O‘n hijoli vazn:
Gulshanda chechak yondi, ko‘rindi:
Mas’ud edi, g‘amsiz va alamsiz.
Qalbimda amal yulduzi kuldi,
Yer qo‘ynida erkin va kadarsiz.
(Hamid Olimjon)
O‘n bir hijoli vazn:
Yellar, bir daqiqa to‘xtang esishdan,
Semavo bulbullar, sayramang bir oz.
Karbalo dashtida yayov kezishdan
Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz.
(Erkin Vohidov)
O‘n ikki hijoli vazn:
Biz yaratish davrining qahramonlari,
Quyosh alangalari qonlarda yonar.
Asrlaming ishini yilimiz qilar,
Yillar bilan o ‘zishar kurash onlari.
(Oybek)
O‘n uch hijoli vazn:
Mening sevgim har xil gulga o‘xshamas aslo,
Xazon bo‘lmas gullar kabi kuz bo‘lgan chog‘da.
Meni sevgan yor bulbulga o‘xshamas aslo,
Bahor kelib, tashlab ketmas kuz bo‘lgan chog‘da.
(Sobir Abdulla)
O‘n to‘rt hijoli vazn:
Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani, aw algi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.
(Pushkin)
O‘n besh hijoli vazn:
Kulrang tog‘lar etagidan asta yuksaldi quyosh,
Paxtazorda chulg‘ab oldi kokili lenta kabi.
Vodiy bo‘ylab mehr bilan bisot yoygan kuz-naqqosh
Har yaproqqa tegib o‘tgan yozning olovli labi.
(Saida Zunnunova)
O‘n olti hijoli vazn:
Birin-ketin o‘tib borar asrlaming karvonlari,
Oh, nechog‘lik xatarlidir uning oshar dovonlari.
Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,
Ushalsa gar umidvor zot - Navoiyning armonlari!
Fursat keldi, do‘stu g ‘anim kimligini bilay bu kun,
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun,
Nurga to‘lsin aziz bobom Alisheming makonlari.
(Abdulla Oripov)
Kuzatganimizdek, barmoq vaznidagi she’rlarda hijolar soni xilma- xildir. Lekin o‘zbek she’riyatida hijolar soni qanchalik rang-barang bo‘lmasin, bular orasida eng ko‘p qo’llanadigani yetti, to‘qqiz, o‘n bir hijoli vaznlardir. Tabiiyki, har bir she’r vazniga ko‘ra har xil o‘qiladi. Qisqa hijoli she’rlar nisbatan tezkorlikni talab qilsa, hijolar miqdorining ko‘pligi she’r tempi va intonatsiyasining vazminligini taqozo qiladi.
Turoq. Turoqlar hijolardan tashkil topadi va she’r misralarida muayyan ritmik bo’lakni hosil qiladi. Turoq - hijolarning misralar bo‘yicha ma’lum tartibda takrorlanib kelishidir. Turoq she’rda ritm, intonatsiya va musiqiylikni yuzaga keltimvchi asosiy vositalardan biridir.
She’riy misralarda ikki va undan ortiq turoq bo‘lishi mumkin. Har bir turoqda esa ikki, uch, to‘rt, besh va ba’zan undan ham ortiq hijo bo’ladi. Fikrimizning dalili sifatida quyidagi she’rni turoqlarga ajratib ko‘raylik.
Uyg‘onish yellari / esmoqda takror, 6+5
Tabarruk ajdodlar / ruhi senga yor. 6+5
Ulug‘ daholari / paydo bo‘lgan chog‘ 6+5
Olamni o‘ziga / qaratgan diyor. 6+5
(Abdulla Oripov)
Ushbu she’riy parchadagi turoqlar 6+5 shaklida bo‘lib, birinchi turoq olti hijodan, ikkinchi turoq esa, besh hijodan tashkil topgan.
She’rni ifodali o‘qishga kirishishdan oldin uning g‘oyaviy mazmunini tushunish bilan bir qatorda, shakliy tuzilishini ham o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun, awalo, she’rning vaznini va turoqlarini aniqlash lozim. O‘qish jarayonida har bir turoqdan keyin nafas rostlanib qisqa pauza qilinadi. Endi navbatdagi she’rning turoqlanish tartibini ko‘rib chiqaylik:
Tug‘ilgandan / men sho‘rlikning / bag‘rim qon, 4+4+3
Bir jismimda / talashadi / ikki jon. 4+4+3
Jon talashsam, / tepamda charx / urgan ul 4+4+3
Kapalaklar, / odamlardan / mehribon. 4+4+3
Muhammad Yusufning “Kapalaklar” deb nomlangan she’rida misralardagi hijolar 4+4+3 shaklida guruhlanib, turoqlami vujudga keltirgan. Ko‘rib o ‘tganimizdek, she’rning har bir misrasida uchtadan turoq mavjud. Demak, ijrochi she’rni o‘qiyotganda har bir misrada uch marta qisqa tin olib, pauza qiladi. Shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda pauza nisbatan uzoqroq davom etadi.
Mashq. Quyidagi she’ming vaznini aniqlab, turoqlarga ajrating.
Ifodali o‘qishni mashq qiling.
O‘ylab qara, tarixda bor ibrat doimo:
Ne-ne zotlar, gar o ‘zlari topsa ham to‘zim,
Odamzodga ko‘rmaganlar yomonlik ravo.
Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand,
Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq,
Mayli, mening ruhim siniq, xayolim parkand,
His qilurman, ezgulikning oftobi porloq.
(Abdulla Oripov)
O‘zbek she’riyatida sodda vaznlar bilan bir qatorda, qo‘shma va erkin vazndagi she’rlar ham mavjud. Sodda vaznga kiruvchi she’r misralarining barchasida yuqorida kuzatilganidek hijolar sonida o‘zaro tenglik saqlanadi. Qo‘shma vaznda yaratilgan she’rlarda bunday qat’iy tenglik bo’lmaydi, balki misralardagi hijolar soni xilma-xil bo‘ladi. Masalan:
Bog’larga namozgar - 6
Salqini tushdi, - 5
Gullar nam bargini - 6
Qayirdi asta. - 5
Oftob ham suv ichar - 6
Tog‘lardan pastda. - 5
(Usmon Nosir)
Agar vazn ikki turkumga kiruvchi bo‘g‘inlar sonini bir she’rda berish tartibida yaratilgan bo‘lsa, bunday vazn qo‘shma vazn deyiladi. Quyidagi she’rning birinchi misrasi to‘qqizlik turkumga, ikkinchi misrasi esa yettilik turkumga kiradi.
Chuldiraydi qush, soy, shabada, - 9
shirin go‘dak so‘ziday. - 7
Teraklardan to‘kilgan soya - 9
Notinch chashma yuziday. - 7
(Zulfiya)
Qo‘shma vaznda yaratilgan she’rlarning turoqlanish tartibi ham o ‘ziga xos bo‘ladi. Masalan, Erkin Vohidovning quyidagi she’rida misralardagi turoqlar soni teng bo‘lmaganidek, turoqlarni tashkil etgan hijolar miqdori ham har xil:
Oydin kecha. / 4
Yonar ko‘kda zar. / 5
O‘yga cho‘mib deding, / gul yuzim: 6+3
“Osmon to‘la/ sonsiz yulduzlar, 4+5
Qaysi ekan / mening yulduzim?”. 4+5
She’rning birinchi misrasida bitta turoq yoki bitta ritmik bo‘lak, ikkinchi misrasida ham bitta turoq mavjud bo’lgani holda, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi misralarda ikkitadan turoq bor. Og‘zaki ijro jarayonida mana shu ritmik bo‘laklarga e’tibor berib o‘qish she’r ma’nosini oydinlashtirishga va ifodali o‘qishga xizmat qiladi.
Mashq. Quyidagi she’mi o‘qib, mazmunini tushuntiring. She’rning vaznini aniqlab, hijo va turoqlarga ajrating, mantiqiy urg‘u olgan so‘zlami aniqlang va she’mi ifodali o‘qishni mashq qiling.
Hozirgi yoshlar
Qari tolga suyab
Irg‘ay asoni,
Oqsoqol so‘riga asta yonboshlar.
Xayoldan o‘tkazar kori dunyoni:
“Eh, hozirgi yoshlar,
Hozirgi yoshlar!”
Yoshligini eslar,
U f tortar sekin.
Salgina chimrilar oq tushgan qoshlar.
“Biz ham yosh bo‘lganmiz bir mahal,
Lekin
Boshqacharoq chiqdi hozirgi yoshlar”.
“Bizga xayol edi,
Tush edi faqat
To‘kin dasturxonu lazzatli oshlar.
Baxti boqiy bo‘lsin,
Ammo bu jannat
Qadrin bilarmikin hozirgi yoshlar!”
“Kiyimlar-chi...
Qiziq bulaming didi.
Ola-chipor ko‘ylak...
Nimasi ko‘rkam?
Rost aytsam, unchalik yoqmagan edi
Otalarga bizning charm kamzul ham.
Endi bularga ham har qalay og‘ir,
Zamon shitobi tez, parvozi tikka.
Kecha tili chiqqan Nargiza o‘qir
Birinchi sinfda matematika.
Bizlar haftiyakdan boshlagan edik,
Bular iks bilan igrikdan boshlar.
Durust, zehni o‘tkir, qadami tetik,
0 ‘zimizga tortdi hozirgi yoshlar”.
(Erkin Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |