plunjerdagi (5) teshik orqali NKQga kelib tushadi. Shunday qilib 
ikkala qatlamlarni suyuqligi ajratgichdan yuqorida aralashadi va NKQ bо‘ylab 
kо‘tariladi.
Ajratgichga (4) almashtiriladigan plunjer (5) о‘rnatiladi, yuqori favvora 
qatlamidan о‘rnatilgan meyordagi suyuqlikni olishga bog‘liq holda belgilangan 
diametrdagi shtuser о‘z vaqtidan oldinroq almashtiriladi. 
Plunjer (5) qirg‘ichli о‘tkazgich bilan lubrikator yordamida tutqich yoki 
о‘tqazuvchi moslama orqali NKQga tushiriladi. Ikkita teskari klapan (birinchisi paker 
tagida, ikkinchisi MQEBNning ustida) va ajratgichning (4) mavjudligi NKQlari 
oralig‘idagi fazo yoki NKQ va quvurlar oralig‘idagi fazo orqali (tо‘g‘ri va teskari) 
yuvish amalga oshiriladi va yuqori qatlam о‘zlashtiriladi. Favvora qatlami 
о‘zlashtirilgandan keyin uning ish rejimini о‘rnatish va plunjerni (5) tushirish ishlari 
amalga oshiriladi hamda kerakli shtuser bilan nasosni ishga qо‘shish orqali pastki 
qatlam о‘zlashtiriladi. 
Yuqorida keltirilgan yer osti jihozlari quduqqa NKQ yordamida tushiriladi va 
maxsus plashkali quvur yakori (6) bilan mustahkamlash kolonnasiga osib qо‘yiladi va 
elektr kabelni (8) о‘tishi oldindan mо‘ljallanadi. Quvurli yakor (6) NKQdan (7) 
yuklarni qabul qiladi va uni osilgan nasos jihozlariga uzatmaydi. Quduqning usti 
qismiga oddiy favvora armaturasi (9) MQEBNlarni boshqarish stansiyasi P-
avtotransformator bilan birgalikda о‘rnatiladi. Bu qurilma quduqni oddiy usulda 
tadqiqot qilishga yо‘l bermaydi. Ajratgichning usti (4) qismidagi NKQ orqali manometr 


192 
yordamida bosim о‘lchanadi. Bu bosimni va plunjerning shtuseridagi (5) bosim 
yо‘qotilishini bilgan holda favvora qatlamidagi yuqori qatlam qarshisidagi bosim 
aniqlanadi. Shtuserlarni almashtirib va ajratgichning ustidaga bosimni о‘lchab ikkala 
qatlamlardagi umumiy bosimni о‘zgarishini quduq tubi bosimiga bog‘liqligini olish 
mumkin. Bunday ma’lumot yordamida ikkala qatlam uchun indikator chizig‘ini qurib 
bо‘lmaydi. Suyuqlikni harakatlanishi uchun bitta kanalning mavjudligi tufayli parafin 
yotqiziqlar bilan ko`rashish muamolari hal qilinadi. Parafin yotqiziqlarini oldini olishda 
shisha quvurlardan yoki parafin yotqiziqlarni tozalashni boshqa usullaridan 
foydalaniladi. “Favvora-nasos” sxemasida ishlaganda (25.5-rasm) qatlamlar ajratgichlar 
yordamida ajratiladi, rezinali manjet pastga yuqori bosimga ega bо‘lgan favvora 
qatlamiga qaratiladi. Bu holatda paker о‘zini-о‘zi zichlaydi.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish